1- mavzu. Hodisalar ustida amallar. Shartli ehtimollik


Download 104.09 Kb.
bet7/9
Sana09.06.2023
Hajmi104.09 Kb.
#1471604
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-amaliy mashgulot

10-misol. SHashqoltosh tashlanmoqda. «4 raqamli tomon chiqdi» hodisasi «juft ochko chiqdi» hodisasini ergashtiradi.
Ikkita A va B hodisalarning yig’indisi deb yo A hodisaning, yo V hodisaning, yo shu ikkala hodisaning ro’y berishidan iborat bo’lgan hodisaga aytiladi. U A+Byoki orqali belgilanadi. Bir nechta hodisalarning yig’indisi deb shu hodisalardan hech bo’lmaganda bittasining ro’y berishidan iborat bo’lgan hodisaga aytiladi.
11-misol. Zambarakdan ikki marta o’q uzilmoqda. Agar A hodisa birinchi o’q uzishda nishonga tegish, B esa ikkinchi o’q uzishda nishonga tegish hodisasi bo’lsa, u holda A+B hodisasi yo bi-rinchi o’q uzishda, yo ikkinchi o’q uzishda, yo ikkala o’q uzishda nishonga tegish hodisasi bo’ladi.
Ikkita A va B hodisalarning ko’paytmasi deb A va B hodisalarning birgalikda ro’y berishidan iborat bo’lgan hodisaga aytiladi. U AB yoki orqali belgilanadi. Bir nechta hodisalarning ko’paytmasi deb shu hodisalardan hammasining birgalikda ro’y berishidan iborat bo’lgan hodisaga aytiladi.
12-misol. Yashikda birinchi va ikkinchi sonli zavodlarda ish-lab chiqarilgan detallar bor. Agar A hodisa standart detalning chiqishi, B esa detalь birinchi sonli zavodda tayyorlangan hodisasi bo’lsa, u holda AB hodisasi birinchi sonli zavodning standart detali chiqishi hodisasi bo’ladi.
A hodisaga qarama-qarshi hodisa orqali belgilanadi. U A hodisa ro’y bermaganda va faqat shu holdagina ro’y bergan hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, A va hodisalar ikkalasi jamlanib muqarrar hodisani tashkil etadigan birgalikda bo’lmagan hodisalardir, ya’ni .
13-misol. O’q uzishda nishonga tegish va xato ketish — qara-ma-qarshi hodisalar. Agar A nishonga tegish bo’lsa, u holda xato ketishdir.
A hodisaning ro’y berishi va B hodisaning ro’y bermasligidan iborat bo’lgan hodisa A va B hodisalarning ayirmasi deb ataladi va \B orqali belgilanadi.
Agar ikkita hodisadan birining ehtimolligi ikkinchisining ro’y berishi yoki ro’y bermasligiga bog’liq bo’lmasa, u holda bunday hodisalar bog’liqmas deb ataladi. Aks holda bu hodisalar bog’liq deb ataladi.

Download 104.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling