1- mavzu. Agrobiznes innovatsion faoliyatni tashkil etish va rivojlanishda
a) qishloq xo‘jaligi sohasida taʼlim, ilm-fan va ishlab chiqarishning uzviy
Download 216.42 Kb. Pdf ko'rish
|
1-Mavzu
a) qishloq xo‘jaligi sohasida taʼlim, ilm-fan va ishlab chiqarishning uzviy
integratsiyasini taʼminlash bo‘yicha ishlarni tashkil etish sohasida: – qishloq xo‘jaligi sohasi va uning tarmoqlari uchun malakali kadrlar tayyorlash borasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi, taʼlim muassasalarida taʼlim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarini maqbullashtirish, kadrlarga bo‘lgan real ehtiyojni hisobga olgan holda qabul kvotalari yuzasidan takliflar tayyorlash, taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv dasturlari va rejalarini ishlab chiqish hamda tasdiqlash, talabalarning o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlarini innovatsion texnologiyalar asosida faoliyat yuritayotgan xo‘jalik subyektlarida samarali tashkil etish, taʼlim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish tadbirlarini amalga oshiradi; – xorijiy mamlakatlarning innovatsion texnologiyalari va ilg‘or tajribalarini o‘rganish maqsadida oliy va professional taʼlim muassasalarining ilmiy va ilmiy- pedagogik xodimlarini xalqaro yarmarkalar, konferensiyalar, ilmiy-amaliy anjumanlarda ishtirokini taʼminlaydi; – vazirlik tizimidagi oliy taʼlim muassasalarida iqtidorli yoshlarni tanlab, ularning fan tarmog‘i bo‘yicha falsafa doktori (Ph) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasi olish uchun tadqiqotlarning natijadorligini oshirish, ularni amaliyotga tadbiq va joriy qilish borasidagi tadbirlarni muvofiqlashtiradi; – Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazda hamda zamonaviy agrotexnologiyalar asosida faoliyat yurituvchi xo‘jalik subyektlarida talaba va o‘quvchilarning o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etadi; – Milliy markaz va uning hududiy markazlari bazasida qishloq xo‘jaligi mutaxassislarini shartnoma asosida qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarini tashkil etadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling