1- mavzu: Kirish. Fanning maqsadi va vazifalari. Reja O’lkashunoslik kursining maqsadi va vazifalari
Download 387.24 Kb. Pdf ko'rish
|
1-Mavzu (1)
1- Mavzu: Kirish. Fanning maqsadi va vazifalari. Reja 1. O’lkashunoslik kursining maqsadi va vazifalari. 2. O’lkashunoslik fanining tadkikot ob`ekti. 3. O’lkashunoslik fanining tadkikot usdublari. Кириш «O`zbekistonning o`z itiqlol atarakqiyot yo`li» asarida «xalqning ma`naviy dunyosining mustahkamlash va rivojlantirish O`zbekistonda davlat va jamiyatning eng ahamiyatli vazifasi. Ma`naviyat o`z xalqining tarixini, uning madaniyatini va vazifalarini chuqur bilishi va tushunib yetishi orqaligina qudratli kuchga aylanadi. Tarixga nazar tashlaganimizda - bu xalqning xotirasi ekanligini nazarda tutishimiz kerak. Xotirasiz har tomonlama rivojlangan odam bo`lmaganidek o`z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo`lmaydi, - degan edi. Mustaqillik sharofati bilan bugungi kunda tug`ilgan o`lka, avul, shahar, ko`cha, mahalla va maktabning tarixiga qiziqish ko`chayib bormoqda. gungi o`z - zini anglab, mustaqilligimiz kun sayin mustahkamlanib boraetgan sharoitda ona-yurtning har bir farzandi uchun Vatan tarixini sevish, o`rganish, diliga joetishdan ham muqaddasroq burch bo`lmasa kerak. O`lkashunoslik fanining asosiy vazifasi ham shu muloqazadan kelib chiqadi. Bu Fan hozirgi kunda o`z mustaqilligini qo`lga kiritgan O`zbekiston xalqlarining qadimiy tarixini, uning jahon tarixiy taraqqietiga qushgan katta hissasini, o`z bag`rinidan Mahammad Muso Xorazmiy va Ali Kuchshi singari mashhur matematiklar. Ahmad Farg`oniy, Al` Beruniy va Ulug`bekdek falakiet bilimdonlari. Ibn Sino kabilar. Narshaxiy va Abulg`oziy singari tarixchilar, al-Farobiy kabi faylasuflar, Zamaxshariy kabi lingivistlarni etishtirib, jahon taraqqiytiga qo`shgan hisssini daliliy ashelar vositasi bilan isbotlab beradi. Xalqimizning tarixiy, madaniy va me`morchilik edgorliklari jahon madaniy merosining tarkibiy qismi bo`lib, jahon taraqqietiga qo`shilgan g`oyat katta ulushidir.Shunday muhim, nodir, qimmatli ahamiyatga moliy bo`lgan moddiy va ma`naviy edgorliklarni har tomonlama ilmiy va amaliy jihatdan o`rganadigan va tahlil qiladigan Fan - «O`lkashunoslik» hisoblanadi. O`lkashunoslik deganda ilmiy o`lkashunoslik, jamoat o`lkashunoslgi va maktab o`lkashunosligi tushiniladi. Ilmiy o`lkashunoslik o`lka tarixi va madaniyat yodgorliklrini ilmiy asosda har tomonlama tekshirish, saqlash va o`rganish bilan bog`liq holda olib boriladi.Tarixiy o`lkshunolik asosan qo`yidagi masalalarni o`z ichiga oladi:Tarixiy edgorliklar. Bunga insoniyat hayotidagi eng muhim tarixiy voqealar, jamiyatning rivojlanish bosqichlari, atoqli sarkardalar, yirik davlat fan va madaniyat arboblarining nomlari bilan bog`liq voqea joylari, o`tmishdan qolgan qulezma asarlari va shu kabilar kiradi.Arxeologiya edgorliklari. Bunga kuhna shaharlar qurg`onlar, qal`alar, qadimiy manzilgohlar, istehqomlar korxonalar kanallar, shuningdek yo`llarning qoldiqlari qadimiy dafn joylari, tosh haykallar, qoyalardagi tasvirlar va boshqalar kiradi. Shahar qurilshi va me`morchilik edgorliklari. Bularga me`morchilik ansambl`lari va komplekslari, tarixiy markazlar, kvartallar, maydonlar, ko`chalar, shaharlar va boshqa aholi ashaydigan joylarning qoldiqlari fuqaro, san`at, harbiy, diniy, xalq me`morchiligi inshoatlari kiradi. San`at edgorliklari bunga monumental, tasviriy, amaliy- dekorativ va boshqa turdagi san`at asarlari kiradi.edgorlik hujjatlari. Bunga markaziy va mahalliy davlat hokimiyati organlari va davlat boshqaruv organlaridan qolgan turli hujjatlar, boshqa ezma va chizma hujjatlar kinofoto hujjatlari va tovush ezuvlari, shuningdek, qadimiy qulyozmalar hamda arxiv materiallari, fol`klor va musiqa ezuvlari, nodir bosma nashrlar kiradi. 3 Etnografiya va toponimik materiallar. Bunga xalq urf-odatlari, moddiy va ma`naviy madaniyat, xalqlarning ertak, fol`klor, mifologiyasi hamda joy nomlarining ilmiy jihatdan kelib chiqishini o`rganish kiradi. Bular bilan bir qatorda tarixiy, ilmiy, badiiy qimmatga eki boshqa xil madaniy qimmatga ega bo`lgan ob`ektlar hamda muzeyda saqlanadigan eksponatlar va o`lardan o`quv, ta`lim tarbiya ishlarida foydalanish uslublari o`z aksini topadi. Yuqoridagi manbalarni o`rganish va umumlashtirish ilmiy o`lkashunoslik tadqiqotlari, jamoat o`lkashunosligi va havaskorlari uchun ham, u eki bu voqealarga tavsif berish, turli tarixiy tushunchalarga aniqlik kiritish uchun ham ko`p ma`lumot bo`lib xizmat qiladi. Tarixiy o`lkashunoslik fani ma`lum ikki maqsadni: birinchidan, o`z o`lkasining va hozirgi haeti tarixini har tomonlama ilmiy asosda o`rganish yo`li bilan to`plangan arxeologik, etnografik, toponimik, nodir qo`lezmlar, arxiv hujjatlarini saralash, tartibga solish va tahlil qilishga, ikkinchidan, to`plangan o`lka materiallaridan o`quv tarbiyaviy ishlarda o`rinli va samarali foydalanib, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashni ko`zda tutadi. Download 387.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling