Lim jarayonida kursantlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalasi haqida


Download 21.33 Kb.
Sana06.02.2023
Hajmi21.33 Kb.
#1170349
Bog'liq
TA`LIM JARAYONIDA KURSANTLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASH MASALASI HAQIDA


TA`LIM JARAYONIDA KURSANTLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASH MASALASI HAQIDA


T.T. Raxmonov, Sh. M. Salimov, M. B. Sanginov
O’zbekiston Respublikasi milliy gardiyasi Harbiy-texnik instituti

2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasida davlat va jamiyat qurilishi tizimini yanada takomillashtirishning beshta ustuvor yo’nalishlaridan biri “Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat” qilib belgilanganligi harbiy vatanparvarlikni chinakam e’tiqodga aylantirish bilan bog’liq ilmiy muammolarni tadqiq etish zaruratini keltirib chiqaradi.


Ta`lim jarayonida Vatanga muhabbat hissini uyg`otish pedagoglardan ko`proq mehnat talab qiladi. Negaki, pedagog dars jarayonida o`z fani orqali kursantlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning samarali, ya`ni natija berish yo`llarini ishlab chiqishiga to`g`ri keladi. Ta`lim tizimida Vatanga muhabbat, iftixor va sadoqat tuyg`ularini shakllantirish uchun eng birinchi navbatda tinglovchilarda mustaqil fikrlash nihosil qilish zarur. Negaki, azaldan bizga ma`lumki ma`naviyati yuksalgan insonlarga ta`lim-tarbiya berish samarali natija beradi. Kursantlarda vatanparvarlikni shakllantirish muammosi muhim ahamiyatga ega. Binobarin, tinglovchilarda vatanparvarlikni shakllantirish, ularni Vatan ravnaqi, yurt obodligi va xalq farovonligi yo‘lida fidokorona mehnat qilishga undaydi. Shuningdek, tinglovchilarda o‘ziyashayotgan jamiyatda tinchlik va xavfsizlikning barqaror bo‘lishiyo‘lida kurashish, turli millat va elatga mansub kishilar o‘rtasidagi o‘zaro inoqlikning qaror topishiga o‘z ulushini qo‘shishga intilish ko‘nikmalarining shakllanishi hamda millat vakili sifatida o‘z qadr-qimmatini anglab etishlarini ta‘minlaydi. Kursantlarda vatanparvarlikni shakllantirish uzoq muddatli, tizimli vaizchil yondashuvni talab etuvchi pedagogik faoliyat jarayonidir. Bu jarayon barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalash borasidagi ijtimoiy maqsadni amalga oshirish borasidagi yaxlit jarayonning muhim tarkibiy qismi sanaladi. Shuning uchun ham kadrlar tayyorlash milliy modelining butun mohiyati o`zbek xalqining milliy tarixi, his-tuyg`ulari va hayot tarzi bilan bog`lanib ketgan. Mustaqil O`zbekiston Respublikasida o`ziga xos, takrorlanmas, tarixiy an`analarga asoslangan, hamda bugungi kun talablariga to`la javob bera oladigan kadrlar tayyorlash milliy modeli yaratildi.
Vatanparvarlik haqida so`z yuritar ekanmiz Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning “Aql-zakovatli, yuksak ma‘naviyatli kishilarni tarbiyalay olsakkina, oldimizga qo‘ygan maqsadlarga erisha olamiz, yurtimizda farovonlik va taraqqiyot qaror topadi» degan fikrini uqtirgan holdama‘naviy jihatdan mukammal rivojlangan insonni tarbiyalash, ta‘lim va maorifni yuksaltirish, milliy g‘oyani ro‘yobga chiqaradigan yangi avlodni voyaga yetkazish davlatimizning eng muhim vazifalaridan biri” ekanligini qayd etib o‘tmoqchimiz. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997 yil 29-avgust IX sessiyasida, qonuniy zamin bo‘lgan "Ta‘lim to‘g‘risida"gi Qonun, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi “Ta‘lim to‘grisida” gi Qonunining qabul qilinishiga bir qator omillar sabab bo‘ldi: birinchidan, biz yashayotgan muhitda ijtimoiy tuzum o‘zgarishi bo‘lsa, ikkinchidan, ijtimoiy ishlab chiqarish va mulkka bo‘lgan munosabat o‘zgardi, uchinchidan, eski mafkuraviy qarashlar yangi sharoitga javob bermay qo‘ydi, to‘rtinchidan, ta‘lim muassasalarida olib borilayotgan tadbirlar jahon andozalariga mos ravishda tashkil qilinishni, talabalarga milliy va umuminsoniy qadriyatlar va Vatanga muhabbat hissini singdirib, ularni har tomonlama barkamol, chuqur bilimga ega mutaxassis etib tayyorlashni taqozo etdi. [1]
Pedagogika nazariyasi vatanparvarlik bilan milliy o‘ziga xoslik o‘rtasidagi muvozanatni belgilaydigan mezonlarni aniqlash maqsadida umuminsoniy fazilatlar va o‘zbeklarga xos xislatlarni teranroq o‘rganishga harakat qilmoqda. Shu nuqtai nazardan tinglovchilarda vatanparvarlikni shakllantirishning o‘ziga xos ijtimoiy pedagogikxususiyatlari borki, bu bevosita pedagogika va ularning tizimlarida namoyon bo‘ladi.
Ma‘lumki baynalminal madaniyat milliy madaniyatlar yig‘indisidan iboratdir.shubhasiz, madaniyat yig`indisi esa pedagogika nazariyasidain soniy fazilatlar va Vatanga muhabbat hissidan iborat. Baynaminal madaniyatlar taraqqiy etgan madaniyat rivojlanishi uchun esatinglovchilar ongiga vatanparvarlik, millatga vafodorlik uyg`ongan bo‘lishi kerak. Madaniyat ko‘rsatkichlari, toifalari, davlat chegaralariga bo‘ysunmaydi, mintaqa tanlamaydi. Demak bu xususiyatlarni tinglovchilarga turli xil pedagogik nazariyalar asosida singdirishimiz mumkin. Hadislar butun musulmon mamlakatlaridagi kabi bizda ham yaqin o‘tmishimizgacha tarbiyaning asosi qilib olingan. O‘zbek xalqining milliy an‘analarini, udumlarini, turmush tarzini sinchiklab o‘rganib biz hadislarda keltirilgan ijobiy xislatlarni hozirgi zamon ilg‘or pedagogikasida vatanparvarlikni shakllantirish uchun qo`llay olishimiz mumkin. Tinglovchilarda insonparvarlik va aynan Vatanga bo`lgan muhabbat hissini shakllantirish, ayniqsa matematika darslarida bu juda qiyin masaladir. Eng avvalo bu tuyg`ular shaklllanishi uchun shaxsda quyidagi sifatlar shakllangan bo`lishi kerak.

  • Odamiylik - chin insonga xos fazilat bo‘lib, bu aql-zakovat mevasidir. Buyuk bobomiz Alisher Navoiy insonni sevishni, uning baxt saodati uchun kurashishni hayotgultoji, yuksak orzu-umidlarning eng cho‘qqisi, tiriklikning o‘lmas g‘oyasi, yashashning mazmuni deb biladi. Odamiylikning zamirida yaxshilik, sofdillik, odillik, mehr-muhabbat, vafo-sadoqat, oqibat-shafqat, adolatu-sahovat, insonlarning bir-biriga nisbat yuksak hurmati va mehr-oqibati yotadi.

  • Qanoatlilik – kishining o‘zida mavjud bo‘lgan va o‘z imkoni darajasida ishlab topgan halol mablag‘i bilan kifoyalanib, oz bo‘lsa ham uning sozligini hisobga olib mamnuniyat bilan kun kechirishidir. Qanoatlilik kishiga xotirjamlik keltiradi.

  • Yaqinlik, do‘stonalilik – ish yuritishda, muomalada boshqa shaxslarning haq-huquqini, shaxsiyatini hurmat qilish, boshqa millatga mansub insonlarning urf-odati, madaniyatini, salohiyatini e‘zozlash, o‘ziga yaqin birodar ko‘rib do‘stona munosabatda bo‘lishlik xislati.

  • Jonkuyarlilik, mehribonlilik, kuyunchaklik – boshqalar dardiga sherik bo‘lish, ota-onaga, yetim-yesirlarga, qariyalarga xizmat qilish, ijtimoiy muhofaza ishlarida faol qatnashish. Mana shu mukammal insonga xos bo`lgan sifatlarnigina inson ongida shakllantira olsak, biz asosiy yutuqqa erishgan bo`lamiz. Boy ma‘naviy qadriyatlarimizga munosabatni belgilashda Birinchi Prezidentimiz I. A. Karimov maqsad, faqat ilmiy madaniy merosni o‘rganish emas, balki betakror xazinamizning ilmiy, amaliy tamoyillarini yangi davrga xizmat qiluvchi qirralarini, hikmatlarini ochish, ularni hayotga tatbiq qilishdan iborat ekanligini mustaqilligimizning ilk kunlaridanoq belgilab bergan edilar. Mamlakatimizda ma‘naviyat sohasiga alohida e‘tibor berilishi, yosh kelajak-avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalanishi, milliy davlatchiligimizning, milliy mafkuramizning asosini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Birinchi Prezidentimiz g‘oya, mafkura, milliy g‘oya, milliy mafkura, ma‘naviyat atamalarining etimologiyalarini ochib berdi. U milliy g‘oya, milliy mafkurahar kungi hayot sharoitlaridan kelib chiqishi bilan birga har bir fuqaroning, davlatning, millatning istiqbolidan kelib chiqishini ko‘rsatdi. Negaki, o`z milliy mafkurasi va g`oyasiga ega bo`lgan yurt farzandlari doimo o`zmustaqil fikriga, hayotda yashash yo`nalishiga ega bo`ladi. Ta`lim tizimida aynan matematika darslarini o`tishdan quyidagi maqsadlar ko`zlanadi:

    • Tarbiyaviy - tinglovchilarga iqtisodiy, axloqiy, tarbiya berish, ajdodlarimiz-Abu Rayhon Beruniy, Al Xorazmiy, Abu Ali ibn Sinolar va boshqa allomalar qoldirgan ma‘naviy merosni o‘rganib, tinglovchilarni ma‘naviy-madaniy ruhda tarbiyalash;

    • Rivojlantiruvchi - tinglovchilar diqqatlarini jalblab, matematik fikrlash qobiliyatini o‘stirish , dunyoqarashlarini kengaytirish;

    • DTSlarga asosan ta‘lim mazmunini majburiy minimumi.

Mustaqil O'zbekiston Respublikasida o'ziga xos, takrorlanmas, tarixiy an'analarga asoslangan hamda bugungi kun talablariga to'la javob bera oladigan kadrlar tayyorlash milliy modeli yaratildi. Milliy modelning asosiy maqsadi har tomonlama komil insonni tarbiyalash va shaxs qalbida Vatanga muhabbat hissini uyg`otish. Komil insonni shakllantirish uchun ehg avvalo shaxsga yetarlicha tarbiya vata`lim berish lozim. Demak ta`lim tizimida vatanparvarlikni shakllantirish uchun boy tariximizni va milliy qadriyatlarimizni bilishimiz zarur.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bugungi kunda kelajagimiz vorislari bo’lgan yoshlarda vatanparvarlik ruhini rivojlantirish, Vatanga bo’lgan muhabbat va uning ertangi kuniga ishonch ruhida tarbiyalash - bu davlat ahamiyatiga molik vazifa bo’lib, uni ro’yobga chiqarish barchamizning fuqarolik burchimizdir.
Adabiyotlar

  1. I.A. Karimov “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” T. “Ma’naviyat” nashriyoti, 2008 y.

  2. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi, Xalq so’zi gazetasi

Download 21.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling