10 –o’quvchi:
Qadoq qo’lli dehqonlar
Terlar to’kib ekishgan
Shu sababdan har boshoq
Oltin bo’lib yetishgan
O’qituvchi:
Uzoq safarga yoki Armiya safida xizmat qilish uchun jo’nayotgan kishilarga, akalarimizga non tishlatib qolinadi. Bu kelib rizqingni o’zing yegin, degan ma’noni bildiradi. Tishlangan non go’yoki umid – tayanchi. Bizning xalqimiz nonni shunday ulug’laydi.
11 – o’quvchi:
Xirmon to’lsa dalaga
Shudir chin g’alaba
Yuzlar yorug’ mehmonga
Ro’zg’or mo’ldir osh nonga
12 – o’quvchi:
Har narsa inson uchun
Vijdon uchun, shon uchun.
Ikki so‘z – nonu inson
Mazmuni bor bir jahon.
13 – o’quvchi:
Inson nonni yaratar
Non insonni yashnatar
Non shu ko’ngilga tegmas
Eng aziz, eng muqaddas.
14 – o’quvchi:
Har uyda xizmati,
Yasha aziz g’allakor
Oppoq nonning hurmati
G’alla yurtning qudrati
O’qituvchi: Dasturxon deganda ko’z oldimizga ne’matdan oldin non, tabarruk non keladi. Dasturxonga qancha narsa qo’yilmasin: turli konfetlar, olma – uzumlar, har xil ovqatlar, somsalar quyilsa, lekin non qo’yilmasa, bunday dasturxon foydali, zarur dasturxon bo’lmaydi.
Magnitafonda:
Donolarda shunday gap bor. Aytishlaricha bir olimdan non ulug’mi, yoki kitob ulug’mi deb so’rabdilar. U kitob ulug’ deb javob beribdi. Kunlar o’tibdi, o’sha odam och qolibdi, madori qolmabdi. So’ngra nima qilishini bilmay kitobiga non almashib yebdi. Bu gap bekorga aytilmagan, chunki non bu hayotdir.
Ashula: Non nashidasi
O’quvchilar non haqida maqollar aytadi.
Keksa –yu yosh shu non deb
Ter to’kishar o’ylasak
Kim nima der biz uni
Xo’rlab otib o’ynasak
Har bir kichik ushoq ham
Non, hech to’kib sochmaylik,
Non shirinlik, non – hayot,
Tugamas baxt va boylik
O’qituvchi:
Katta qiyinchiliklar evaziga yetishtirilgan nonni isrof qilmasdan uni avaylab – ardoqlashimiz kerak ekan. Dasturxonimizning to’kin – sochinligi va hayotimizning farovonligi hammasi mehnatkash dehqonlarimiz tufaylidir. Shu bilan “Non aziz” mavzusidagi tarbiyaviy soatimizni yakunlaymiz
Do'stlaringiz bilan baham: |