1- mavzu. Agrobiznes innovatsion faoliyatni tashkil etish va rivojlanishda


b) fermer xo‘jaliklari, qishloq xo‘jaligi klasterlari va kooperatsiyalari hamda


Download 216.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana08.02.2023
Hajmi216.42 Kb.
#1177378
1   2   3   4
Bog'liq
1-Mavzu

b) fermer xo‘jaliklari, qishloq xo‘jaligi klasterlari va kooperatsiyalari hamda 
ilg‘or xorijiy ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan manfaatli ilmiy-ishlab 
chiqarish hamkorligini yo‘lga qo‘yish, yangi ilmiy ishlanmalar
innovatsiyalar hamda raqamli texnologiyalar joriy etilishida ko‘maklashish 
sohasida: 
– qishloq xo‘jaligi sohasi hamda uning tarmoqlari bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib 
borayotgan va kadrlar tayyorlayotgan barcha turdagi davlat ilmiy-tadqiqot va oliy 
taʼlim muassasalarining o‘zaro hamkorligini taʼminlash; 
– sohadagi ilmiy-tadqiqot muassasalari va klaster, kooperatsiyalar, fermer hamda 
dehqon xo‘jaliklarining uzviy hamkorligini yo‘lga qo‘yish; 
– Qishloq xo‘jaligida ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish bo‘yicha Milliy dastur 
asosida fundamental va amaliy tadqiqotlar, innovatsion va startap loyihalarni 
amalga oshirish tizimini moliyalashtirish, ilmiy tadqiqot natijalarini ishlab 
chiqarishga joriy etish va bevosita buyurtmalarga ko‘ra tijoratlashtirish ko‘lamini 
kengaytirish, Milliy markaz mutaxassislari hamda maslahatchilari malakasini 
oshirish; 
– suv tanqisligi mavjud bo‘lgan hududlarda yer va suv resurslarini barqaror 
boshqarish bo‘yicha xalqaro sammit o‘tkazish, hukumatlararo bitim tuzish hamda 
xalqaro ilmiy hamkorlik bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. 
v) qishloq xo‘jaligi tarmoqlarining malakali mutaxassislarga bo‘lgan joriy 
va istiqboldagi ehtiyojlarini hisobga olgan holda kadrlarni qayta tayyorlash 
va ularning malakasi oshirilishini muvofiqlashtirish sohasasida: 
– qishloq xo‘jaligi sohasidagi oliy va professional taʼlim muassasalari professor-
o‘qituvchilarining malakasini oshirish uchun oliy taʼlim muassasalarida qayta 
tayyorlashni tizimli tashkil etish; 
– sohadagi oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida klaster, kooperatsiyalar, 
fermer hamda dehqon xo‘jaliklari xodimlarini malakasini oshirilib borishni 
tashkil etish va uni tizimli muvofiqlashtirish. 

Download 216.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling