1-§. Mavzu: Geografiya nimani o`rganadi
Download 1.05 Mb.
|
5- sinf konspekt qayta ishlangan
- Bu sahifa navigatsiya:
- VIII. Yangi mavzu
- Yerning qutblari
Darsning borishi:
O`quvchilar davomatini tekshirish. O`quvchilar bilimini tekshirish uchun beriladigan savollar. 1. Oriyenturlash deb nimaga aytiladi? 2. Yulduzlar turkumi deganda nimalarni tushunasiz? 3. Quyosh nima? 4. Sayyoralar nima? 5. Ufqning asosiy va oraliq tomonlari qanday joylashgn? VIII. Yangi mavzu: Qisqach mazmuni: Odamlar juda qadim zamonlardano Quyosh har kuni sharqdan chiqib, g`arb tomonga botishini bilib olganlar. Quyosh chiqib, botgunga qadar o`tgan vaqt kunduzi, botgandan chiqkunigacha o`tgan vaqt esa kechasi deyiladi. Bir kecha bilab bir kunduz sutka deb ataladi. Yer bir sutkada, ya`ni 24 soat (aslida 23 soat 56 daqiqa va 4 soniya) da o`z o`qi atrofida g`arbdan sharqga tomon bir marotaba aylanib chiqadi. Kech bilan kunduzning almashinib turishini o`zingiz bemalol tajriba qilib ko`rishingiz mumkun. Buning uchun kechqurun qorong`uda koptok yoki sharni olasiz. Ularni chiroq yonida tutib tursangiz, yarmiga nur tushib yorug` ko`rinai, yarmi esa qorong`u bo`ladi. Agar sharni sekin aylantirsangiz yorug` va qorong`u tomonlari almashinadi. Chunki Quyosh nuri Yerni bir vaqtning o`zida hamma tomonini yorita olmaydi. Yer aylanish o`qining Yer yuzasi bilan tutashgan ikki nuqtasi Yerning qutblari deb ataladi. Yer qutblari ikkita – Shimoliy va Janubiy qutblar. Yer yuzida qutblardan barobar uzoqlikda o`tkazilgan aylana chiziq ekvator deb ataladi. Ekvatordan Yerni ikkita yarim sharda – Shimoliy va Janubiy yarimsharlarda ajratib turadi. Shimoliy qutb bilan Janubiy qutbni tutashtiruvchi Yer yuzasidan o`tkazilgan yarim aylana chiziqlar meridianlar deyiladi. Yer ekvatoriga parallel qilib chizilgan aylana chiziqlar esa parallellar deb yuritiladi. Ekvatordan qutblarga o`tgan sari parallellarning uzunligi qisqarib boradi. Yerning kattaligi. Yer Quyosh sistemasidagi sayyoralardan biri bo`lib, Quyoshga yaqin-uzoqligiga ko`ra Merkuriy va Venera sayyoralaridan keyin uchinchi o`rinda turadi. Quyosh bilan Yer oralig`i o`rta hisobda 150 million kilometr. Soatiga 1 000 km tezlikda uchadigan samolyot bu masofani 17 yilda bosib o`tadi. Raketa soatiga 39 600 km tezlikda uchsa, Quyoshga 5 oyda „yetib boradi“. Yerning shakli dumaloq, shar ko`rinishida. Uning o`rtacha diametrining uzunligi 12 756 km, aylanasi esa 40 000 km dan ortig`iroq. Yerning qutblari salgina siqiqroq. Uning qutb radiusi ekvator radiusidan 21 km qisqa. Odamlar Yerning kichraytirilgan shaklini yasashgan. U globus deb ataladi. Globusda materiklar, okeanlar, orollar, tog` va tekisliklar, umuman butun Yer yuzidagi xohlagan nuqtaning o`rnini aniqlash mumkin. Bunga geografik kenglik va uzunliklar yordam beradi. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling