1- mavzu. Avtomobil transporti vositalarining ekspluatatsion xususiyatlari ma’ruza rejasi
Tashishning tashkili va marshrutlari turi
Download 46.7 Kb.
|
1 mavzu
Tashishning tashkili va marshrutlari turi: marshrutlar mayatnik turida va aylana sifatli bulishlari mukin. Uzoq masofalarga tashishlar «Tashish elkakchalari» yoki tugridan-tugri avtopoezdlar katnaydigan tizimlarda tashkil etilishi mumkin.
YUkorida bayon etilgan ekspluatatsion sharoitlar ichida avtomobilsozlar tomonidan xisobga olinishi kiyinlaridan biri tabiiy-iklim sharoitlaridir. Kup xollarda sovuk iklimli joylarda ishlovchi avtomobillar konstruksiyasi S-indeksi bilan ishlab chikarilganbulib, uta issik joylarga moslangan avtomobillar konstruksiyasini yaratish ancha orqada qolgan. Bunlan tashkari baland togli joylarda ishlovchi avtomobillarni seriya bilan ishlab chiqarish xam yaxshi yulga kuyilmagan. Markaziy Osiyo Davlatlari xududlari asosan uta issik iklimlidirlar. Bunday joylar chegarasida issik oylaridagi urtacha xarorat +26oS dan iborat buladi. Uta issik iklimli joylar uch turli buladi: chulli joylar, baland togli joylar va subtropik joylar bulib, ularning xar birining uziga xos tomonlari bor. Uta issik iklimli joylarning chul zonalariga Markaziy Osiyoning markaziy va garbiy kisimlari kiradi. Bu joylardagi xavoning maksimal xarorati 45-58oSga etadi. Er usti qatlamining harorati 70-80°S gacha kiziydi. YOz oylari o‘ta issiq va quruq. Namlikning ozligi natijasidan chang juda ko‘p miqdorda, ayniqsa lyos gruntli joylarda hosil bo‘ladi. Asosan 6u joylarning ko‘pchilik qismida qishning qorli kunlari nihoyatda oz bo‘ladi. O‘ta issiq ikdimli baland tog‘li joylarga Markaziy Osiening sharqiy hududlari kiradi. Tog‘li joylardan o‘tishdagi yo‘l devon ( pereval)larning balandligi 2000 metrdan oshiq bo‘lib, dengiz sathidan 4700 metrgacha balandlikgacha etadi. Bunday erlarda havoning atmosfera bosimi kichikligi sababli dvigatellar quvvati juda ko‘p miqdorda (30-40 foiz) kamayadi va buning natijasida avtomobillarning tortish-tezlik xususiyati anchaga kamayib, ulardan foydalanishni ancha qiyinlashtiradi, chunki baland tog‘li joylardagi yo‘llar ko‘pincha hollarda nihoyatda uzun (10-15km) ko‘tarilish va tushishlari bilan xarakterlidirlar. Havo harorati 30°Sdan oshgandan so‘ng dvigatellar quvvati anchagacha kamayadi. Masalan, biz o‘tkazgan ilmiy - tadqiqotlarimiz natijasida KAZ-608V tyagachli paxta xom ashyosi tashuvchi avtopoezdi havo temperaturasi +35-36°S etganda, uning dvigatelining quvvati 30 foizga qadar kamaydi. Prof. D. P. Velikanov ko‘rsatgichlariga ko‘ra, o‘ta issik iklimli sharoitda ishlovchi avtomobillarning sovutish tizimi kuchaytirilgan va yopik turda bo‘lishi lozim. Sovutish tizimining yopiq turda bo‘lishi sovituvchi suyuqlikni parlanishi natijasida yo‘qolishini oldini oladi. Moylash tizimida esa, moylarni sovituvchi mahsus radiatori o‘rnatilish lozim. CHo‘l zonalarida ishlashga hisoblangan avtomobillar dvigatellari va barcha moylash uzellari changdan saqlanish konstruktiv elementga ega bo‘lishlari lozim. Dvigatelning karbyuratori (yonilg‘i apparati)ga so‘riluvchi havo kapot (kabina) tashqarisidan qilib ishlangan bo‘lishi va so‘riluvchi havoni changdan tozalanib o‘tish uzellari bo‘lishi nazarda tutilishi lozim. SHina, barcha rezina-texnik buyumlar va polimer materialdan ishlangan qismlar, enilg‘i, moy, tormoz suyuqligi va boshqa materiallar o‘ta issiq havoga chidamli bo‘lishligi lozim. Akqumulyator batareyasi va benzin nasosini avtomobilning eng kam isiydigan eriga joylashtirishlik lozim. Kabina va salonning tom qismini quyosh nuridan issiklik o‘tkazmaydigan qilishlik lozim. Haydovchilar kabinasi chang o‘tkazmaydigan qilib jihozlanish, ventilyator yoki kondensionerlari bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Avtomobilning quyosh nuri tushidigan yuzalarini qattiq isib ketmasligi uchun ok tonli va quyosh radiatsiyasiga bardosh beruvchi kraska bilan ishlanishi zarur, o‘tirg‘ichlarni esa g‘iloflashlik kerak. Download 46.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling