1- mavzu “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining predmeti. Iqtisodiy tizimlar iqtisodiy qonunlar
DAVLAT QARZINI QAYTA MOLIYALAShTIRISh
Download 119.01 Kb.
|
Iqtisod 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- DAROMADLAR SIYOSATI
- IMTIYOZLI SOLIQQÀ TORTISh
- MOLIY A КAPITALI
- MOLIYAVIY RESURSLAR
- OChIQ TIPDAGI AКSIONYERLIК JAMIYATI
- PROPORSIONAL SOLIQ
- TAShQI QARZ
- ShAXSIY DAROMADDAN SOLIQ
- FISКAL MOLIY A -BY U DJET SIY O SAT
- SIКLIК BALANSLAShTIRILADIGAN BYUDJET
- EMITENT
- FOIZ STAVКASINING REAL DARAJASI
- FOIZ STAVКASI (darajasi)
- FAOL BANК OPERATSIYALARI
- OChIQ BOZORDAGI OPERATSIYALAR
- PUL AGREGATLARI
- PUL MUOMALASINING BARQARORLIGI
- PUL QIYMATI
- PULGA UMUMIY TALAB
- PULNING QADRSIZLANIShI
- MARКAZIY (EMISSION) BANК
- MAJBURIY ZA X IRA(rezyerv)lar
- LIКVIDLIК
- INFLYATSIYA (lot. shishish, ko’pchish, ko’tarilish)
DAVLAT QARZINI QAYTA MOLIYALAShTIRISh - hukumat obligatsiyalarni sotib olish muddati kelganda yangi obligatsiyalarni chiqarib sotadi. Undan kelgan tushumni muddati kelgan obligatsiyalarni sotib olishga sarf qiladi. DAVLATNING SOLIQ SIYOSATI - davlat tomonidan jismoniy va yuridik shaxslardan undiriladigan soliqlarning turi va ularni yig’ib olish yo’llari hamda usullarini tashkil etish borasidagi siyosat. DAROMAD SOLIG’I - yalpi daromadga solinadi, unda moddiy sarf xarajatlar va soliq imtiyozlari chegirib qolinadi. Daromad solig’i asosan ish xaqi berilishi va daromadning boshqa turlarida, shuningdek, maxsus moliya tashkilotlariga manbalarini ko’rsatgan holda barcha ishlab topilgan summani o’z ichiga olgan daromadlar to’g’risidagi deklaratsiyani taqdim etish chog’ida chegirib qolish yo’li bilan undiriladi. DAROMADLAR SIYOSATI - maqsadi individual pul daromadlar dinamikasiga, tovar va xizmatlarning narxiga ta’sir etish huquqi bo’lgan hukumat siyosati. DAVLATNING SOLIQ TIZIMI - muayyan sharoitda davlat foydasiga undiriladigan soliq turlarining majmui; unga soliqlarning turlari, miqdori, soliq imtiyozlari, undiriladigan soliqlarni aniqlash kabilar kiradi. Soliq tizimining vazifalari mavjud bo’lib, ulardan: soliq to’lovchilar bilan davlat o’rtasida daromadlarni taqsimlash va qayta taqsimlash, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda faoliyat yuritishni rag’batlantirish yoki cheklash; aholining ayrim tabaqalariga ijtimoiy imtiyozlarni berish kabilar eng muhimlaridan biri hisoblanadi. Soliq tizimi o’zgaruvchan bo’ladi. IMTIYOZLI SOLIQQÀ TORTISh - soliq obyektini soliqqa tortish jarayonida jismoniy yoki yuridik shaxslarni soliqdan qisman yoki to’liq ozod etilishi. INVESTOR – 1.Qimmatbaho qog’ozlarni, masalan aksiyalarni sotib olish orqali ma’lum sohani moliyalashtirishga o’z ulushini qo’yuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs. 2.Investision faoliyat subyekti bo’lib, u o’zining ma’lum mablag’larini investisiyalar shaklida ulardan maqsadli foydalanishi uchun joylashtiradi. LIZING - dastgohlarni, uzoq muddat foydalanadigan tovarlarni, ko’chmas mulkni uzoq muddatga keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olish uchun qo’yilmalarning moliyalashtirish maxsus shakli. LАFFYER EGRI ChIZIG’I - soliq stavkalari va soliq tushumlari miqdori o’rtasidagi bog’liqlikni aks ettiradi. Soliq stavkasini ko’tarish yordamida faqat ma’lum vaqtgacha soliq tushumlarini ko’paytirish mumkin. Soliq stavkasini o’ta ko’tarib yuborish faoliyat ko’rsatish rag’batlarini buzib yuboradi, natijada byudjetga soliq tushumlarining miqdori, kamayishi mumkin. Soliq tushumlari soliq stavkasiga bog’liqligini iqtisodchi Artur Loffyer tadqiq etgan va uni «Loffyer egri chizig’ida» aks ettirgan. MAHALLIY BYUDJET – davlat byudjetining tegishli viloyat, shahar, tuman pul mablag’lari fondini tashkil etuvchi qismidir. Undagi daromad manbalari va tushumlar moliya yili davomida aniq maqsadlar uchun yo’naltiriladi. MOLIYA BOZORI - moliyaviy mablag’larni vaqtincha haq to’lab ishlatish yoki ularni sotib olish yuzasidan bo’ladigan munosabatlar. U tarkiban qimmatbaho qog’ozlar bozori va qarzga beriladigan pul bozoridan iborat. Moliya bozori tizimiga - qimmatbaho qog’ozlar bozori, valyuta bozori, ssuda kapitali bozori kabilar kiradi. Moliya bozorida pulga obligatsiya va aksiyalar, veksel va sertifikatlar, valyutalar oldi-sotti qilinadi. MOLIYA КAPITALI - bank kapitalining sanoat kapitali bilan qo’shilib yoki bir bo’lib ketishi natijasida vujudga kelgan kapital. MOLIYAVIY MUNOSABATLAR - pul jamg’armalarining xarajati natijasida davlat va uning quyi va yuqori tashkilot idoralari, turli xo’jalik yuritish shaklidagi korxonalar, firmalar, kooperativlar, birlashmalar, jamoa uyushmalari alohida aholi qatlamlari o’rtasida o’zaro yuzaga keluvchi iqtisodiy munosabatlar. MOLIYAVIY RESURSLAR - davlat konsernlari, kompaniyalar, birlashmalar, korxonalar, firmalar, tashkilotlar va muassasalar ixtiyoridagi pul mablag’lari. NODISКRESION FISКAL SIYOSAT - iqtisodiy kon’yukturani o’zgartirish sababli davlat byudjeti sarflari va soliqlarni nisbiy darajalaridagi avtomatik o’zgarishlar. Avtomatik deganda shunday iqtisodiy mexanizm tushuniladiki, u iqtisodiy ahvolni o’zgarishiga tezda javob qaytaradi, bunda hukumat hech qanday choralar ko’rmaydi. Unga birinchidan soliq tushumlarining o’zgarishi kiradi. Soliqlar miqdori esa daromadlarga bog’liq bo’ladi. Shuning uchun yalpi milliy mahsulotning o’sishi sharoitida ya’ni iqtisodiyotni ko’tarilishi sharoitida soliq tushumlari avtomatik tarzda oshib boradi, bu esa sotib olish qobiliyatining pasayishini va iqtisodiy o’sishini to’xtatib turadi. OBLIGATSIYA - davlat yoki aksionyerlik kompaniya tomonidan qarz majburiyati sifatida chiqariladigan qimmatli qog’oz. Davlat chiqargan obligatsiyalardan olingan daromad yutuqlar shaklida to’lanadi. Aksionyerlik kompaniyalari chiqargan obligatsiya egasi daromadni, oldindan belgilangan foiz sifatida oladi. Ma’lum davrdan so’ng u sotib olinadi. Aksiyadan farqli o’laroq obligatsiya egasiga aksionyerlar majlisida ovoz berish huquqini byermaydi. Obligatsiyalar pul bozorida harakat qiladi va o’z kursiga egadir. Obligatsiya kursi u keltiradigan daromad darajasi va ssuda foiziga bog’liq bo’ladi. OChIQ TIPDAGI AКSIONYERLIК JAMIYATI – aksiyalari bir shaxsdan boshqa shaxsga boshqa aksionyerlarning roziligisiz o’tkazish mumkin bo’lgan jamiyat. Bunda korxona ixtiyorida bo’lmagan shaxslar ham aksiyaga egalik qilishi mumkin. PROGRESSIV SOLIQ - soliq to’lovchini daromadini o’sishi bilan o’rtacha soliq stavkasi oshib boradigan soliq. 2003 yil may oyidan boshlab respublikada minimal oylik maosh 5440 so’m qilib belgilangan. 5 minimal oylik maoshdan 13%, 5 minimal - 10 minimalgacha oylik maoshdan 22%, 10 minimaldan yuqori oylik maoshdan 32% soliq olinadi. PROPORSIONAL SOLIQ – soliqqa tortilayotgan obyekt hajmiga proporsional bo’lgan yagona stavkali soliq hisoblanadi. REAL SOLIQ – to’g’ri soliq bo’lib, soliq to’lovchining ayrim mulklarini soliqqa tortish orqali undiriladi. REGRESSIV SOLIQ- soliq turi, unga binoan yuqori daromadga qaraganda past daromaddan ko’proq foiz undirib olinadi. Masalan, hamma egri soliqlar kabi sotishga soliq turi daromadi yuqori shaxslarga nisbatan daromadi past insonlarning yelkasiga og’ir yuk bo’lib tushadi. Chunki bu soliqni hamma iste’molchilar daromadidan qat’iy nazar to’laydi. Shuning uchun bilvosita (egri) soliqlar regressiv tasnifga ega bo’ladi. SOLIQ MULTIPLIКATORI - muvozanatli yalpi milliy mahsulotdagi o’zgarishlarni soliq tushumlaridagi o’zgarishlarga nisbati, ya’ni: YaMM
Soliq multiplikatori = ––––––––––––––––––––– soliq tushumlari SOLIQ STAVКASI - soliq solishning ulushi (kvota) birligi. U foizlarda yoki qat’iy pul miqdorida belgilanishi mumkin. Soliq stavkalari quyidagi guruhlarga bo’linadi: a) proporsioial stavka - soliq solish obyektiga teng foizlarda belgilanadi; b) progressiv stavka - obyekt qiymati o’sishi bilan soliq stavkasi o’sib boradi; v) regressiv stavkada soliqlardaromadlarga nisbatan kam o’sadi, ya’ni daromadning kam qismini tashkil etadi, masalan qo’shimcha qiymat solig’i. SOLIQ TIZIMI - davlat byudjetiga undiriladigan soliqlar turi majmui, ularni yig’ib olish yo’llari va usullarni tashkil etish tushuniladi. Unga soliq turlari, soliq imtiyozlari, soliq stavkasi, soliq undiriladigan daromadlarni aniqlash kabilar kiradi. Soliq tizimini asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: a) soliq to’lovchilar bilan davlat o’rtasida daromadlarni taqsimlash va qayta taqsimlash; b) ma’lum sohadagi faoliyatni rag’batlantirish yoki cheklab qo’yish; v) aholining muayyan tabaqalariga ijtimoiy imtiyozlar berish. TAShQI QARZ - davlatning xorijiy mamlakatlar, shaxslar, firmalar va muassasalaridan qarzi. TO’G’RI SOLIQLAR - to’g’ridan-to’g’ri ochiq daromad yoki mulkka solinadigan soliq, ularni to’lovchi va undiruvchi bir-birlarini oldindan biladilar. To’g’ri soliqlarga daromad, mol-mulk, transport vositalariga soliqlar va shu kabilarni misol qilib ko’rsatish mumkin. ShAXSIY DAROMADDAN SOLIQ - uy xo’jaligi va korxonalarning mol mulklari va xizmatlaridan olgan daromaddan to’lanadigan soliq SOLIQLAR - davlatning korxona va tashkilotlardan hamda aholidan undiradigan pul mablag’laridir. Soliq ikki vazifani o’taydi: fiskal va iqtisodiy. Uning fiskal vazifasi asosiy bo’lib, u hamma davlatlarga xos. U davlat pul daromadlarini shakllantirishi va davlat harakati uchun moddiy asos yaratishdan iboratdir. Iqtisodiy vazifasi soliqlar ishlab chiqarishni tartibga soluvchi vosita sifatida qo’llashda namoyon bo’ladi. Uning yordamida iqtisodiy o’sish sur’atlarini tiyib turish yoki rag’batlantirish kapital jamg’arishni ko’paytirish yoki susaytirish, aholini to’lashga qodir talabini o’stirish yoki kamaytirish mumkin. Iqtisodiy mohiyatiga ko’ra soliqlar to’g’ri va egri soliqlarga bo’linadi. To’g’ri soliqlar to’g’ridan-to’g’ri ochiq daromad yoki mulklarga solinadi. Bu turdagi soliqlarga korxona va tashkilotlardan olinadigan daromad solig’i, mol-mulk daromadi, aholidan daromad solig’i va boshqalarni misol qilib ko’rsatish mumkin. Egri, soliqlar tovar mol-mulki narhidan qimmatga, ustga qo’yib sotish yordamida davlat xazinasiga kelib tushadigan soliqlardir. Masalan, aksizlar, bojlar va boshqalar. SSUDA - foiz to’lash sharti bilan qarzga berilgan pul mablag’lari. Masalan, tadbirkor bankdan 200 ming so’m ssuda oladi. U bir yilga 10 foiz sharti bilan byerilgan deb faraz qilamiz. Demak, tadbirkor bir yildan keyin 200 ming emas, balki 220 ming so’mni bankka qaytarishi shart. SUBSIDIYA - muhtoj xo’jaliklarga alohida yordam ko’rsatish uchun davlat iqtisodiy sarflarining turi. Dotatsiya subsidiyaning bir turi hisoblanadi. U iqtisodiyotni tartibga solish vositasi hisoblanadi, uning maqsadi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishda moliyaviy yordam ko’rsatishdir. Masalan, o’ta muhim ilmiy-texnikaviy ishlarni, ekologik muammolarni hal etishda qatnashadigan korxonalar, eksportni ko’paytirish yoki kamaytirish uchun tovarlar zahirasini hosil etishda subsidiyalardan foydalaniladi. Subsidiya ikki yo’l bilan berilishi mumkin: a) bevosita byudjetdan qaytarib bermaslik sharti bilan pul ajratish; b) davlat tomonidan har xil imtiyozlar berish (soliq va bojlarni kamaytirish, davlat tomonidan kamaytirilgan stavkada qarz berish va boshqalar). FISКAL MOLIYA-BYUDJET SIYOSAT - hukumat tomonidan davlat harajatlari va soliq solish tartibiga kiritadigan o’zgartirishlar. Bundan maqsad to’la bandlik, to’la ishlab chiqarish hajmiga erishish. Davlatning fiskal siyosati soliqlarni undirish va byudjet mablag’laridan makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlash va ijtimoiy masalalarni hal etish maqsadida hukumat imkoniyatlaridan foydalanishni nazarda tutadi. Fiskal siyosatning asosiy dastagi soliq stavkasini ishlab chiqarish maqsadiga muvofiq o’zgartirishdir. SIКLIК BALANSLAShTIRILADIGAN BYUDJET - byudjet siyosatidagi konsepsiyalardan biri. Uni asosida byudjet iqtisodiy sikl davrida muvozanatlashtirish lozim degan qoida yotadi. Davlat bir vaqtning o’zida siklga qarshi choralarni amalga oshiradi va byudjetni muvozanatlashtirishga harakat qiladi. Tanazzulga qarshi chora, deb hukumat soliqlarni pasaytiradi, xarajatlarni oshiradi va ongli ravishda byudjet kamomadini yuzaga keltiradi. Кo’tarilish davrida esa hukumat soliqlarni oshiradi, davlat xarajatlarini kamaytiradi, natijada yuzaga kelgan byudjetning ijobiy saldosi, tanazzul vaqtidagi kamomadni qoplashda ishlatiladi. Ammo asosiy muammo shundan iboratki, iqtisodiy faoliyatning ko’tarilishi va tanazzul vaqti davomiyligi nuqtai nazaridan farq qiladi. Masalan, tanazzul davri 2 yil ko’tarilish davri esa 1 yil bo’lishi mumkin. Unda 2 yilda ongli ravishda yuzaga keltirgan kamomad miqdorini 1 yilda byudjetning ijobiy salьdo miqdori bilan qoplab bo’lmaydi. EGRI SOLIQLAR - sotilayotgan tovar va xizmatlar narxiga ustama qilib belgilanadigan soliq. Ular tovar yoki xizmatning bahosini oshiradi. Egri soliqlar ishlab chiqaruvchilar to’layotganday bo’ladi, aslida esa ularni iste’molchilar to’laydilar. Egri soliqlarga qo’shilgan qiymat solig’i, aksiz, chetga chiqarib sotiladigan xom ashyo tovarlarga soliq, eksport solig’i va shu kabilar kiradi. EMITENT - qimmatbaho qog’ozlar chiqaruvchi tashkilot yoki korxona. QIMMATLI QOG’OZLAR BOZORI - daromad keltiruvchi qimmatbaho qog’ozlar - aksiya, obligatsiya, veksel, chek va h. k. oldi-sotti qilishdir. Qimmatbaho qog’ozlar bozori amalda fond birjalari, auksionlar va banklardan iborat buladi. Qimmatbaho qog’ozlar savdosida maklyer-brokyerlar vositachilik qiladilar. Qimmatbaho qog’ozlar bozori milliy va jahon bozoridan iborat. Nyu-York fond birjasi amalda xalqaro qimmatli qog’ozlar bozoridan iborat. O’zbekistonda ham qimmatli qog’ozlar-bozori shakllanib bormoqda. EMISSIYA - muomalaga pul va qimmatbaho qog’ozlarni chiqarish. Emissiya xuquqi markaziy hukumat ixtiyorida bo’ladi. Byudjet tushumlari xarajatlarni qoplamagan holda ishlatiladi. Xo’jalik oboroti ehtiyojlari bilan bog’liq bo’lmagan pullarni chiqarish, pul massasi ko’payib ketishiga olib keladi. FOIZ STAVКASINING REAL DARAJASI - inflyatsiya darajasiga to’g’rilangan pulda ifodalangan foiz stavkasini inflyatsiya darajasiga muvofiqlashtirish. Masalan, qarz beruvchi (kreditor) byergan puli miqdoriga 5% stavkasini belgilash mumkin, ammo kutilayotgan inflyatsiyasi darajasi yiliga 10%ga teng bo’lsa, unda foiz stavkasini real darajasi 15%ni tashkil etadi. FRIКSION IShSIZLIК - ixtiyoriy ishsizlik, turli sabablarga ko’ra, chunonchi bir hududdan boshqasiga ko’chish, kasbini o’zgartirish, uyda bola parvarishi bilan shug’ullanish sababli yuzaga keladi, ishsizlikni bir turi hisoblanib, u doimo mavjud bo’ladi. FILIPS EGRI ChIZIG’I - ishsizlik darajasi va narxlarni yillik o’sish sur’atlari o’rtasidagi bog’liklikni aks ettiruvchi egri chiziq. Bu ikki ko’rsatkich o’rtasidagi bog’liqlik ingliz iqtisodchisi A.V.Filips tomonidan Buyuk Britaniyaning 1862-1957 yillardagi ma’lumotlari asosida tadqiq etilgan, Unda inflyatsiyaning sur’ati past bo’lsa, ishsizlikning darajasi yuqori bo’ladi va aksincha. Muhim makroiqtisodiy ko’rsatkichlar o’rtasida barqaror va oldindan ko’rish mumkin bo’lgan bog’liqlikni o’rnatish, milliy iqtisodni tartibga solish va istiqbolini belgilash imkonini beradi. FOIZ - ma’lum bir davrga pulni qarz (kredit)ga byerilgani uchun olinadigan daromad turi. Pul maxsus tovar bo’lgani uchun foiz uni narhi sifatida maydonga chiqadi. Masalan, 1 mln. so’m kredit bir yilga 10% ga berilmoqda.Unda foiz 100 ming so’mni yoki 10%ni tashkil etadi. Foiz davlatning iqtisodiyotni tartiblashda, muhim vositasi hisoblanadi. Uning darajasini pasaytirish iqtisodiy faollikni oshiradi, ko’tarish esa pasaytiradi. FOIZ STAVКASI (darajasi) - qarzga olingan kreditdan foydalanganligi uchun belgilanadigan haq miqdori kreditdan foydalanganlik haqi Foiz stavkasi = –––––––––––––––––––––––––––– kredit miqdori FAOL BANК OPERATSIYALARI - bank resurslarini joylashtirish va foydalanish bilan bog’liqdir. Bunga kundalik operatsiyalari veksellar, tovarlar, fondlar bilan ishlash kiradi.Bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayoni bilan yangi operatsiyalar konsalting, lizing, faktoring, trast, injiniring xizmatlarini o’z ichiga oladi. Hozirgi davrda eng faol bank operatsiyalariga veksellarni hisobga olish, ularni veksel egalaridan sotib olish va belgilangan vaqtda ularni to’liq qiymatini to’lash kiradi. TALAB INFLYATSIYASI - iqtisodiyotda talabning keskin oshib ketishi va uni ishlab chiqarishning real hajmi bilan qondirilishi mumkin emasligi sababli talabni taklifga nisbatan ortiqligi natijasida narxlarni ko’tarilishi. Talab inflyatsiyasining asosiy sababi aholini ish bilan to’liq bandligi, ish haqini oshib borishi hisoblanadi, Talab inflyatsiyasini ayrim hollarda quyidagi ibora bilan tushuntiriladi, «juda ko’p pullar, juda oz miqdordagi tovarlarni ovlaydilar». TAКLIF INFLYATSIYASI - iqtisodiyotda tovar va xizmatlar taklifi kamayib borishi natijasida narxning ko’tarilishi. Taklifni qisqarishining asosiy sababi mahsulot birligiga sarflangan xarajatlarni o’sishidir. Xarajatlarni o’sishi natijasida vujudga keladigan inflyatsiyani ikki shakli mavjud: a) ish haqini o’sish inflyatsiyasi ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmi to’lanadigan ish haqi va daromadlarga mutanosib bo’lishi shart, agarda u buziladigan bo’lsa jami taklif kamayadi, narx ko’tariladi; b) taklif mexanizmini buzilishi natijasida vujudga kelgan inflyatsiya, u kutilmaganda birdaniga xom-ashyo va energiyalar narxlarini ko’tarilishi natijasida vujudga keladi. Masalan, rivojlangan mamlakatlarda 1973-1974 va 1979-1980 yillarda chetdan olib kelinadigan neft narxini keskin ko’tarilishi. OUКEN QONUNI - iqtisodiy faollik va ishsizlik o’rtasida miqdoriy bog’liqlikni aks ettiradi. Agarda aslidagi ishsizlik darajasi uning tabiiy darajasidan 1% oshsa, unda YaMM orqada qolishi 2,5% tashkil etadi. Masalan, ishsizlikni tabiiy darajasi 6% sharoitida ishsizlik darajasi 9,5%. Unda 9,5- 6,0= 3,5%; 3,52,5=8,75%. Ishsizlikni ko’payishi natijasida YaMMni orqada qolishi 8,75% tashkil etdi yoki ishsizlik tabiiy darajadan past bo’lmaganda YaMM aslidagiga nisbatan 8,75% ko’p bo’lar edi. Shu qonunga muvofiq YaMMni hajmi har yili 2,7% ortishi ishsizlikni doimiy darajada ushlab turishga imkon beradi. YaMMni 2% ortishi ishsizlar sonini 1% kamaytiradi. OChIQ BOZORDAGI OPERATSIYALAR - markaziy bank tomonidan davlat qimmatbaho qog’ozlarini sotish va xarid qilish, pul kredit siyosatini amalga oshirish usullaridan biri. Markaziy bank nufuzi katta banklar guruhi bilan birgalikda amalga oshiradi. Markaziy bank xazinadagi qimmatbaho qog’ozlarini sotish (agarda muomalada pul ko’p bo’lsa) va xarid qilish (agarda muomalada pul kam bo’lsa) yo’li bilan pul taklifiga ta’sir etadi, ya’ni pul bozoridagi talab va taklif muvozanatini ta’minlaydi. PUL - hamma tovarlar va xizmatlar ayirboshlanadigan umumiy ekvivalent bo’lmish maxsus tovar. Pul bozor yuzaga kelishi va rivojlanishining mahsulidir. Pul kelib chiqish tarixi va tabiatiga ko’ra 3 xil xususiyatga ega: a) hamma narsaga ayirboshlanadigan muhim harid vositasi; b) boylik timsoli; v) mehnatni qiymat shaklida o’lchab boradigan vosita. PUL AGREGATLARI - pul guruhlari. Pul muammosini muqobil o’lchovchi hisoblanadi. Hozirda quyidagi pul agregatlari farqlanadi. M1 - pullar - unga naqd pullar (metall va qog’oz pullar) chekli qo’yilmalar, gohida kredit kartochkalari kiradi. M2 - pullar - una M1 cheksiz jamg’arma hisoblaridagi qo’yilmalar qisqa muddatli qo’yilmalar kiradi. MZ - pullar - unga M2+ muddatli yirik qo’yilmalar kiradi. PUL BOZORI - pul taklifi va unga bo’lgan talab foiz stavkasi darajasi bilan aniqlanadigan bozor. Pulga talab xo’jalik faoliyati uchun zarur pulga ehtiyojdir. Uning shakllanishini asosiy ikkita sababi mavjud: a) insonlarga har doim tovar va xizmatlarni sotib olish uchun, korxonalarga esa resurslar olish uchun pul zarur bo’ladi; b) insonlar o’zlarining pullarini har xil (aksiya, obligatsiya va h. k.) shaklda saqlaydilar, demak, aktivlar tomonidan pulga talab bo’ladi. PUL MULTIPLIКATORI – ortiqcha zahirani bir qismi, undan tijorat banklari muomaladagi pul massasini va yangi zayomlarni (yoki qimmatli qog’ozlarni sotib olish) taqdim etish yo’li bilan muddatsiz omonatlarni oshirish uchun foydalanishi mumkin. 1
majburiy zahira me’yori PUL MUOMALASI QONUNI - bozor iqtisodiyoti xo’jaligining obyektiv iqtisodiy qonuni. Muomaladagi pul miqdori pul muomalasi konuniga ko’ra boshqariladi, ya’ni tovarlar muomalasini ta’minlash uchun zarur bo’lgan miqdori quyidagilarga bog’liq bo’ladi: a) muayyan davrda sotilishi lozim bo’lgan tovarlar bahosining qiymatiga, chunki tovarlar qanchalik ko’p bo’lsa, ularni sotilishi uchun shunchalik ko’p pul zarur bo’ladi; b) bir pul birligining aylanish tezligiga, chunki ayni pul birligi qiymati ayirboshlashga ko’proq yoki ozroq xizmat qilishi mumkin; v) to’lov vositasi vazifasida foydalanishga,chunki nasiyaga sotilgan tovarlarning haqi boshqa vaqtda to’lanadi, shunga ko’ra zarur pul birligi miqdori kamayadi va bir tomondan boshqa tovarlarni to’lov vaqti boshlanadi. PUL MUOMALASINING BARQARORLIGI - pulning xarid quvvati pasaymagan holda uzluksiz harakatda bo’lishi. Pul muomalasining barqarorligini ta’minlash (u avvalo, bozorga yetarli miqdorda va sifatli tovarlar chiqarilishi) kerak. Tovarlar taqchilligi mavjud bo’lgan sharoitda pul muomalasi barqarorligiga erishib bo’lmaydi, tovarlar qimmatlashib, pul qadrsizlanib boradi. PUL QIYMATI - pul birligiga almashtirilishi mumkin bo’lgan tovar va xizmatlar miqdori; pul birligini sotib olish qobiliyati; baho darajasiga teskari kattalik. PUL-КREDIT SIYOSATI - to’la bandlik sharoitida jami mahsulotni ishlab chiqarishga inflyatsiyaning ta’sirini kamaytirish yoki bartaraf etish maqsadida muomaladagi pul miqdorini o’zgartirish tushuniladi. Uning yordamida har qanday davlat mamlakatda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash vazifasini amalga oshiradi. Deyarli hamma mamlakatlarda muomaladagi pul miqdorini tartibga solishda quyidagi vositalardan foydalaniladi: a) ochiq bozorda operatsiyalar; b) hisob-kitob stavkasi siyosati; v) bank majburiy zahiralarining me’yorini o’zgartirish siyosati. PULGA UMUMIY TALAB - bitimlar uchun pul va aktivlar tomonidan pullarga talab summasi (qarang, pul bozori). PULNING AYLANISh TEZLIGI - muomaladagi pul birligini yiliga necha marta tovarlarni sotib olishga xizmat qilish soni. PULNING VAZIFALARI - pul vositachiligida bajarish mumkin bo’lgan tadbirlar bo’lib, ular 5 tani tashkil etadi: a) tovarlarni qiymat o’lchovi vazifasi, ya’ni barcha tovarda gavdalangan mehnat miqdori pul orqali o’lchanadi; b) muomala vositasi vazifasi, ya’ni tovarlar oldi-sotdi qilinishi muomalasi pul vositasida amalga oshiriladi; v) jamg’arish, xazina to’plash vositasi vazifasi, ya’ni o’zida mehnatni gavdalantirgani uchun boylikning umumiy shakliga aylanadi va kishilar ehtiyojlaridan ortiqcha pullarni jamg’ara boshlaydilar. Lekin pulni boylik sifatida jamg’arilishi uchun uning qadri, xarid quvvatining saqlanishi muhim ahamiyatga ega; g) to’lov vositasi vazifasi, nasiyaga sotilgan tovarlar va xizmatlar haqi to’langan pul to’lov vositasi vazifasini bajaradi; d) jahon puli vazifasini, tovarlar muomalasi bir mamlakat doirasidan chiqaboshlashi va xalqaro savdoning yuzaga kelishi bilan bog’liq. Jahon puli vazifasinioltin, u bilan bir qatorda konvertlangan valyutalar ham bajaradi. PULNING QADRSIZLANIShI - uni xarid quvvatining pasayishi (yana qarang- inflyatsiya). RASMIY ZAHIRALAR - Markaziy bank ixtiyoridagi xorijiy valyutalar. RATSIONAL КUTISh NAZARIYASI - gipoteza, unga muvofiq uy xo’jaligi vafirmalar, davlatni pul-kredit va byudjet sohasidagi siyosati iqtisodiyotga ta’sir etadi, deb kutadilar va o’zining foydasidan kelib chiqqan holda ushbu siyosatni samarasiz qiladigan choralarni ko’radilar (qarang, Lukas R.). MULTIPLIКATOR – 1.muvozanatli sof milliy mahsulotni (SMM) o’zgarishini investisiyalar hajmidagi yoki jami sarflarning boshqa elementlaridagi yoki soliq tushumlarining sof hajmidagi o’zgarishlariga nisbatan ifodalaydi. Кeyns bo’yicha multiplikator investisiyalardagi bilan yalpi milliy mahsulot hajmidagi o’zgarishlar o’rtasidagi bog’liqlikni aks ettiruvchi koeffisient MULTIPLIКATOR -2.akselyerator mexanizmi - multiplikator va akseleratorni o’zaro harakati va birgalikda yalpi milliy mahsulot (YaMM) dinamikasiga ta’siri. Investitsiyalarni o’sishi-YaMM dinamikasiga multiplikativ ta’sir ko’rsatadi. Akselyerasiya qoidasini ta’siri natijasida YaMM o’sishi indusiriyalangan investitsiyalarni tebranishini yuzaga keltiradi. MULTIPLIКATOR SAMARASI - investitsiyalar va davlat sarflarini yalpi milliy mahsulot hajmini ortishga ta’sirini kuchayishi. Investisiyalar oshgan sari YaMM hajmi, birlamchi pul investitsiyalarga nisbatan katta miqdorda o’sadi, chunki investitsiyalar multiplikatsion (ortib boruvchi) samaraga olib keladi. Birlamchi samaradan keyin ikkinchi, uchinchi va h.k. samaralar vujudga keladi. Bir xil sohalardagi bandlik boshqa tarmoqlardagi bandlikka (hosila sifatida) olib keladi. Xuddi ana shu ortib boruvchi samara multiplikalashgan samara deyiladi. MARКAZIY (EMISSION) BANК - davlat banki bo’lib mohiyatan “bankirlar banki” hisoblanadi. U davlatning butun iqtisodiy siyosatini tartibga solishga pul muomilasini pul emissiyasi vositasida boshqaradi. Markaziy bank boshqa barcha banklar va pul muassasalarining faoliyatini ham moliyalashtirish tartibga solish orqali boshqarilib turadi. Umuman u mamlakatning barcha pul-kredit tizimini boshqaruvchi, pul birliklarini muomalaga chiqarish va ularni muomaladan qaytarib olish bo’yicha yagona, ya’ni monopol huquqiga ega bo’lgan bankdir. MAJBURIY ZAXIRA(rezyerv)lar - qarang, bank rezyervlari. Majburiy bank rezyervlarining me’yorini o’zgartirish siyosati - pul-kredit siyosatini vositalaridan biri. Majburiy bank rezyervlarining me’yori markaziy bank tomonidan begilanadi va o’zgartiriladi. Agar u kamaytirilsa, ortiqcha bank rezyervlari ortadi, bu esa pul taklifini multiplikatsion ortishiga olib keladi. Majburiy bank rezyervlari me’yorini ko’tarish yordamida davlat pul taklifini kamaytiradi, zero banklarning ortiqcha bank rezyervlarini qisqarishi pul miqdorini kamayishiga olib keladi. LIКVIDLIК – aktivlarni to’lov vositasiga aylantirish yoki ulardan to’lov vositasi sifatida foydalanish imkoniyati. IPOTEКA - qarzga pul olish maqsadida ko’chmas mulk, yer va qurilish binolarini garovga qo’yish. Bunda garovga qo’yilgan mulk qarz oluvchining tasarrufida qoladi. INDEКSATSIYA QILISh - majburiyatlar bo’yicha to’lovlarning narh-navo ko’rsatkichi bilan o’zaro nisbatini belgilash pul talabnomalari va turli daromadlarning haqiqiy miqdorini inflyatsiya sharoitida saqlab qolish. INFLYATSIYA (lot. shishish, ko’pchish, ko’tarilish) - mamlakatda muomalada yurgan qog’oz pul miqdorining xo’jalik muomalasi ehtiyojlaridan ortiq darajada oshib ketishi. Pulning qadrsizlanishi. Inflyatsiya quyidagi turlarga bo’linadi: 1. Biror omil tufayli kelib chiqqan inflyatsiya. 2. Кredit inflyatsiyasi - kredit ajratishning haddan ortiq kengayishi tufayli kelib chiqadi. 3. Sudraluvchan inflyatsiya - sekinlik bilan rivojlanib boradi. 4. Sakrovchan inflyatsiya - tez sur’atda rivojlanib boradi. 5. Ma’muriy inflyatsiya - narh-navoni ma’muriy tarzda boshqarish oqibatida yuzaga keladi. 6. Ijtimoiy inflyatsiya - mahsulot sifatiga, atrof-muhit muhofazasiga bo’lgan yangi ijtimoiy talablarning paydo bo’lishi oqibatidagi chiqimlarning o’sishi ta’sirida narh-navoning o’sishini yuzaga keltiradi. Download 119.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling