1- mavzu: Ta’lim sohasidagi amalga oshirilayotgan davlat siyosatining asosiy tamoyillari. Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi” fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari


Umumilmiy metodlarga nazariy izlanish, kuzatish, suhbat va eksperimentlar kiradi


Download 74.2 Kb.
bet4/9
Sana07.03.2023
Hajmi74.2 Kb.
#1245386
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-mavzu Ta’lim sohasidagi amalga oshirilayotgan davlat siyosatining asosiy tamoyillari. Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi” fanining predmeti, maqsad va vazi

Umumilmiy metodlarga nazariy izlanish, kuzatish, suhbat va eksperimentlar kiradi.
Nazariy metod - adabiyotlardan o‘rganish va tahlil qilish, hamda pedagogik tajribalar asosida olib boriladigan izlanishlar kiradi. Adabiyotlar ustida ishlashda kitob va jurnallar, maqolalar va patentlar, ilmiy ishlanmalar, to‘plamlar va kataloglar, internet tizimidan olingan ma’lumotlardan foydalaniladi.
Kuzatish - odatda tabiiy kuzatish orqali talabalarning fanlarni o‘zlashtirishlari, ularning xulq-atvori va muomalalaridagi o‘zgarishlarni hisobga olish va tegishli ta’limiy -tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish yo‘llarini belgilash uchun qo‘llaniladi.
Qayd qilish usuliga qarab kuzatishlar quyidagi turlarga bo‘linadi. Bevosita va bilvosita qayd qilish usuli tadqiqotchiga real pedagogik jarayon kuzatuvchilarning hatti -harakatlari va hokazolarni yozib qo‘yish imkonini beradi. Bevosita qayd qilish usuli biror -bir hodisaning oqibatlari haqidagi daliliy materialni boshqa shaxslar orqali yoki qandaydir asbobni qo‘llash vositasida olishga imkon beradi. Ilmiy-texnika taraqqiyoti asrida kuzatishning vizual usullari xilma-xil texnika vositalari (kinofilm, videotasvir, teleko‘rsatuv, kompyuterlar)ni qo‘llash bilan tobora ko‘p qo‘llanilmoqda.
Suhbat metodi - so‘rashning bir turi bo‘lgani holda tadqiqotchining jiddiy tayyorgarlik ko‘rishini talab etadi, chunki u shaxs bilan bevosita aloqada bo‘lish vaqtida og‘zaki suhbat tarzida, suhbatdoshining javoblarini yozmasdan erkin muomala shaklida qo‘llaniladi. Suhbat metodi - o‘qituvchilar va talabalar jamoasi bilan ota-onalar va keng jamoatchilik bilan, yakka va guruhli tartibda ish olib borilganda qo‘llaniladi. Bundan tashqari, intervyu olish metodi ham mavjud bo‘lib, savollarni oldindan belgilangan izchillikda intervyu yo‘li bilan bayon qilishni nazarda tutadi. Bunda javoblar magnit tasmasiga yoki kassetalarga yozib olinadi. Hozirgi kunda ommaviy so‘rash nazariyasi va a maliyotidaintervyu tashkil etishning ko‘p usullari mavjud:
- guruhlar bilan;
- intensiv;
- sinov va h.k.

Download 74.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling