1- mavzu. Avtomobil transporti vositalarining ekspluatatsion xususiyatlari ma’ruza rejasi
Download 46.7 Kb.
|
1 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
- ADABIYOTLAR
4. Avtomobillar saroyi tarkibi
Maxsus ietmiy tekshirish institutlarining tadqiqotlariga qo‘ra yuk avtomobillari saroyining oqilona tarkibi kam yuk ko‘tarish qobiliyatlilari (ya’ni 2t gacha) 22-24 foizni, o‘rtacha yuk ko‘tarish qobiliyatlilari (ya’ni 2,1-5,0 t gacha) 40-42 foizni va ko‘p yuk ko‘tarish qobiliyatlilari (ya’ni 5,1 dan ortik) 32-36 foizni, shu jumladan 8t dan ortiq bo‘lganlari 19-21 foizni tashkil etish zarur. Kelajak 10 yillarga borib, kam yuk ko‘tarish qobiliyatiga ega avtomobillarga bo‘lgan tapab o‘zgarmagan holda, o‘rtacha yuk ko‘taruvchi avtomobillar ulushi 31-33 foizgacha kamayishi ularning tirkama bilan ishlovchilari 8 foiz va yarim tirkamali tyagachlari 2-3 foizni tashkil etishi maqsadga muvofiq deb topilgan. 5,1-8,0 t gacha yuk ko‘tarish qobiliyatiga ega bo‘lgan avtomobillarga bo‘lgan talab 13-15 foiz.8.0 t dan ortiq yuk ko‘tarish qobiliyatiga egalari 26-28 foizga, bunda tirkama bilan shllovchilari 5-6 foiz va yarim tirkamali tyagachlar 8-9 foiz miqdorida bo‘lishi mo‘ljallanilgan. Avtomobil transporti ilmiy-tekshirish institutining tadkiqotlariga binoan, 70 foizgacha umumiy hajmda tashilayotgan yuklar samosval-avtomobillarda, 23-24 foizgachasi universal bortli va boshqa avtomobillarda hamda qolganlari sisterna va furgon kuzovli avtomobillarda tashilishi maqsadga muvofiq deb topilgan. Amalda esa samosval avtomobillarda 65 foiz va furgon avtomobillarda 60-65 foizgacha (yuqorida belgilangan tavsiyadan kam) miqdorda tashilayotir. Buning natijasida xalq xo‘jaligi tarmoqlari qo‘shimcha chiqimdor bo‘lishlari bilan birga avtomobil transporti korxonalari hamda yuk egalari nobudgarchilikka yo‘l qo‘ymoqdalar. Tayanch iboralar: Foydalanish samaradorligi, ekspluatatsion xususiyatlari, saroylarining tarkibi, Tashishga sarflagan harajatlar, issiqlik quvvati, yonilg‘i sarfi, metallar sarfi, yo‘lovchilarni chiqish va tushishi. Nazorat savollar: 1. Avtomobillardan foydalanish samaradorligi. 2. Transport vositalarining eksplatatsion xususiyatlari. 3. Avtomobillarning eksplatatsiya qilish sharoitlari: transportirovkalash sharoitlari; ortish tushirish ishlari; tashish masofasi; yo‘l sharoitlari (relefi, tekisligi, xarakat intensivligi; transport vositalarining ma’lum miqdorini o‘tkaza olishi); tabiy-iqlim sharoitlar. 4. O‘zbekiston resbulikasi xududidagi issiq iqlim sharoitlarning ta’siri, tashkiliy texnik sharoitlar, marshrutlar turi va tashishni tashkil etish. 5. Avtomobil saroyining tuzilish tarkibi va ularning samaradorligini oshirish masalalari. 6. YUk ko‘tarish qobilyatlaridan foydalanish koeffitsentlari. 7. Transport vositasi bosib o‘tuvchi yo‘llar. ADABIYOTLAR: 1. I.YA.Aksenov “Edinaya transportnaya sistema” M “Transport”, 1980g 2. L.A.Axmetov, SH.A.Butaev, X.V.Jumaev “Avtomobillarda tashish” T 1982y 3. B.A.Xodjaev “Avtomobilnыe perevozki” T 1991y Download 46.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling