1- mavzu: Jahon adabiyoti fanining maqsad va vazifalari, qadimgi sharq adabiyoti Guruh: 1822 Talaba: Vafoyeva Mahbuba


Download 7.61 Kb.
bet1/3
Sana05.05.2023
Hajmi7.61 Kb.
#1431371
  1   2   3
Bog'liq
1- mavzu Jahon adabiyoti fanining maqsad va vazifalari, qadimgi-fayllar.org


1- mavzu: Jahon adabiyoti fanining maqsad va vazifalari, qadimgi sharq adabiyoti Guruh: 1822 Talaba: Vafoyeva Mahbuba

1- mavzu: Jahon adabiyoti fanining maqsad va vazifalari, qadimgi sharq adabiyoti

Guruh: 1822

Talaba: Vafoyeva Mahbuba

Reja:


  • Adabiyot so’z san’ati

  • Xududiy bo’linish

  • Sharq va G’arb adabiyoti

  • Jahon adabiyotining tarixiy taraqqiyot davrlari

  • Qadimgi sharq adabiyoti namunalari

Adabiyot so’z san’ati

Adabiyot - so‘z san’ati. Bu ijtimoiy ong formalaridan biri bo‘lib, boshqa san’at turlaridan o‘zining ommaviyligi, tez ta’sir eta olishi, fikrlashga o‘ta qulay va teranligi, uzoqqa bora olishi, milliy mafkura va milliy ongni yorqin tasvirlay, ayta olishi bilan farqlanib turadi. Adabiyotning asosiy quroli so‘zdir. Ana shu so‘z orqali adabiyot yuqoridagi vazifalarni bekamu ko‘st bajara oladi. So‘zni ham naqqoshlarcha, ustalik bilan ishlata olgandagina adabiyot biror bir timsol yarata oladi, fikr ayta oladi.

Xududiy bo’linish

Jahon xalqlari adabiyoti fani umumadabiyotni o`rganishni ma`lum bir tizimga solish uchun, avvalo, uni xududlarga asoslangan holda bo`lib chiqadi. Bunday xududiy bo‘linish quyidagichadir:


  • Sharq adabiyoti: Xindixitoy xalqlari adabiyoti. Yapon adabiyoti. Avstraliya, Zellandiya va Okeaniya xalqlari adabiyoti. O`rta Osiyo va Qozog‘iston xalqlari adabiyoti. Kavkaz xalqlari adabiyoti.

  • G‘arb adabiyoti: Yevropa xalqlari adabiyoti. Skandinaviya xalqlari adabiyoti.

  • Afrika xalqlari adabiyoti.

  • Arab xalqlari adabiyoti.

  • Amerika xalqlari adabiyoti.

Xududiy bo’linishning afzalligi

Xududiy bo‘linishlar o‘sha xalqlarning o‘rnashgan joyi, etnik yaqinligi, ijtimoiy-siyosiy, madaniy taraqqiyot bosqichlaridagi rivojning yaqinligi bilan belgilanadi. Bu bo‘linishlar o‘z navbatida yana kichik-kichik qismlarga bo‘linib boradiki, bu masalani keyingi mavzularda hal qilib boriladi. Masalan, O‘rta Osiyo va qozog‘iston xalqlari adabiyoti: o‘zbek adabiyoti, qirg‘iz adabiyoti, qozoq adabiyoti, tojik adabiyoti, qoraqalpoq adabiyotidan iborat.


Download 7.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling