1 – mavzu: jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari o‘quv ishlarining asosiy shakli sifatida. Reja
Organizmning o‘sishi va rivojlanishi
Download 47.6 Kb.
|
1 Mavzu JMNM
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ontogenez deb, har bir organizmning otalangan tuxum davridan boshlab toki organizmni o‘lish davrigacha bo‘lgan sikliga aytiladi.
- O‘sish davri
- Keksayish davri
Organizmning o‘sishi va rivojlanishi – bu murakkab jarayon bo‘lib, hujayralarda sodir bo‘ladigan modda almashinuvi bilan bog‘liq. Hujayralarni ko‘payishi, shakllanishi, yetilishi va hujayra tarkibiga kiruvchi tuzilmalarni takomillashuvi, voyaga yetish uchun manbaa hisoblanadi. Insonning umri davomidagi organizmining taraqqiyoti bir nechta bosqichlarni o‘tadi. Odam hayotini yoshga qarab bosqichlarga ajratish, olimlar tomonidan turli klassifikasion sxemalarda namoyon etilgan.
XIX-XX asrlar chegarasida N.P.Gundobin(1906)ning «Har xil yoshdagi bolalarni xususiyatlari» degan asarida ontogenezning davrlarga ajratish uchun jadval tuzishga birinchi marotaba urinishlar qilingan. Ontogenez deb, har bir organizmning otalangan tuxum davridan boshlab toki organizmni o‘lish davrigacha bo‘lgan sikliga aytiladi. 1960 yillarga kelib V.A.Nagorniy va uning shogirdlari ontogenez taraqqiyotini uchta davrga ajratishni tavsiya qildilar va hozirgi kunda shu sxemadan foydalanilmoqda: O‘sish davri - bu davrda organizmning butun morfologik, fiziologik va bioximik tizimlari shakllanadi. Yetuklik davri – butun organizmning mavjud biologik xususiyatlari to‘liq yetiladi, rivojlanadi va ma’lum vaqt mobaynida o‘zgarmaydi. Keksayish davri - tana hajmlari kichiklashadi, ma’lum fiziologik funksiyalari susayadi. Morfologiya, fiziologiya va bioximiya muammolari bo‘yicha o‘tkazilgan bir nechta ilmiy konferensiyalarda inson shaxsini tug‘ilishgacha (embrional) va tug‘ilishdan keyingi rivojlanishning davrlarini umumlashtirib ishlangan jadval hozirgi kungacha o‘zining ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Unga ko‘ra inson ontogonezi o‘z jadvalining mazmunida quyidagilarni mujassalashtirgan: Insonning ontogonezi (chizmasi darslikning I tomi, 44 sahifasida 3-rasmda berilgan)1 chaqaloqlik davri-1-10 kun; ko‘krak emish(emiziklik) davri-10 kundan 1 yilgacha; erta bolalik davri-1 yoshdan 3 yoshgacha; birinchi bolalik davri-4 yoshdan 7 yoshgacha; ikkinchi bolalik davri-8-12 yoshgacha (o‘g‘il bolalarda), 8-11 yoshgacha (qizlarda); o‘smirlik davri-13-16 yoshgacha (o‘g‘il bolalarda), 12-15 yoshgacha (qizlarda); balog‘atga yetilish yetilish davri-17-21 yosh (o‘g‘il bolalarda), 16-20 yosh (qizlarda); yetilgan davr (1 bosqich)-22-35 (erkaklarda), 21-35 (ayollarda); (2 bosqich)-36-60 (erkaklarda), 36-55 (ayollarda); keksalik davri-61-74 yosh (erkaklarda), 56-74 yosh (ayollarda); qarilik davri-75-90 yosh (erkaklar va ayollar); uzoq yashovchilar-90 yosh va undan yuqori. Maktab yoshi davrida organizmning jismoniy yetukligi darajasi aytarli darajada past bo‘ladi. Bu davrda fiziologik potensialning shakllanishi o‘zining “cho‘qqisi” tomon rivojlanadi. Organizmni reaktivligi maksimal darajaga yetmagan, arterial bosimning optimal darajasi shakllanmagan, qonning tarkibida kislorodga boylik me’yoriga yetmagan bo‘ladi. Bu vaqtga kelib turli xildagi mushaklari guruhining rivojlanishi ilk yoshlik va yoshlik davri uchun lozim bo‘lgan darajaga yetmagan bo‘ladi. Asta sekin tananing massasi ortadi, kuchi, harakat tezligi va boshqa ko‘rsatkichlarida rivojlanishga tomon keskin o‘zgarish ko‘zga tashlanadi. Harakat - tayanch apparatining xizmati esa turli xildagi parametrlari bo‘yicha takomillashib ulguradi. Tezlik ko‘rsatkichlari va muskul qisqarishi kuchining shakllanishi bir maromda kechmaydi. Agarda, turli xildagi muskullarning nisbiy kuchi 17 yoshga yetganda shakllanib ulgursa, muskul qisqarish tezligi undan oldinroq shakllanib o‘lguradi. Yoshning o‘quvchilik davrida organizmning diapazoni nisbatan yuqori darajada, ish qobiliyati ortib, funksional faollikning ko‘tarinkiligi darajasi saqlanib qoladi. O‘quvchilik davri uning organizmini va umrining psixo-fiziologik hamda harakat imkoniyatlarini rivojlanishida yoshlik davriga o‘tishning chegara etapi deb qaraladi. Yoshlar bu davrda zo‘r berib o‘qishi, mehnat qilishi, kasb-hunar egallashi va ilm fan bilan shug‘ullanishlari uchun zaruriy imkoniyatlari davri deb qarash qabul qilingan. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fani o‘quvchilarning jismi madaniyatini mazmunini ifodalashda” jismoniy tarbiya”, “jismoniy tayyorgarlik”, “jismoniy rivojlanganlik”, “jismoniy rivojlanish”, “jismoniy tayyorgarlanganlik”, “shug‘ullanganlik”dek boshqa qator atama va tushunchalarga tayanadi. Bashariyatning umumiy madaniyatini bir qismi hisoblangan jismoniy madaniyat tarkibidagi “jismoniy rivojlanganlik” tushunchasi o‘z mazmunida–shaxsni, individ organizmini asta – sekinlik bilan tabiiy shakllanishi, tanasining tashqi ko‘rinishi, shaklini o‘zgarishi, vjudining a’zolarini xizmati, ularni yoshiga qarab mutanosib o‘zgarib borishini o‘z ichiga oladigan ko‘p yillik pedagogik jarayonni mujas samlashtiradi. Download 47.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling