1- mavzu Sifat menejmenti kursiga kirish Reja
Standartlashtirishning asosiy masalalaridan biri ashyo turlarini optimal qisqartish
Download 0.87 Mb.
|
menejment 1-10
4. Standartlashtirishning asosiy masalalaridan biri ashyo turlarini optimal qisqartish.
Standartlashtirishning asosiy masalalaridan biri ashyo turlarini optimal qisqartirishdan iboratdir. Buning uchun standart ishlab chiqish bilan borliq bo‘lgan quyidagi savollarni to‘g‘ri yechish lozim: 1) ushbu ashyoga muvofiq bo‘lgan eng muhim parametrni tanlash; 2) standartlashtiriladigan parametrni o‘zgarish oralig‘ini aniqlash; 3) qabul qilingan oraliqda parametrik qatorning gradasiyasini tanlash; 4) eng muhim parametr va boshqalar orasidagi bog‘lanishni belgilash; 5) texnik-iqtisodiy jihatdan asoslash. 1. Eng muhim parametrni tanlash. Masalan, elektrdvigatel uchun eng muhim parametr quvvat (belgilangan chastotada), reduktor uchun uzatiladigan quvvat yoki aylantiruvchi moment, traktor uchun tortish kuchi, vallar, po‘lat prokatli trubalar uchun ko‘ndalang kesimi va boshqalar. 2. Ko‘p standartlashtiriladigan mashinalar va boshqa mahsulotlarda asosiy yoki eng muhim parametrlar: unumdorlik, quvvat, tezlik, har xil yuklanishlarga qarshilik, geometrik o‘lchamlar, og‘irlik, ikkita yoki bir necha xarakterli parametrlar hamda mahsulotni to‘liq xarakterlovchi va uzoq muddat o‘zgarmaydigan parametrlar bo‘lishi mumkin. Eng muhim standartlashtirilgan parametrning o‘zgarish oralig‘i yoki parametrik qator oralig‘i ushbu parametrning eng katta va eng kichik qiymatlari bilan cheklanadi. Masalan, asinxron elektrdvigatellar A2 va Ao2 uchun quvvatning o‘zgarish oralig‘i 0,4—125 kvt gacha. Eng chekka qiymatlar ehtiyojga qarab aniqlanadi. 3. Darajalash yoki parametrik qatorni tuzish deganda qo‘shni qator hadlari orasidagi intervalning o‘zgarish qonuni tushuniladi. Parametrik qatorni tuzish prinsipining asosiy omillaridan biri, standartning texnik-iqtisodiy samaradorligini aniqlashdir. Yondosh parametrlar qiymatlari orasidagi intervalning kichik bo‘lishi mahsulotni hisoblash qiymatlarini qabul qilishni yengillashtiradi. Lekin bir xil turdagi va o‘lchamdagi mahsulotlarning seriyasi kamayadi, natijada, ishlab chiqarishning texnologik tayyorlash jarayoni murakkablashadi, tayyorlash tannarxi oshadi. Intervalni kattalashtirish seriyani kattalashtiradi, lekin bunda parametrlari kattalashgan ashyolardan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Bu o‘z navbatida komplekt buyumlarning foydalanish harajatlarini va oxirgi mahsulotning massasini, gabaritini oshirib yuboradi. Shuning uchun, gradasiya qatorini belgilashda, material sarfi, tayyorlash va foydalanish tannarxi orasidagi optimal munosabatni ta’minlovchi muqobil qator buyumning eng foydali namuna o‘lcham sonlari bo‘lishi lozim. 4. Eng muhim parametr va boshqalar orasidagi bog‘lanishni masalan, massani tayyorlash tannarxini foydalanish tannarxi bilan bog‘lash. Ko‘pchilik holatlarda mashina va uzellarning parametrik va o‘lcham qatorlari o‘sha mashina va dastgohlarning xususiyatlariga bevosita bog‘liq bo‘ladi va unga tarkibiy element sifatida kiradi. Demak, ular yetarli ketma-ketlikda va aniqlikda eng muhim parametrga muvofiq; bo‘lishlari lozim (tezlikka, haroratga, bosimga va b). Parametrlar qatorini va u bilan bog‘langan o‘lchamlarni tanlashda quyidagi qoidalarga amal qilish maqsadga muvofiqdir. R5 bo‘yicha mashina parametrlari qatoriga Ra10 bo‘yicha detal o‘lchamlari qatori mos keladi; Ra10 bo‘yicha mashina parametrlari qatoriga Ra20 bo‘yicha detal o‘lchamlari qatori mos keladi; Ra20 bo‘yicha mashina parametrlari qatoriga Ra40 bo‘yicha detal o‘lchamlari qatori mos keladi. Metallurgiya va kimyo sanoati dastgohdarini, shuningdek, avtomobil dastgohdari, mexanizmlari uzellariga va detallariga tegishli amaldagi 70 ta davlat standartlarining tahlili shuni ko‘rsatdiki, eng muhim parametrlar qatori ko‘pchilik holatlarda R20 qatori yoki uning ko‘paytmasidan, o‘lchamlar qatori esa Ra20 qatorida yoki uning ko‘paytmasidan tuzilgan. 5. O‘lcham qatorini eng muhim parametrini texnik-iqtisodiy jihatdan asoslash va bir xildagi buyumlarni optimal namuna o‘lcham sonini belgilash. Masalan, dasturga muvofik, ayrim buyumning tannarxi S quyidagi formuladan topiladi bu yerda V- ishlab chiqarilayotgan mahsulotga proporsional bo‘lgan o‘zgaruvchan xarajatlar, material tannarxi, ishlab chiqarish ishchilarining maoshi, dastgohdan, asboblardan foydalanish xarajatlari; P - shartli-o‘zgarmas xarajatlar, umumiy hajmi vaqt birligida mahsulotni ishlab chiqarish xajmiga kam borliq, bo‘lgan, binodan va qurilmalardan foydalanish xarajatlari va boshqalar. V - buyumni ishlab chiqarish dasturi. Bir xildagi buyum o‘lchamlarining optimal qatorini tanlashda bir qatordagi qo‘shni o‘lcham turlarining tannarxini boshka qatordagi ularning tannarxlari bilan taqqoslanadi va ishlab chiqarishga arzon variant qabul qilinadi. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling