1- mavzu “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining predmeti. Iqtisodiy tizimlar iqtisodiy qonunlar


Download 119.01 Kb.
bet8/8
Sana18.05.2020
Hajmi119.01 Kb.
#107595
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Iqtisod 1


SAVDO BALANSI - mamlakat to’lov balansining joriy operatsiyalari balansi bo’limining bir moddasi. Unda ma’lum bir davrda tovar eksporti va importini jami yakunlari aks ettiriladi.

SAVDO КAPITALI - tovar muomalasi sohasida amal qiluvchi kapital; sanoat kapitalining alohidalashgan qismi.

SAVDO КVOTASI - tashqi savdoda ishtirok etishning miqdoriy chegarasi. Savdo kvotasi eksport yoki import qilinadigan tovarlarning miqdori, tuzilishi, ularni sotish yoki sotib olishning pul bilan hisoblangan miqdorini bildiradi. Savdo kvotasi tashqi savdo bitimiga qo’shilgan mamlakatlar, firmalar yoki tashkilotlarning birgalikdagi kelishuvi qaroriga binoan belgilanadi yoki bir tomonlama o’rnatiladi. Bir tomonlama joriy etilgan eksport, importni, o’z ixtiyori bilan qisqartirish yoki norozilik bildirish uchun qo’llaniladi. Savdo kvotasiga binoan eksport, import litsenziyalari beriladi.

SAVDO FOYDASI - tovarlarni iste’molchiga yetkazishda sotib olish bahosi bilan sotish bahosi o’rtasida farq hisobiga olinadigan foyda. Savdo foydasi ishlab chiqarish sohasidagi foydani bir qismini tashkil etadi. Mahsulot ishlab chiqargan tadbirkor mahsulotini savdoda harakat qiluvchi tadbirkorga sotadi, bu bilan u o’zi olishi mumkin bo’lgan foydaning bir qismini ongli ravishda unga mahsulotini sotganligi uchun beradi. Bu esa uning kapitalini aylanishini tezlashtiradi.

SOF EКSPORT - tovar va xizmatlarni eksporti va ularning importi o’rtasidagi ayirma: eksport - import = sof eksport.

TAShQI SAVDO - chet mamlakatlar bilan savdo-sotiq ishlarini yuritish, xorijga tovar chiqarish (eksport) xorijdan tovar kiritish (import)ni o’z ichiga oladi. Tashqi savdo halqaro mehnat taqsimotiga asoslanadi. O’zbekistonda jami tashqi savdo oboroti 1993 yilgi darajaga nisbatan 1994 yilda birmuncha oshib, 5053,3 million AQSh dollarini tashkil etadi. Shu jumladan, MDH mamlakatlari bilan savdo 2919,7 million va xorijiy mamlakatlar bilan savdo 2133,6 million dollarni tashkil qildi. 2001 yilning 9 oyida esa tashqi savdo oboroti 4750,7 mln.dollarni tashkil etdi yoki o’tgan yilning shu davriga nisbatan 6,6% ko’pdir. MDH davlatlari bo’yicha esa 1695,3 mln.dollarni tashkil etib, o’tgan yilgi shu davr ko’rsatgichiga nisbatan 1,1%ga ortiqdir.

TAShQI SAVDO BALANSI - ma’lum davr mobaynida (oy, chorak, yil), eksport va import qiymati o’rtasidagi nisbat. Tashqi savdo balansiga, naqd to’langan va kredit hisobiga amalga oshirilgan tovar bitimlar kiritiladi. Savdo balansi ikki turga bo’linadi: a) aktiv balans, bunda eksport importdan ortiq va mamlakatga tashqaridan valyuta oqib kelib, moliyaviy ahvoli faollashadi; b) passiv balans, bunda import eksportdan ustun, mamlakatdan valyuta chiqib keta boshlaydi, moliyaviy ahvol zaiflashadi. Eksport va import nisbati quyidagilarga bog’liq bo’ladi: a) oldi-sotti qilinadigan tovarlarning turi va miqdoriga; b) tovarlarning narhiga. Savdo balansi holati mamlakatdagi milliy ishlab chiqarish darajasiga, mamlakatning halqaro savdodagi ishtirokiga, mamlakat tovarlarini dunyo bozorida raqobatlasha olishiga bog’liqdir. Savdo balansi xolati mamlakatga valyuta kirib turishini izohlaydi, mamlakatning to’lov balansini shakllantiradi. O’zbekistonda 1992 yilda xorijiy mamlakatlarga 870 million AQSh dollari miqdorida mahsulot eksport qilingan bo’lsa, 1993 yilda bu ko’rsatkich 920 million 2001 yilning 9 oyi ichida esa 2380,6 mln dollarni tashkil etdi. Bu o’tgan yil shu davriga nisbatan 5,6 % ko’pdir.

Ulgurji savdo- tovar muomalasini shakllaridan biri, uning vositasida korxonalar o’rtasida iqtisodiy aloqalar amalga oshiriladi. O’zbekistonda ulgurji savdo asosan tovar, xom ashyo birjasi orqali amalga oshiriladi.

EКSPORT - tovarlar, xizmatlar va kapitalni sotish maqsadida chet el bozorlariga chiqarish eksport import bilan bir qatorda xalqaro ijtimoiy mehnat taqsimoti bilan bog’langan va tashqi savdoning tarkibiy qismidir. Eksportni quyidagi ko’rinishlari mavjud 1. Tovar eksporti - bunda moddiy ne’matlar chetga chiqariladi. 2. Xizmatlar eksporti - bunda xorijdagi sheriklarga to’lov evaziga turli xil xizmatlar ko’rsatiladi. 3. Кapital eksporti - bunda chet mamlakatlarga turli obyektlar qurish va ishga tushirish uchun mablag’ (kapital) qo’yiladi.

EКSPORT КVOTA - eksportni, halq xo’jaligi alohida tarmoq va ishlab chiqarishlar uchun u yoki bu mahsulot turlari bo’yicha muhimligini xarakterlaydigan miqdoriy ko’rsatkich. U natural yoki qiymat shaklida eksport hajmini (E) ma’lum davrda ushbu mahsulotni shu davrda ichki ishlab chiqarish miqdoriga (Pv) nisbati orqali hisoblanadi.

OLTIN ANDOZA VALYUTA TIZIMI - XIX asr oxirida yuzaga kelgan valyuta tizimi bo’lib, unga ko’ra ayrim mamlakatlarning valyutasi boshqa mamlakat bozorida oltinga erkin almashtirilgan. 1930 yillardagi butun dunyoni qoplagan «Buyuk depressiya» davrida oltin andozaga bog’langan turli mamlakatlar to’lov balansida kamomad yuzaga kelib, oltin zahiralarini oqib chiqib ketishini oldini olish va eksportni rag’batlantirish maqsadida ko’p mamlakatlar o’z milliy valyutalarini oltinga nisbatan devalvatsiya qila boshladilar va natijada oltin andoza valyuta tizimi izdan chiqib ketdi. 1944 yilda ko’pgina ittifoqchi mamlakatlar o’zaro kelishilgan holda «oltin andozaga asoslangan valyuta tizimini qayta tashkil etdilar. Mamlakat agarda 3 ta shartni bajarsa, oltin andozaga qabul etilgan hisoblanadi:

a) o’zining pul birligiga ma’lum miqdorda oltin o’rnatish;

b) mavjud oltin zahirasi bilan taklif etayotgan pul miqdori o’rtasida qat’iy nisbatni saqlash;

v) oltinni erkin eksport va importiga qarshilik ko’rsatmaslik. Bunda xalqaro valyuta fondi (XVF) tashkil etilib, AQSh ning dollari mamlakatlar o’rtasida asosiy vositachi valyuta qilib belgilanadi. Unga a’zo davlatlar savdo balanslarida yuzaga kelgan nomutanosiblikni valyutalarini devalvatsiya qilish yo’li bilan izga solishga haqlari bo’lmaydi. Turli mamlakatlar valyutalarining o’zaro kursi o’zining pul birligiga belgilangan oltin miqdoriga ko’ra aniqlanadi. Mamlakatlar to’lov balansidagi kamomadni oltin zahirasini chiqarib sotishi yoki XVFdan qarz olish yo’li bilan qoplashlari mumkin bo’ladi. Lekin jahondagi pul zahirasining o’sishi, qazib olinayotgan oltin miqdoriga bog’liq bo’lib qoldi, shuningdek, oltin zahiralarining o’sishi, xalqaro savdo va moliya miqyoslarining o’sishidan orqada qola boshladi. Bu orada chet mamlakatlarga chiqib ketgan AQSh ning dollari miqdori ko’payib savdo balansidagi kamomad ortib ketdi, ularda dollarni oltinga aylantirib olishga shubha tug’ila boshlandi. Shunga ko’ra, 1971 yil avgustda AQSh hukumati dollarning, oltinga andoza valyuta tizimi ham tugadi.

OLTIN-VALYUTA ZAHIRALARI – markaziy bankdagi oltin va chet el valyutalarining rasmiy zaxirasi.

MILLIY VALYUTA - muayyan mamlakat pul birligi. Mamlakatda yakka muomala quvvati va konvyertlanganlik holatiga ko’ra tashqi savdo va xalqaro hisob-kitob ishlarida qo’llaniladi.

MILLIY VALYUTANI QADRSIZLANIShI - xorijiy valyutalarni sotib olishga oldingiga nisbatan ko’proq milliy valyuta birliklari zarurligini bildiradi.

JAHON BOZORI - xalqaro mehnat taqsimoti orqali bir-biriga bog’langan mamlakatlar o’rtasidagi barqaror oldi-sotdi munosabatlari. Jahon bozorida ishtirok etish uchun mamlakatning eksport salohiyatini yuksaltirish kerak. Jahon bozori: tovarlar, xizmatlar, valyuta, investisiya, ilmiy ishlanmalar bozorlaridan iborat.

JAHON VALYUTA TIZIMI - xalqaro pul-kredit munosabati bo’lib, jahon bozorining rivojlanishi natijasida tarkib topgan va davlatlar o’rtasida tuzilgan bitimlar bilan mustahkamlangan. Jahon valyuta tizimining asosiy unsurlari quyidagilardan iborat: zaxiradagi milliy va jahon valyuta birliklari, valyutalarning oltin nisbati hamda kurslari mexanizmi, o’zaro qaytarilish sharti, cheklanish hajmi, xalqaro hisob-kitoblar shakli, xalqaro valyuta va oltin bozorlari tarkibi, valyuta munosabatlarini boshqaradigan davlatlararo valyuta-kredit tashkilotlarining maqomi va boshqalar.

3 ta jahon valyuta tizimi mavjud: a) XIX asr oxirida - oltin va kumush andozasi asosida yuzaga kelgan tizim;

b) oltin andozasi asosida yuzaga kelgan tizim. Bu tizim 1944 yili AQSh va Brutton-Vuds konferensiyalarida yuridik jihatdan rasmiylashtirilgan.

v) 1971 yilda AQSh o’zining dollarini oltinning rasmiy bahosi bo’yicha almashtirib olishdan bosh tortdi va uzoq yillar davom etgan oltinning jahon bozoridagi bahosiga ko’ra belgilanadigan valyuta fondi tizimi puturdan ketdi. 1976 yilda «Xalqaro valyuta fondi a’zolari» bo’lgan davlatlarning kelishuvlariga muvofiq «Tebranib turuvchi boshqariladigai valyuta kursi tizimi» belgilandi. Unga ko’ra XVF ga a’zo bo’lgan davlatlar o’z valyuta kurslarini mustaqil tanlab olish huquqiga ega.



JAHON PULI - xalqaro miqyosda umumiy xarid, to’lov vositasi, boylikning umumiy moddiy timsoli, baynalminal qiymat ifodasi bo’lgan pul. Ilgarilari jahon puli vositasini oltin yombilari bajargan, hozir esa bu vazifani dollar, yevro, funt sterling, nemis markasi, yapon ieni, Fransiya va Shvetsariya franki bajaradi.

QISMAN КONVERTIRLANGAN VALYUTA - faqat ma’lum to’lov muomalasi uchun ishlatiladigan va boshqa valyutaga cheklangan tarzda almashadigan valyuta.

XALQARO VALYUTA TIZIMI – xalqaro valyuta munosabatlarida davlatlarao bitimlarda huquqiy jihatdan mustahkamlangan va xalqaro hisob kitoblarni amalga oshirishda qo’llaniladigan qoida va tartiblar.

XALQARO VALYUTA FONDI (XVF) - xalqaro valyuta-kredit tashkiloti 1944 yili tashkil etilgan. Unga 1998 yilda 167 ta mamlakat a’zo bo’lgan kapitali 120 mlrd. dollarni tashkil etdi. Valyuta fondining ikki asosiy vazifasi bor: o’z a’zolari bo’lmish mamlakatlarning valyuta aloqalarni (valyuta ayirboshlash, valyuta bilan to’lovlarni amalga oshirish va h. k.) boshqarib turish, umumiy kredit mablag’laridan a’zo mamlakatlarga qarz berib, ularning taraqqiyotiga ko’maklashish. Valyuta fondining kapitali unga a’zo mamlakatlarning badal pulidan tashkil topadi. Uning o’sishi yangi a’zolarning badal puli va kredit uchun olingan foizlar hisobiga yuz beradi.

XALQAROIQTISODIY ALOQALAR (XIQ) - xalkaro mehnat taqsimotiga asoslangan turli milliy iqtisodiyotlar o’rtasidagi xo’jalik aloqalar tizimi. XIQ xalqaro savdo, ilmiy-texnik, ishlab chiqarish, valyuta- moliya va kredit aloqalarda o’z aksini topadi.

XALQARO MEHNAT TAShКILOTI - BMTning ixtisoslashgan muassasi, uning faoliyati mehnatning ijtimoiy-iqtisodny muammolarini hal etishga qaratilgan.

XALQARO MEHNAT TAQSIMOTI (XMT) - mehnat taqsimoti- alohida mamlakatlar doirasidan chiqishi bilan bog’liq, ijtimoiy mehnat taqsimotining yuqori pog’onasi. XMT alohida mamlakatlarni ma’lum turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashuvini bildiradi, bu esa halqaro savdoni zarurligini belgilaydi. ,

XALQARO SAVDO -mamlakatlar o’rtasidagi savdo-sotiq tovarlarni chetdan olib kelish, import va chetga chiqarish (eksport), jahon iqtisodiy munosabatlarining shakli. Xalqaro savdoning iqtisodiy asosini xalqaro mehnat taksimoti tashkil etadi.

XALQARO TAShКILOTLAR – mustaqil davlatlar yoki milliy jamiyatlarning, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy maqsadlarga erishish uchun tuzilgan birlashmalar, mamlakatlar o’rtasida ko’p tomonlama hamkorlikning eng muhim turlaridan biri.

ABSOLYUT (MUTLAQ) USTUNLIК - bir mamlakatning boshqa mamlakatga nisbatan o’z mahsulotlarini samaraliroq qilib ishlab chiqaraoladigan holat. Masalan, jo’g’rofiy joylashishi va ob-havo sharoiti Marokashda mandarinni AQShdagiga nisbatan arzon etishtirish imkonini beradi. AQShda esa aksincha kompyutyerlarni arzon ishlab chiqarish mumkin. Demak, mandarinni etishtirishda Marokash, kompyutyerni ishlab chiqarishda esa AQSh mutloq ustunlikka ega. Shu sababli AQSh mandarinni Marokashdan, Marokash esa kompyutyerlarni AQShdan sotib olishi mumkin. Natija ular bu mahsulotlarni o’zlarida ishlab chiqarishga qaraganda ko’proq foyda ko’radilar.

YAShIRIN КELIShUV – xalqaro savdodagi g’irrom raqobat shakllaridan biri. Uning ikki turi bor: 1) yopiq savdo qatnashchilari o’rtasida; 2) bozorni taqsimlash va narxlar o’rnatish haqidagi norasmiy shartnomalar.

BOJ - bojxona nazorati ostida mamlakat chegarasidan olib o’tiladigan mol-mulk va qimmatbaho buyumlardan undiriladigan pul yig’imlari. U bilvosita soliq turidir.

BOJ TARIFI - tovarlar guruhlari bo’yicha sistemalashtirilgan boj poshlinalar ro’yxati.

VALYUTA-1. Muayyan mamlakatda qabul qilingan pul tizimi va shu mamlakatning pul birligi (dollar, so’m, rubl, manat, marka, iyen va boshqalar); 2. Chet el kredit biletlari, moneta va boshqalar; 3. Veksel muomalasida - vekselda ko’rsatilgan to’lov miqdori. Valyutaning ikki turi mavjud bo’lib, birinchisi har bir mamlakatning valyutasi bo’lmish milliy valyutadir; ikkinchisi, erkin almashtiriladigan valyutadir. Milliy valyuta qaysi mamlakatniki bo’lsa, o’sha mamlakatda tovar bilan qoplangandagina haqiqiy kuchga va qadrga ega bo’ladi. Milliy valyuta faqatgina oltin zahirasi bilangina emas, balki barqaror, erkin almashtiriladigan valyuta bilan ham yyetarlicha mustahkamlangan bo’lishi kerak. Buning uchun esa mamlakat o’z mahsulotini eksport qila olishi kerak.

Erkin almashtiriladigan valyuta Xalqaro valyuta fondi tomonidan belgilanadi. AQSh dollari, Germaniya markasi, Fransiya franki, Angliya funt sterlingi va Yaponiya iyeni shunday valyutalardan hisoblanadi.



VALYUTA BOZORI – valyutalar va oltin bilan savdo operatsiyalarini amalga oshiradigan markaz. Valyuta bozori- banklar hisoblanadi.Har xil davlatlarning valyuta bozorlari o’zaro bir-biri bilan telekommunikatsiyalar yordamida bog’lanadilar.

VALYUTA INTYERVENSIYASI - milliy yoki chet el valyutalarining kursini oshirish yoki tushirishni ko’zlab valyuta bozoridagi muomalalarga yirik davlatlarning aralashuvidir. Uni Markaziy banklar amalga oshiradi. Har bir mamlakat uchun milliy valyutasining kursini oshirish foydali bo’lsa, u o’zining banklari va xazinasidagi chet el valyutasini sotib, o’z milliy valyutasini esa sotib oladi.

VALYUTA КORIDORI – chet davlatlarda moliyaviy iqtisodiy ahvolni , ularda krizisning oldini olishni, moliyaviy holiga ta’sir etadigan omillarni bartaraf etish maqsadida oldindan valyuta kursini belgilash tizimi.

DEVALVATSIYA - milliy pul birligi qiymatining rasmiy tartibda pasaytirilishidir; valyutalarning rasmiy qiymati ularning oltin ta’minotini taqqoslash bilan belgilangan davr - (1978 yil)gacha devalvatsiya - pul birligining tarkibidagi oltin xissasini kamaytirish yo’li bilan amalga oshirilgan. Hozirgi vaqtda esa u barcha erkin almashinadigan valyutalar (odatda, AQSh dollari, Germaniya markasi, Angliya funt sterlingi va boshqalar)ga nisbatan pasaytirish yo’li bilan amalga oshiriladi.

DEFLYATSIYA - muomaladagi ortiqcha qog’oz pulni muomaladan chiqarib olish yo’li bilan pul ko’lamini kamaytirish.

VALYUTA КURSI - muayyan mamlakat pul birligining boshqa bir mamlakat pul birligida ifodalangan bahosidir. Valyuta kursining ikki turi mavjud: 1. Qat’iy qayd etilgan. 2. O’zgarib turadigan. Qat’iy qayd etilgan valyuta kursi - valyuta bozorlari va valyuta kursini aniqlash ishida davlatning aralashuviga asoslanadi. O’zgarib turadigan valyuta kursi esa, butunlay valyuta bozoridagi u yoki bu valyutaga bo’lgan erkin talab va taklifga asoslanadi.

VALYUTA MUNOSABATLARI - davlat muassasalari, firmalar, korxonalar va xususiy tashkilotlar o’rtasida, sarmoya bozorlarida xalqaro hisob-kitoblarda valyutaga doir, kredit va valyuta harakatlarini amalga oshirish yo’lidagi joriy aloqalar; davlatlar o’rtasida bo’ladigan xo’jalik aloqalarga xizmat qiladigan iqtisodiy munosabatlardir. Valyuta munosabatlarining obyekti bo’lib, ilmiy-texnikaviy ayirboshlash, foydani sarmoyalash, tashqi savdo, qarz va subsidiyalar berish, davlat va xususiy shaxslarning o’tkazmalari, sayyohlik va boshqalar hisoblanadi.

VALYUTA OPERATSIYALARI – chet el banknoti va tangalari, chet el valyutasidagi to’lov hujjatlarini (cheklar, veksellar, akkredetiv, oltin bilan bo’ladigan oldi-sotdilar) xarid etish va sotish jarayoni.

VALYUTA PARITETI - ikkita valyuta o’rtasida qonunga binoan belgilanib, valyuta kursining asosi hisoblanadigan nisbat.

VALYUTA REZERVLARI - xalqaro hisob-kitob va to’lovlar uchun foydalanish maqsadida Markaziy banklar va moliya muassasalarida to’plangan chet el valyutasi va oltin jamg’armalaridir. Chetga tovar chiqarish va chetdan tovar olishni moliyalashga mo’ljallangan va korxonalar ixtiyorida bo’lgan chet el valyutasi va so’mning chet el valyutasi hisobidagi pul vositalari hamda fuqarolarning valyuta jamg’armalari mamlakatning valyuta fond-rezyerviga kiradi.

VALYUTA SAVATI – chet el valyutalarini milliy valyutaga kotirovka qilishda ishlatiladigan valyutalar yig’indisi.

VALYUTA TIZIMI – valyutaning amal qilishiga xizmat qiladigan iqtisodiy, huquqiy munosabatlarning yig’indisi.

IMPORT (lot. kiritaman) - mamlakatga sotish uchun xorijiy mamlakatlardan tovarlar va xizmatlarni keltirish. Agar eksport qiymati importdan ortiq bo’lsa, mamlakatning tashqi savdo balansi faol hisoblanadi.

IMPORT КVOTASI - boshqa mamlakatlardan tovarlarni olib kirishga miqdoriy limit. Davlatning proteksionistik siyosatini amalga oshirish vositalaridan biri. Masalan, hozirda AQSh yapon avtomobillarini mamlakatga olib kirishni miqdoriy cheklab qo’ygan. O’sha belgilangan miqdordan (kvota) ortiq yapon avtomobillari AQShda sotilmaydi.

IMPORT POShLINASI - import qilinayotgan tovarga soliq. Davlat proteksionist siyosatini olib borish vositalaridan biri.

IMPORT XARIDLAR SAMARASI - mamlakatning sof eksport hajmi va undagi narhlar darajasi, shuningdek, boshqa mamlakatlardagi narhlar darajasi o’rtasidagi teskari aloqa.

TO’LOV BALANSI - mamlakatni butun halqaro iqtisodiy faoliyati natijalarini o’zida aks ettiruvchi balans. Xalqaro valyuta fondining klassifikatsiyasi bo’yicha to’lov balansi o’z ichiga: a) joriy operatsiyalar balansi; b) pul kapitallari balansi; v) rasmiy valyuta rezervlaridagi o’zgarishlarni qamrab oladi. Umuman olganda, har qanday tashqi iqtisodiy bitim valyutalarni xarid qilish, sotish bilan bog’liq, binobarin davlatning tashqi iqtisodiy faoliyati xorijiy valyutalarni kelib tushishi va sarflanishida o’z aksini topadi. Shuning uchun to’lov balansida valyutalarni kelib tushishi ( + ) sarf qilinishi ( - ) bilan belgilanadi (qarang, joriy operatsiyalar balansi, kapitallar harakati balansi).
Download 119.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling