BILGA TO’NYUQUQ Bilga To‘nyuquq – Ikkinchi turk xoqonligining barpo etiluvi va saltanatning mustahkamlanishiga munosib ulushini qo‘shgan davlat arbobi, shu bilan birga, ulug‘ faylasuf, tarixchi va o‘z davri adabiyotining yirik namoyandalaridan biri, taniqli adib edi. U uch xoqon – Qutlug‘ (Eltarish,Eltaris; hukmronlik davri 682–692 yillar), Bo‘gu (Qapg‘an,Qapag‘an; hukmronlik davri 692–716 yillar) hamda Bilga xoqon (hukmronlik davri 716–734 yillar)ning maslahatchisi va qo‘mondoni o‘tgan. “O‘shanda kengashchi ham mening o‘zim edim, urushuvchisi ham men edim”, deya xotirlaydi bu to‘g‘rida muallif o‘z asarida. Ayniqsa, Qutlug‘ va Bilga xoqon taxtda ekanliklari chog‘ida uning obro‘si va mavqei baland bo‘lgan. To‘nyuquq Bilga xoqonning qaynotasi ham edi. Yozuvchi va tarixchi Yo‘llug‘ tigin To‘nyuquqqa nevara bo‘ladi. To‘nyuquq turkiy yozma adabiyotning eng keksa namoyandasi, undan ilgari yashab ijod etgan turkiy ijodkor ma’lum emas
To‘nyuquq ayrim xitoy manbalarida Tang sulolasi davrida o‘tgan atoqli davlat arboblari, ulug‘ donishmand va sarkardalar bilan teng qo‘yiladi. Uning otiga bilga sifatining qo‘shib aytilgani bejiz emas. Bilga so‘zining ma’nosi qadimgi turkiy tilda “dono, donishmand”: Bilga To‘nyuquq – “donishmand To‘nyuquq” degani. U yirik donishmand, xoqonlar kengashchisi, ulug‘ faylasuf bo‘lgani uchun ana shu unvonni olgan. To‘nyuquq yurt tinchligi, mamlakat kuch-qudratini oshirish yo‘lida ko‘p yaxshi ishlarning boshida turdi, mamlakat ozodligi, xoqonlikning tiklanishi va el yurt chegaralarining kengayishiga munosib ulushini qo‘shdi.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
http://fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |