1-§. Mavzu: Geografiya nimani o`rganadi


Download 1.05 Mb.
bet12/76
Sana28.12.2022
Hajmi1.05 Mb.
#1024925
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   76
Bog'liq
5- sinf konspekt qayta ishlangan

Geografik kenglik deb meridianning ekvatordan berilgan nuqtagacha bo`lgan qismi yoyining daraja (gradus) hisobidagi kattaligiga aytiladi. Globus yoki xaritadagi istagan nuqtaning kengligini aniqlash uchun qaysi parallelda joylashganini bilish zarur. Masalan, Toshkent 400 va 500 parallellar oralig`ida, anig`irog`i 410 parallelda, Qohira shahri 300, Kiyev esa 500 parallelda joylashgan. Bu parallellarning hammasi ekvatordan shimolda joylashganligi sababli ularning kengligi shimoliy kenglik deyiladi. Ekvatordan janubda joylashgan nuqtalarning kengligiga esa janubiy kenglik deb belgilanadi.
Lekin har bir parallelda bitta nuqta emas, juda ko`p nuqtalar bor. Shuning uchun globus va xaritadagi kerakli nuqtalarning o`rnini aniqlashda kenglikni bilishning o`zi kamlik qiladi. Buning uchun geografik uzunlikni aniqlash zarur. Geografik uzunlik deb Bosh meridiandan berilgan nuqtagacha bo`lgan parallel yoyining daraja hisobidagi uzunligiga aytiladi. London shahri yaqinidagi Grinvich rasadxonasi meridiani Bosh meridian deb qabul qilingan.
Geografik kengliklar globusda parallellarga Bosh meridian yoniga yozib qo`yilgan darajalar yordamida aniqlansa, gepgrafik uzunliklar meridianlarning ekvator yoniga yozib qo`yilgan darajalar yordamida aniqlansa, geografik uzunliklar Bosh meridiandan sharqda bo`lsa, sharqiy uzunlik, g`arbda bo`lsa, g`arbiy uzunlik deyiladi.
Yer yuzasidagi har bir nuqtaning kenglik va uzunligi uning geografik koordinatasi deb ataladi. Masalan, Toshkentning geografik koordinatasi 410 shimoliy kenglik va 690 sharqiy uzunlikni tashkil etadi.
IX. Mustahkamlash.
1. Sutka nima?
2. Yerning qutblari.
3. Yerning kattaligi qancha?
4. Daraja to`ri nima?
5. Geografik kengli deb nimaga aytiladi?
X. Rag`batlantirish: So`rab baholash.

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling