1 – o’quvchi: Chin fazilat topdi, Dehqon non bilan, Dilda shodlik, belda darmon Non bilan Siylarkan barcha mehmon Non bilan Ahli inson surdi davron Non bilan O’qituvchi
Download 42.5 Kb.
|
Non aziz
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8 – o’quvchi
- 9 – o’quvchi
- O’qituvchi
7 – o’quvchi:
Non – tinch turmush, mo’llik, To’y – u havas, non bilan, Non haqida so’z borsa Eshitaman jon bilan. O’qituvchi: Kimki non va mehnat nimaligini bilmasa, o’z xalqining farzandi bo’la olmaydi. Peshona teri va charchashni his qilmagan kishi, nonning qadriga yetmaydi. Chunki non – zahmatkash dehqonlar jasorati va minglarcha ishchilarning mahorati tufayli bunyod bo’ladi. Non mahsulotlarini ko’paytirish uchun kurashda faqat dehqonlar emas, balki olimlar ham xalq xo’jaligining turli sohalaridagi son – sanoqsiz mehnatkashlar ishtirok etadilar. Har bir bug’doy doni tegirmonda un bo’lguncha 15 km yo’ldan aylanib chiqishi kerak ekan. Mana shu bitta batonga 10 000 ta bug’doy doni sarflanar ekan. Nonni tayyorlashda unni elash, xamir qorish va bunda tuz, xamirturush, sut, shakar solinib pishiriladi. Mana shu ishlar hammasi mashinalar yordamida bajariladi. Aholiga non yetkazib bersih qanchalik bilim, kuch, quvvat, vaqt talab qiladi. Non! Shu non bizlar dasturxonimizga kelguncha, ushatulguncha qanchadan qancha mehnatkash qo’lidan o’tadi. Shuning uchun ham shunchalar shirin, shunchalar tabarrukdir. 8 – o’quvchi: Mehnat lazzatini surmoqda Vatan. To’kinlik rizqi deb yozamiz dasturxon Ota – bobolarning odatin qilib Hatto, ushog’ini e’zozlaylik har on. O’qituvchi: Mana, bolalr, yaqinda 3 – non zavodiga borib, u yerda nonni pishirilishini o’z ko’zingiz bilan ko’rdingiz. Qani bolalar non qanday tayyorlanar ekan? Kim aytadi? 9 – o’quvchi: Bug’doy uni saralanadi, quritiladi, haydalgan yerga seyalka bug’doyni ekadilar. Dehqonlarimiz tinmay mehnat qiladilar. Bug’doy mana bunday o’sa boshlaydi (undirilgan bug’doy ko’rsatiladi) Keyin gullab boshoq tugadi va mana bunday oltin kabi yetiladi. So’ngra un qilinadi. Qoplanadi va un zavodlariga yuboriladi. U yerda nonvoylarimiz non yopadilar. Yopilgan nonlarni biz hali shirin uyqumizda yotgan paytimizda mashinalarda magazinlarga tarqatiladi. O’qituvchi: Mana qarang bolalar qancha mehnat sarflanar ekan. Siz yaxshi niyat bilan juda ko’p mehnat natijasida tayyorlangan nonlarning isrof bo’lib partalar ostida, hatto ko’chalarda yerga tushib, uvol bo’lib yotishiga qanday qaraysiz? (Bolalar o’z fikrlarini aytadilar) Download 42.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling