1- mavzu Sifat menejmenti kursiga kirish Reja
Download 0.87 Mb.
|
menejment 1-10
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Giometrik progressiyaning xusussuyatlari.
Parametr- biror buyumni yoki xodisani (jarayonni) butunicha yoki uning alohida xususiyatlarini tavsiflovchi mustaqil yoki o‘zaro bog‘langan kattalik.
Parametrik qator- qabul qilingan darajalash tizimi asosida ma’lum oraliqda tuzilgan parametrlar son qiymatining to‘plami. Darajalash- qo‘shni qator hadlari orasidagi oraliqni o‘zgarish qonuniyatini ifodalaydi. Parametrlarni o‘zgarish oralig‘i parametrlarning eng kichik va eng katta qiymatlari bilan cheklanadi. Standartlashtirish tajribasi shuni ko‘rsatdiki, geometrik qatorlar eng qulay va qo‘yilgan talablarga to‘liq javob beradi, chunki bunda qatorning har qanday yondosh sonlari orasida bir hil nisbiy ayirma hosil bo‘ladi. Bu xususiyatni shunday tushuntirish mumkin, geometrik progressiyani yondosh sonlari (hadlari)ni o‘zaro munosabati har doim o‘zgarmas va progressiya mahraji (Y)ga teng. 1-2-4-8-16-32-64... 1-10-100-1000-10000 bu misollarda progressiya mahrajlari 2 va 10 ga teng. Bunday progressiyani har qaysi istagan ikkita hadining ko‘paytmasi yoki bo‘linmasi shu progressiyaning hadi hisoblanadi 2x48; 8x4=32; 16:2=8; 8:2=4; 32:4=8 Bunday progressiyaning har qanday hadining musbat yoki manfiy butun darajasi shu progressiyaning hadi hisoblanadi. 3. Giometrik progressiyaning xusussuyatlari. Geometrik progressiyaning xususiyatlaridan yana biri: qator hadlaridan yoki ularning butun darajalari ko‘paytmasidan aniqlanadigan bog‘lanishlari har doim qator qonuniyatlariga bo‘ysunadi. Agarda qator chiziqli o‘lchamlarni aniqlasa, shu chiziqli kattaliklardan hosil bo‘lgan yuzalar va hajmlar ularning qonuniyatiga bo‘ysunadi. Afzal sonlar qatorining yaratilish tarixi Sharl Renar nomi bilan bog‘lanadi. 1877—79 yillarda fransuz ofiseri havo uchirish apparatlarini konstruksiyalash asoslarini o‘rganib, arqonlarning tasnifiy ro‘yxatini ishlab chiqdi. +atorning har bir beshinchi hadini o‘nkarra oshishini ta’minlovchi progressiya maxrajini qabul qildi, bunda au5^100, u xolda sonli qator quyidagicha xosil bo‘ladi: ularni hisoblaganda qo‘yidagi sonlar hosil bo‘ladi: a; 1,54849a; 2,3119a; 3,9811a; 6,3096a; 10 a. Bu qiymatlar yaxlitlandi va «a» uchun 10 ning musbat, nul yoki manfiy darajasi qabul qilindi: 1,1; 1,6; 2,5; 4,0; 6,3; 10 va hokazolar. R5 bilan belgilangan, bu qatordan keyinchalik R10, R20, R40 qatorlari hosil qilinib, ular quyidagi progressiya mahrajiga ega: GOST 8032-84 ga muvofiq to‘rtta afzal sonlar qatori (R5, R10, R20, R40) belgilandi va alohida vaziyatlarda qo‘llash uchun qo‘shimcha R80 qabul qilindi R5 qator uchun birinchi had 1,5849 mahraj 1,6 R10 -"- 1,2589 -"- 1,25 R20 -"- 1,1220 -"- 1,12 R40 -"- 1,0593 -"- 1,06 R80 -"- 1,0292 -"- 1,03 Hamma qatorlar geometrik progressiya yaxlitlangan qiymatlari hadining o‘nlik qatorini tashkil etadi, yaxlitlangan va hisoblangan sonlar orasidagi nisbiy ayirma 1,26% dan-1,01% gacha boradi. Ma’lumki, detallarning mustahkamligi va elastiklik tavsiflari ko‘ndalang kesim yuzasiga, qarshilik momentiga va moment inersiyasiga proporsional, ular o‘z navbatida chiziqli o‘lchamlarning darajali funksiyalari bo‘lib hisoblanadi. Geometrik progressiyaning xususiyatlariga asoslanib chiziqli o‘lchamlar qatorini mustahkamlik va elastiklik tavsiflari bilan yagona qonuniyat bo‘yicha borlash mumkin. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling