1- mavzu Sifat menejmenti kursiga kirish Reja


Download 17.9 Kb.
bet1/3
Sana20.12.2022
Hajmi17.9 Kb.
#1040408
  1   2   3

1- Mavzu Sifat menejmenti kursiga kirish
Reja:
1.Dunyoni rivojlangan davlatlarida sifat bilan ta’minlash
2.Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma, malakasiga qo‘yiladigan talablar
3.O‘zbekiston Respublikasi davlat standartlashtirish tizimi to‘g‘rida.


Tayanch so’zlar:bozor munosabatlari, marketing tamoyillari, bozor iqtisodiyoti sharoiti, raqobat muxiti, xalqaro standarlar, mahsulotni sertifikatlash, xalqaro standart sifat tizimlarini me’yoriy xujjatlari, ISO tizimini asosiy konsepsiyalari.


1.Dunyoni rivojlangan davlatlarida sifat bilan ta’minlash
Dunyoni rivojlangan davlatlarida sifat bilan ta’minlash, iste’molchini talabini sifatli mahsulotlar va xizmatlar bilan qoniqtirish, ishlab chiqarishni zamonaviy usullar bilan bilan boshqarish masalalariga chuqur e’tibor berilmoqda.
Mamlakatimiz iqtisodiyotining bozor munosabatlariga o‘tishi jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi sharoitida qo‘llaniladigan ishlab chiqarish, xo‘jalik va tijorat usullariga jiddiy o‘zgartirishlar kiritish va iqtisodiyotni tubdan modernizasiya qilish talab etilmoqda. Ular orasida marketing tamoyillari va usullari alohida o‘rinni egallamoqda. Bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobat muxitini mavjudligi sifat va uni boshqarish muammolariga katta axamiyat berishga majbur qiladi. Mamlakatimizni kuchli rivojlangan davlatlar qatoriga kirishda raqobat, kurash-sifatni oshirish dasturlarini ishlab chiqarishga sabab bo‘ladi. Mahsulot va xizmatlar sifatini baholash uchun ob’yektiv ko‘rsatkichlarni ishlab chiqish zaruriyati tug‘iladi. Sifat va ishlab chiqarish samaradorligi o‘rtasida to‘g‘ri bog‘lanish mavjud. Sifatni oshirish-harajatlarni kamaytirib, bozor ulushi hamda ishlab chiqarish samaradorligiga erishishga ko‘maklashadi. Yuqoridagilar bo‘lajak menejerlardan sifatni boshqarish tizimi asoslari sohasiga oid chuqur ilmiy va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishini talab etadi.
"Transport va yo‘l qurilish mashinalarida sifat menejmenti" fanidan tayyorlangan ushbu ma’ruzalar matni bakalavriat yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalar ongida sifatni boshkarishga doir bilimlar majmuini shakllantirishga, ularga sifat tizimi, sertifikatlashtirish, standartlashtirish, xalqaro standartlarga asoslangan sifat tizimini loyihalashtirish, xalqaro standart sifat tizimlarini me’yoriy xujjatlari va boshqalarni o‘rgatishga mo‘ljallangan.
Bugungi kunda, iqtisodiyoti rivojlangan davlatlardagi mashhur brendga ega korporasiyalar sifat menejmentiga asoslangan boshqaruv tizimiga o‘tishi va tezkorlik bilan xalqaro bozorning ular tomonidan intervensiyasi sifat menejmentini korxona muvaffaqiyatidagi o‘rnini yaqqol ko‘rsatdi. Masalan Koka-kola kompaniyasi salqin ichimliklarining sifati va brendini iste’molchilar e’tiborini qozonganligi natijasida, xattoki Yevropa mamlakatlarida ushbu ichimlik kofe mahsulotlari bilan ham raqobatga kirishib ketgan.
Shu bilan birga, xalqaro standarlarning hayotgan tadbiqini ortib borishi va korxonaning sifat tizimi va boshqaruviga qo‘yiladigan talabalarning ham jiddiylashib, o‘zgarib borishi sifat boshqaruvini korxona tashkil etmasdan, muvaffaqiyatga erishib bo‘lmasligini ko‘rsatdi. Chunki, zamonaviy iste’molchi mahsulotning nafaqat iste’mol xususiyatiga balki, brendiga, o‘ramiga, latent xususiyatlariga, estetikasiga va ayniqsa ekologik tozaligiga ham e’tiborini 5 qaratmoqda. Bu vaziyat korxonalardan bozorda yashab qolish uchun boshqaruv tizimini zamonaviylashtirish va mahsulot sifatini iste’molchi talabiga moslashtirish zaruratini tug‘diradi. Tobora raqobat kurashi ortib borayotgan bozorda raqobat kurashi narxdan ko‘ra sifat tomonga burilib borayotgan bu davrda, uni korxonarda faollashtirish va bu borada samarali qaror ishlab chiqishga qodir bo‘lgan kadrlarni tayyorlash fanning dolzarbligini ko‘rsatadi.
“ Transport va yo‘l qurilish mashinalarida sifat menejmenti ” fanidan tuzilgan ishchi o‘quv dasturidagi mavzularning ketma-ketligi bo‘yicha tayyorlangan ushbu ma’ruzalar matnining maqsadi – talabalarning fan bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish hamda uni o‘rganishda talabalarga ko‘maklashish bo‘lib hisoblanadi.



Download 17.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling