1 – мавзу: Топонимика фанига кириш, мақсад ва вазифалар, унинг тарихи ҳамда уларнинг пайдо бўлиши. (6 соат) Режа


Download 146.08 Kb.
bet3/19
Sana06.11.2023
Hajmi146.08 Kb.
#1752439
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
ma\'ruza

Toshkent esa dastlab Choch, keyinchalik Shosh, X asrdan e’tiboran Toshkent shaklida qayd qilingan.
Qayd qilingandek, toponimlar turli davrlarning va turli tillarning mahsulidir. Xalqning tili bilan tarixi chambarchas bog‘liq.
Nom qo'yish jarayoni o‘z qonuniyatlariga ega bo‘lib, birinchi navbatda tarixiy voqealar taqozosi bilan dunyoga keladi. Gadoytop- mas, Qulqishloq, Namozgoh, Oqmachit, Maddohlar, Xonobod, Taxti Sulaymon, Eski Vaqf, Mirshabxona, Boylar, Bevatan, Moxovqishloq, Eshonlar, Xaros (aynan «Eshak tegirmon») jamiyat turli tabaqalarga bo'lingan tarixiy davr mahsulidir.
0‘ZBEKIST0N TOPONIMIYASI
Geografik nomlar muayyan hududda ajralgan holda emas, balki o‘sha hudud bilan, u yerdagi tabiiy-tarixiy hamda ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar bilan bog‘liq holda o'rganiladi. Ayni vaqtda tevarak-atrofdagi hudud, o£lkalaming tabiati, tarixi hamda toponimiyasi ham hisobga olinishi kerak. Chunki geografik nomlar uzoq davrlar mahsuli bo‘lgani bois vaqt o'tishi bilan ozmi-ko‘pmi shaklan va mazmunan o‘zgarishi, xalqlaming ko'chib yurishi natijasida esa bir joydan ikkinchi bir joyga o‘tib qolishi mumkin.
Toponimlar til lug‘at fondining bir qismi, biroq ular lug‘at tarkibidagi boshqa so‘zlardan uzoq vaqtgacha o‘zgarmasdan turishi bilan farq qiladi. Iste’moldan butunlay chiqib ketgan yoki kichik bir hududda uchraydigan, so‘zlar ko‘pincha geografik nomlar shaklida saqlanib qolgan bo‘ladi. Bir vaqtlar keng iste’molda bo‘lgan bulan (los), do‘lta (sirtlon), buqalamun (xameleon), kish (sobol) kabi hayvon nomlari, baraz (tog‘ tepasidagi kichikroq tekis maydoncha), bo‘ktar (tog‘ etagi), qo‘l (soy), qasaba (shaharcha), qora suv (buloq suvi), chordara (qorovul budkasi), hisor (qo‘rg‘on), to‘rtko‘l (ay- nan-chordevor) «shahar vayronasi» kabi geografik atamalar hozirgi davrda 0‘zbekistonda butunlay ishlatilmaydi yoki kichik-kichik hudud- lardagina saqlanib qolgan. Biroq bu so‘zlardan tuzilgan toponimlarni topsa bo‘ladi. Ana shuning uchun ham joy nomlari tilning turli tarixiy davrlardagi lug‘at tarkibini o‘rganishda qimmatli manba hisoblanadi.
0‘zbekistonning geografik nomlari, ya’ni toponimiyasi 0‘rta Osiyo toponimiyasining bir qismi sanaladi. 0‘rta Osiyodagi geografik nom- larning asosiy qismini hozirgi o‘zbek, turkman, qirg‘iz, qoraqalpoq, qozoq hamda tojik tillari yordamida osongina tushunish mumkin.





  1. Топоним нима.

  2. Ўзбекистон топонимияси.

  3. Топонимларнинг пайдо бўлиши.




TOPONIM NIMA?
Dunyoda hamma narsaning nomi bor. «Tog‘» deganda balandmi- pastmi, kattami-kichikmi umuman tog‘ tushuniladi. Ko‘l ham shun­day umumiy atama, turdosh ot. Bunday so'zlami xohlagan tilga taijima qilish mumkin. Atoqli ot esa qandaydir bir narsani, predmetni, obyektni bildiradi va odatda taijima qilinmasdan hamma tillarda deyarli bir xil yoziladi va talaffuz qilinadi. Masalan, Samarqand
deganda, respub- likamizdagi Zarafshon daryosi sohilida joylashgan go‘zal tarixiy shahar tushuniladi. Buxoro deyish bilan 0‘zbekistonning ko'hna shahri, shu nomli viloyat markazi ko‘z o‘ngimizda namoyon bo‘ladi.
Shunday qilib, toponim (geografik nom) — awalo so‘zdir. Biroq u oddiy so‘z emas, birinchidan, atoqli ot. Ayni paytda ko‘pgina toponimlar, hatto tilshunos olimlar uchun ham tushunarsiz. Xo- razm, Samarqand, Farg‘ona, Namangan kabi nomlaming kelib chiqishi haqida qancha fikrlar bildirilgan bo‘lsa ham, ularning kelib chiqishi, etimologiyasi hamon noma’lum.
Joy nomlari shu qadar ko‘pki, hamma toponimlarning ham ma’nosiga yetib bo'lmaydi. Nom qancha ko‘hna bo‘lsa, uning eti- mologiyasini bilish shuncha qiyin bo‘ladi. Hamma nomlardan ma’no qidirib, mazmuni anglashilmagan nomlarni o‘zgartirib, boshqacha atash minglab yillarning mahsuli bo‘lgan ma’naviy yodgorlik ildiziga bolta urish demakdir.
Biz uchun noaniq bo‘lgan geografik nomlar ma’nosini kelajak svfedte tushunib oladi.
Ma’nosidan qat’iy nazar, barcha nomlar manzil vazifasini ba- Jaradi. Shunday qilib, toponimlarning kishilik jamiyati uchun eng muhim va zaruriy funktsiyasi manzil bo‘lib xizmat qilishdir. Demak, joy nomlari bir obyektni ikkinchi obyektdan farq qilish uchun, bu obyetaing о’limini aniq ko‘rsatish uchun zarur.




Geografik nomlar manzilgina emas, balki ko‘pdan-ko‘p axborot

  • tarixiy, geografik, lingvistik ma’lumot tashiydi. Har qanday geog­rafik nom muayyan mazmunga ega, ma’nosiz nom bo‘lmaydi. Lekin ko‘pgina joy nomlarining ma’nosi yo‘qolgan, aniqrog‘i hozirgi kishi­lar uchun tushunarsiz bo‘lib qolgan.

Toponimlar turli asrlar mevasi bo'lib, uzoq davrlar yashaydi. Qadimiy tillarda qo‘yilgan nom keyingi xalqlar uchun oddiy topo- nimdan boshqa narsa emas, uning qanday ma’noni anglatishi haqida har doim ham o‘ylab o‘tirishmaydi.
Geografik nomlar turli davrlar guvohi. Turli soha olimlari — tilshunoslar, geograflar, tarixchilar, arxeologlar, geologlar, etnogra- flar toponimikaga murojaat qiladilar.
Geografik nomlarga qarab o‘tmishda qanday xalqlar yashaganini, turli millat xalqlarining o'zaro aloqalarini, ularning bir joydan ik- kinchi joyga ko‘chib yurishini bilib olish mumkin.
Turli davrlarda yashagan va turli tillarda gaplashgan xalqlar 0‘rta Osiyo, jumladan o‘zbek halqining etnogenezida muayyan darajada ishtirok etgan va o‘lkaning tarixiy toponimiyasida iz qoldirgan. Buni 0‘rta Osiyoning o‘tmishda ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi bo£lgan aholisining hozir- gacha saqlanib qolgan urug‘-qabila nomlarida ham ko'rish mumkin.
Sarmat, Sirak (Siroq), To‘xar, Alan, Mitan kabi toponimlar o'lkada turli davrlarda yashagan qadimiy xalqlar va qabila nomlarining in’ikosidir. Har’ bir mamlakatda, viloyat, har bir tumanda, sha- harda va hatto qishloqda qanchadan-qancha toponimlar bor.
1966 yilda Jizzax viloyati Zomin tumanidagi Tamtum qishloq atrofidan 300 dan ortiq toponim va mikrotoponim yozib oldik. Bular chek yerlar, dalalar, bog'lar, qo‘nish joylari, tabiiy obyektlar — qoyalar, qirlar, tepaliklar, dalalar, soyliklarning nomlaridir.
Ana shu toponimlarga qarab qishloq tarixini, unda kimlar yasha- gani, yerga bo'lgan xususiy mulkchilik haqida tasawur hosil qilish mumkin.
Maydoni 0‘zbekistonnikidan sal katta bo'lgan Shvetsiyada 12 million toponim qayd qilingan. Respublikamizda ham kamida shuncha toponim bor deyish mumkin. Butun dunyoda esa bir necha milliard toponim bo‘lishi kerak.
Geografik nomlar — xaritaning muhim elementidir. Joy nomlari obyektlarning manzillari bo‘lish bilan birga hududning tabiati, tabiiy boyliklari va boshqa geografik xususiyatlari haqida ma’lumot bera oladi.





Toponimika geologik qidiruv ishlarida ham katta yordam beradi. Geologiya-minerologiya fanlari doktori R.A.Musin o'zining ko‘p yillik ilmiy faoliyatida qadim zamonlarda ishga solingan konlarning o‘rinlarini toponimika ancha aniq ko'rsatib bera olishini isbot qiladi. Konsoy, Kontepa, Oltinbel, Oltintog‘, Simob, Kumushkon, Miskon, Ko‘hila’1, Qo‘rg‘osJiinkon
kabi daryo va soylar, tog‘lar va tepaliklar, yo‘llar va dovonlar, maydon va mavzelar bu joylardan yer osti boyliklari qazib olinganidan dalolat beradi.
Masalan, Parkent qishlog‘i yaqinida joylashgan Kumushkondan qadimda ham, yaqin — yaqinlarda ham qo‘rg‘oshin qazib olingan.
Nima uchun Kumushkon Qo‘rg‘oshinkon deb atalgan emas? Buning siri yaqindagina aniqlandi. Ma’lum bo‘lishicha, Kumushkonning qo‘rg‘oshin rudalari boshqa kon rudalaridan o‘zining kumushga boyligi bilan ajralib turarkan.
Ko‘hisim o'rta asrlarda Iloqdagi mashhur konlardan bo'lgan. Ar- xeologlar va geologlar Qurama tog‘larining shimolida, Angren shahri- ning shimoli — g‘arbida joylashgan Lashkarak polimetall rudalari koni o‘sha Ko‘hisim (tojikcha «Kumush tog‘») ning o‘zginasi ekan- ligini aniqladilar. Bu kondan qadimgi davrlarda ko'plab kumush qazib olinganligi ma’lum bo‘ldi.
Geografik nomlar juda qadim zamonlarda, ibtidoiy tuzum davrida paydo bo‘la boshlagan. Joy nomlari ming — ming yillar davomida to‘plana borgan va hozirgi vaqtda Yer sharida behisob toponimlar bor.
Lekin hammasi bo‘lib, dunyoda qancha geografik nom bor ekanini hech kim bilmaydi, buni hisoblab chiqishning iloji ham yo‘q. Har bir qishloqda va Uhing yon-verida bir necha quduq, kichik jar, ayrim qoya, hovuz, uvat bilan chegaralangan chek yer, buloq, tepalik, xirmonjoylar, yolg‘izoyoq yo'llar uchraydiki, ulaming nomlari shu qishloqdagi bir guruh odamdan boshqa hech kimga ma’lum emas.
Bunday kichik obyektlami eng mukammal topografik xaritadan ham topib bo‘lmaydi.
Geografik nomlar dunyoga keladi, yashaydi, ma’lum bir davr davomida ko‘pincha shakli hamda talaffuzi o‘zgaradi va nihoyat nom- nishonsiz yo‘qoladi. Toponimlarning umri turlicha. Ba’zi bir topo­nimlar bir necha yil yoki bir necha o‘n yil yashasa, boshqa bir geografik nomlar asrlar bo‘yi ham tildan tilga o‘taveradi. Samarqand yunort tafixchilari asarida Marakanda, sug‘d yozuvlarida Smarakans,




Xudoyorxon Abdurahmon obtobachiga bir necha yuz tanob yemi chek qilib bergan. Abdurahmon obtobachining yeri Chek Obtobachi
deb atalgan, keyinchalik Obtobachichek bo‘Iib ketgan. Bundan tashqari, Farg'ona vodiysida Alibekchek, Bobochek, Isoavliyochek, Muhammad Aminchek, Nasriddihbekchek kabi yerlar bo‘lgan. Keyinchalik bu yerlarda qishloqlar bunyod etilgan. Xo'sh chek yer olgan bu kishilar kimlar bo'lgan? Bularning hammasi tarixiy shaxslardir. Chunonchi Muhammad Amin va Nasriddinbek Xudoyoming o‘g‘iilari bolgan. Jsoavliyo esa xonning ishonchli kishisi va maslahatchisi hisoblangan.

Download 146.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling