MUSTAQIL O‘RGANISh UChUN TEST SAVOLLARI (1 ON)
1-mavzu. FANNING MAQSADI VA VAZIFALARI. AVTOMOBIL VA TRAKTORLAR SIFATINI TEXNOLOGIK TAMINLASHDA KONSTRUKTOR ROLI. MASHINASOZLIK KORXONASI TARKIBI
1. Avtomobillar va traktorlarni yaratish asosan nimalarni o‘z ichiga oladi?
A) Bir-biriga bog‘liq bo‘lgan to‘rtta aloqador bosqichlarni: marketing, patent-qidiruv, konstruksiyalash va ekspluatatsiya.
B) Bir-biriga bog‘liq bo‘lgan ikkita aloqador bosqichlarni: konstruksiyalash va tayyorlab sinash.
С) Bir-biriga bog‘liq bo‘lgan to‘rtta aloqador bosqichlarni: texnik talabni shakllantirish, loyihalash, ekspluatatsiya va utilizatsiya qilish.
D) Bir-biriga bog‘liq bo‘lgan uchta aloqador bosqichlarni: konstruksiyalash, tayyorlash va atrof muhiga zarar yetkazmasdar utilizatsiya qilish.
2.Ishlab chiqarishni texnologik ta’minlash qay paytdan boshlanadi?
A) Raxbariyat ruxsat bergandan keyoin.
B)Texnik talab o‘rganib chiqilgandan keyin.
С) Texnologik loyihalash ishlari tugagandan keyin.
D)Tajriba namunasi sinovdan o‘tkazilgandan keyin.
3.Quyidagi tadbir qanday tadbirlar sirasiga kiradi: “tipaviy texnologik jarayonlardan birortasi tanlanadi yoki yangisi ishlab chiqiladi”?
A) Ishlab chiqarish korxonasi ushbu mahsulotni ishlab chiqarishga tayyor yoki tayyor emasligini o‘rganish.
B)Ishlab chiqarishni konstruktorlik ta’minlash.
С) Ishlab chiqarishni konstruktorlik-texnologik ta’minlash.
D) Ishlab chiqarishni texnologik ta’minlash.
4. Detallarning texnologik nobirxilligi qanday sabablarga ko‘ra paydo bo‘ladi?
A) Detallar materali mikrostrukturasi shakllanishi, kuchlanishlar, mexanik xususiyatlar majmuasining ehtimollik xususiyatlaridan kelib chiqadi.
B)mahsulotni tayyorlayotgan mutaxassisning tajribasizligi, detal o‘lchamlari noto‘g‘ri tanlangani, detalni stanokka yoki moslamaga o‘rnatishda o‘rnatish va o‘lchov bazalari noto‘g‘ri tanlanishi, termik ishlov berishda issiqlik rejimlari noto‘g‘ri tanlanishidan va h.z..
С)Zagotovka tayyorlash usuli noto‘g‘ri tanlaninshi, SMAZ tizimining kerakli darajada bikir bo‘lmasligidan, detalni tayyorlashda inson omilining zararli ta’siridan, detalga ishlov berish ketma-ketligi noto‘g‘ri tanlanishidan.
D)detallarni tayyorlashda, qattiqligini oshirishda va yig‘ishda ular o‘lcham va shakllari o‘zgarib qolishi, SMAZ tizimining kerakli darajada bikir bo‘lmasligidan
Do'stlaringiz bilan baham: |