VIII. Yangi mavzu: Qisqach mazmuni:
Yer Quyosh atrofida 365 sutka va 6 soatda bir marta to`liq aylanib chiqadi. Hisobga to`g`rib o`lsin deb bir yil 365 kun deb qabul qilingan. Shunda har yili 6 soatdan yig`ilib, 4 yilda 24 soat, ya`ni bir sutka bo`ladi. Shuning uchun har uch yildan keyin to`rtinchi yil 366 kun bo`ladi. Bu yil kabisa yili deyiladi. Shu yili fevral oyi 28 kun emas, 29 kun hisoblanadi.
Nega yil fasllari almashinib turadi? Buni tushunish uchun14 rasmni tahlil qilamiz.
Rasmda Yerning Quyosh atrofida aylanayot-gan turli vaqtlardagi holati tasirlangan. Iyul oyining Shimoliy yarimshar Quyoshga ko`p-roq qarab turadi. 22-iyunni yozgi Quyosh turish kuni deyiladi. quyosh ufq ustida eng baland ko`tariladi. Shimoliy yarimsharda yoz, Januiy yarimsharda esa qish bo`ladi. 21-mart va 23-sentabr kunlari esa Quyosh ikkala yarimsharni bir xilda yoritadi. Bu Kunlarni bahorgi va kuzgi teng kunlik deyiladi.
22-dekabrda esa Yer Janubiy yarimshari bilan
Quyoshga qarab turadi. Shimoliy yarimsharda yoz, Shimoliy yarimsharda esa qish bo`ladi.
22-dekabrni Quyoshning qishgi turish kuni deyiladi.
Qutbiy doiralar qutb kuni va qutb tuni bo`ladigan joylarning chegarasidir. Shu chegarada yozda bir sutka qutb kuni va qishda bir sutka qutb tuni bo`ladi. Qutblarda esa qishda yarim yil tun, yozda yarim yil kunduzi bo`ladi.
Tropik chiziqlar. Globus, Yarimsharlar xaritalarida 23,50 shimoliy va 23,50 janubiy kengliklardan uzuq – uzuq chiziqli parallel o`tkazilgan. Bu parallel tropic chiziqlardir. Shimoliy yarimshardagisi Shimoliy tropik, Janubiy yarimshardagisi Janubiy tropik deyiladi.
Quyosh yozgi turish kunida Yer yuzasining shu kengliklarida tush vaqtida qoq tepa (zenit) ga keladi. Ertasidan boshlab Quyoshning ufqdan balandligi asta pasaya boshlaydi. Janubiy va Shimoliy tropik chiziqlar oralig`ida bir yilda Quyosh ikki marta qoq tepaga keladi. Shimoliy tropikdan shimolda va Janubiy tropikdan janubda esa Quyosh hech qachon qoq tepa (zenith) ga kelmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |