1 – mavzu: jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari o‘quv ishlarining asosiy shakli sifatida. Reja
Download 47.6 Kb.
|
1 Mavzu JMNM
- Bu sahifa navigatsiya:
- Katta maktab yoshi
Markaziy asab tizimi boshqaruvi xizmatini, harakat - tayanch apparati faoliyati, yurak-tomir, nafas olish organlari ishini yanada rivojlantirishga e’tibor qaratiladi. Qomatni to‘g‘ri tutish, tashqi ko‘rinish ustida ishlashga o‘rgatish bu yoshdagilarda muhim ahamiyatga molik ta’limiy ishdir. Bu jarayonga shaxsiy va umumiy gigiyena qoidalariga oid bilimlarni qo‘shib berilishi bilan o‘quvchi jismoniy madaniyatini shakllantirish yo‘lga qo‘yiladi.
Maktab o‘quvchilarining 12-15 yoshdagi – o‘rta maktab yoshidalik (5-9 sinf) davrida organizmni keskin rivojlanadi. Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish mashg‘ulotlari o‘sayotgan yosh organizmga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi bilan umrining boshqa davrlaridagi mashg‘ulotlardan ajralib turadi. Shuning uchun ham inson umrining bu davriga jismoniy sifatlarni rivojlanishiga qulay imkoniyatlarni yuzaga keltirish davr deb qaraladi va qator sport turlari bilan maqsadli shug‘ullanish uchun ruxsat beriladi. Jismoniy tarbiya jarayonining jismoniy bilimlar berish vazifasi - hayotda uchraydigan harakat malakalarini rasional texnikasini, gimnas tika, yengil atletika, sport o‘yinlari, velosipedda yurish va boshqa qator sport turlari, sport taktikasiga oid boshlang‘ich nazariy tushunchalarni berishdan iborat. Bu yoshdagilarda asosan “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testining talablari va normalarini topshirishga tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi. Jismo niy mashqlar bilan shug‘ullanish natijasida sport mahoratini oshayotganli gini, jismoniy madaniyatni jamiyatdagi roli va mohiyatini tushuntirish yo‘lga qo‘yiladi. Asta-sekinlik bilan o‘quvchilarning tashkilotchilik qobiliyatlari takomillashtiriladi. Musobaqa qoidalari o‘zlashtiriladi, hakamlik qilish malakalari rivojlantiriladi va chiniqtirish maqsadida tabiatning sog‘lomlashtiruvchi kuchlaridan foydalanishga o‘rgatiladi. Katta maktab yoshidagi(16-18) umumta’lim maktabi, akademik liseylar gimnaziyalar va kasb – hunar kollejlarining o‘quvchilarining organizmi ularning yoshi ulg‘aygan sari tabiiy baquvvatlashadi. Jismoniy madaniyat jarayoni esa tabiiy rivojlanishni yanada kuchaytirishga yo‘naltirilishi, unga xizmat qilishi lozim. Jismoniy mashqlar bilan tizimli shug‘ullanish ta’lim tizimining shu yoshdagilarini ish qobiliyatini yaxshilash, turmush tarzi davomidagi asosiy hayotiy-zaruriy harakat faoliyatlari uchun chidamlilik zahiralarini oshirish, o‘z tanasining a’zolarini boshqara olish, kuch, tezkorlik, chaqqonlik va boshqa harakat sifatlarini har tomonlama jismonan garmonik rivojlantirishni chuqurlashtirishga e’tibor qaratiladi. Umumiy ta’lim jarayoni davomida har bir o‘quvchi o‘zining vjudini anotomiyasi va fiziologiyasining o‘z yoshiga xos xususiyatlari, jihatlarini bilishi, organizmining holatini “eshita bilish”ga o‘rgatilishi maktab jismoniy madaniyati fanining o‘zak talablaridan biriga aylantirilishi davr talabi bo‘lib davlat ta’lim standartlarida qayd qilinishi lozim. Organizm tabiiy o‘sib borar ekan, uning funksional imkoniyatlarini oshib borishi bazasida oldin egallangan harakat malakalari zahirasiga tayangan holdagi yangi va keyinchalik egallanishi lozim bo‘lgan harakat malakalari uchun poydevor yaratiladi. Bu yoshdagilarga jismoniy madaniyat sohasidagi bilimlarini boyitish, sport trenirovkasi nazariyasi asoslari, o‘z-o‘zini nazorat qilishi qoidalarini bilishga oid bilimlarni berish maqsadga muvofiq. Download 47.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling