1 – savol bayoni


Download 0.52 Mb.
bet3/3
Sana02.01.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1075151
1   2   3
Bog'liq
Pul va bank

2. Taklif inflyatsiyasi. Inflyatsiya ishlab chiqarish xarajatlari va bozordagi taklifning o‘zgarishi natijasida ham kelib chiqishi mumkin. Ishlab chiqarish xarajatlarining o‘sishi keltirib chiqadigan inflyatsiya mahsulot birligiga qilinadigan xarajatlarning ko‘payishi hisobiga narxlarning oshishini bildiradi. Bu holatni ham chizma orqali ko‘rib chiqamiz (3-chizma).


Na rx

da rajasi AS2 AS1




3




P 2

AD

2

P 1

1




0 Q2 Q1 Real YaMM

3-chizma. Taklif inflyatsiyasi.

Chizmadan ko‘rinadiki, xarajatlarning o‘sishi natijasida yalpi taklif egri chizig‘ining ASdan ASga qisqarishi mahsulot birligiga to‘g‘ri keluvchi xarajat miqdorini oshirib, narxlarning Rdan R2 darajaga qadar ko‘tarilishiga, real ishlab chiqarish hajmining esa Qdan Qga qadar qisqarishiga olib keladi.

Shuningdek, inflyatsiyaning quyidagi sabablarini ham ko‘rsatish mumkin:

- monopolistik faoliyatlarning paydo bo‘lishi va amal qilishi;

- noto‘g‘ri soliq siyosati yuritish;

- jahon bozorlaridagi narxlarning o‘sishi;

- harbiy sohadagi xarajatlarning o‘sishi va hokazo.

Inflyatsiyaning o‘rmalab boruvchi, jadal va giperinflyatsiya kabi turlari ham mavjud. O‘rmalab boruvchi inflyatsiya holatida narxlar yiliga 10 foizgachajadal inflyatsiyada 20 dan 200 foizgacha, giperinflyatsiyada 200 foizdan yuqori darajada o‘sishi kuzatiladi.



Bashorat qilish mumkinligiga qarab kutilayotgan va kutilmagan inflyatsiya farqlanadi. Kutilayotgan inflyatsiya va uning oqibatlarini oldindan bashorat qilish mumkin, kutilmagan inflyatsiyani oldindan aytib bo‘lmaydi. Birinchi holda inflyatsiyaning kutilayotgan salbiy oqibatlariga tayyorlanib, uni sezilarli darajada yumshatish mumkin. Ikkinchi holda narxlarning kutilmagan o‘sishi natijasida mamlakat iqtisodiy axvolining sezilarli yomonlashuvi ro‘y berishi mumkin.
3 – savol bayoni: Ўзбекистоннинг амалдаги миллий валютаси сўм — Ўзбекистон Республикаси Олий кенгашининг 1993 йил 3 сентябрдаги №952-XII қарорига мувофиқ, Ўзбекистон Республикаси Президентининг 1994 йил 16 июндаги ПФ-870 сонли фармонига биноан, 1994 йилнинг 1 июлида, ўзигача амалда бўлган сўм-купонга 1:1000 нисбатда муомалага киритилган. 

Сўм дастлаб 1, 3, 5, 10, 20, 50 тийинлик тангалар ҳамда, 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100 сўмлик қоғоз купюралар билан бир вақтнинг ўзида муомалага кирган. 1 сўм 100 тийинга майдаланган. Айтиш жоизки, сўм муомалага киритилган кунда валюта биржасида 1 АҚШ долларининг қиймати роппа-роса 7 сўм бўлган.


Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling