1- mavzu Sifat menejmenti kursiga kirish Reja


- Mavzu. 2.Afzal sonlar qatori va parametric hatolar


Download 0.87 Mb.
bet4/80
Sana25.01.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1121567
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80
Bog'liq
menejment 1-10

2- Mavzu. 2.Afzal sonlar qatori va parametric hatolar.
Reja:

1.Standartlashtirish obektlarning parametrik qatorlarini tanlash va asoslash.


2. Avzal sonlar tizim.
3. Giometrik progressiyaning xusussuyatlari.
4. Standartlashtirishning asosiy masalalaridan biri ashyo turlarini optimal qisqartish.


Tayanch so’zlar: mahsulot sifatini oshirish, sanoat korxonalarida mahsulot sifatin, ICHTTYAT (ishlab chiqarish texnologiyasini tayyorlashning yagona tizimi), ishlab chiqarishga umumtexnik standartlar YAKXT (yagona konstruktorlik xujjatlari tizimi), mahsulot sifatini boshqarishning kompleks tizimi (MSBKT).


1.Standartlashtirish obektlarning parametrik qatorlarini tanlash va asoslash
Har qanday mahsulot turi aniq sonlar bilan ifodalangan parametrlar bilan xarakterlanadi, masalan, avtomobilning yuk ko‘tarish og‘irligi 8t, elektrodvigatel quvvati 100 kvt, val diametri 50 mm. Parametrlar qiymati hisoblash yo‘li bilan aniqlanib, konstruktiv mulohazalar orqali belgilanadi. Bunda parametrlarning son qiymatlari turlicha bo‘lishi mumkin.
Qo‘llaniladigan sonli tavsiyalarni cheklamasdan turib parametrlarni birxillashtirish va standartlashtirish mumkin emas. Bundan tashqari, standartlashtirish tajribasi shuni ko‘rsatdiki, standartlashtiriladigan ob’yektni tavsiflovchi parametr sonlari ketma-ketligi tasodifiy bo‘lmasdan, balki matematik qonunlardan kelib chiqqan qatorlar bo‘lishi lozim. Bu quvvatni, unumdorlikni, yuk ko‘tarishni, mustahkamlikni tavsiflovchi parametrlarni, shuningdek, geometrik o‘lchamlarni o‘zaro borlanishini ta’minlashi mumkin. Bu masala parametrlarning son qiymatlarini tanlashda afzal sonlar qatorini belgilash bilan yechiladi.
2. Avzal sonlar tizim.
Hozirgi zamon standartlashtirishning nazariy bazasi afzal sonlar tizimi hisoblanadi.
Ushbu tizimning mazmuni shundan iboratki, har qanday parametrlarni tanlash (unumdorlik, tezlik, aylanishlar chastotasi, quvvat, bosim, o‘lchamlar) ilmiy asoslangan sonlar qatoriga asoslansa, u holda mahsulot o‘zi bilan borlangan mahsulot turlari bilan moslashtirilgan hisoblanadi: elektrodvigatel - texnologik dastgohlar, yuk ko‘taruvchi moslamalar bilan; saqlagich klapanlar - bug‘ qozonlari, moy bosimlari bilan va hokazolar.
Afzal sonlar va ularning qatori ishlab chiqarish jarayonlarini, dastgohlarni, moslamalarni, asboblarni, materiallarni, yarim fabrikatlarni, transport vositalarini va boshqalarning tartiblashtirilgan kattaliklarini tanlashda va parametrlarini gradasiyalashda (darajalashda) asos bo‘lib xizmat qiladi.
Shunga muvofiq, afzal sonlar qatorini belgilash quyidagi talablarga muvofiq bo‘lishi:
1) ishlab chiqarish va foydalanish talablariga javob beradigan maqbul darajalash tizimini tasavvur etishi;
2) sonlarni kichiklashtirish va kattalashtirish yo‘nalishda cheksiz bo‘lishida;
3) xar bir son qatoridagi ketma-ketlikni oddiy va unli kasr ko‘rinishida kiritish;
4) sodda va yengil eslab qolinadigan bo‘lishi lozim.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling