1 – o’quvchi: Chin fazilat topdi, Dehqon non bilan, Dilda shodlik, belda darmon Non bilan Siylarkan barcha mehmon Non bilan Ahli inson surdi davron Non bilan O’qituvchi


Download 42.5 Kb.
bet1/3
Sana11.05.2023
Hajmi42.5 Kb.
#1451954
  1   2   3
Bog'liq
Non aziz


Non aziz
“Non aziz” mavzusidagi tadbirni o’tkazishdan 7 – 10 kun ilgari bug’doy undirib qo’yiladi. Ko’m – ko’k maysa hosil bo’ladi. Xona bayramona bezatiladi. Non haqida shiorlar osiladi. Stol ustida bug’doy boshog’i, maysasi, turli xildagi non namunalari. Turli xil pishirilgan narsalar (somsa, varaqi, chuchvara va hokazo).
Bayramga ota – onalar, ustoz o’qituvchilar taklif etilgan. Ishtirok etuvchi bolalar milliy kiyimlarga yasanib olishgan.
Magnitafonda: tadbir “Non nashidasi” ashulasini aytish bilan boshlanadi.
1 – o’quvchi:
Chin fazilat topdi,
Dehqon non bilan,
Dilda shodlik, belda darmon
Non bilan
Siylarkan barcha mehmon
Non bilan
Ahli inson surdi davron
Non bilan
O’qituvchi:
Bolalar mana hoziq tinglangan she’rdan ko’rinib turibdi – ki, bugungi tarbiyaviy soatimiz dasturxonimiz ziynati bo’lgan non haqida boradi.
2 – o’quvchi:
Bugun bizda tantana
Shodiyona bugun.
Non haquda eslaylik
So’ylaylik bugun
3 – o’quvchi:
Tarbiyaviy soatdan
Ko’p tarbiya olamiz
Bugungisin nomini,
“Non aziz” deb olamiz.


O’qituvchi: Xalq mehnatining eng ajoyib namunalaridan biri nondir. U – hayotning asosi, inson aqlu, zakovati va ijodkorligining samarasi, odamlar uchun kundalik oziq, mamlakat boyligi, tinchlik va farovonligining ramzi hisoblanadi.
4 – o’quvchi:
Non – shu uch harfdan iborat bo’lgan so’zda qanchalar ma’no bor. Non – bu hayot, non – bu mo’l – ko’lchilikdir. Dunyo – dunyo bo’lib non ko’ngilga tekkanmikan. Albatta, yo’q, bunday odamning bo’lishi ham mumkin emas. Nega desangiz, non barcha ne’matlar ichida eng xushxo’ri, kishi uchun eng kerakli mahsulotdir.
5 – o’quvchi:
Non haqida o’ylasam,
O’yim tamom bo’lmaydi.
Siz ham o’ylang bolalar
Lekin yomon bo’lmaydi.
6 – o’quvchi:
Har kun – har yerda
Insonga do’st qadrdon,
Non qadrini bilamiz,
Hammamiz ham yoshlikdan.

Download 42.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling