1- seminar mashg‘uloti Mavzu: Xalq pedagogikasining pedagogik tizimidagi o‘rni. Reja


Yosh avlod tarbiyasida xalq pedagogikasining ahamiyati


Download 261.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana24.01.2023
Hajmi261.58 Kb.
#1116912
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-семинар Xalq ped

3.Yosh avlod tarbiyasida xalq pedagogikasining ahamiyati. 
Talaba - yoshlarda milliy tarbiyani umumbashariy qadriyatlar bilan 
shakllantirishni dunyo miqyosida erishilayotgan umumbashariy yutuqlar va 
zamonaviy fan asoslarining tarbiyaviy jihatlarisiz tasavvur etish qiyin. 
Shunga ko‘ra oliy pedagogik ta’limda yoshlarda faqat pedagogik malaka va 


ko‘nikmalarni tarkib toptirib qolmay, umumbashariy bilimlarni o‘zlashtirishga ham 
imkoniyat yaratib berish lozim. Milliy qadriyatlar asosida shakllantiriladigan 
tafakkur va dunyoqarash yoshlarning umuminsoniy va zamonaviy yutuqlarni to‘liq 
egallashlari uchun zamin yaratadi, zamonaviy bilimlar va ko‘nikmalarni egallash 
esa chuqur va mustahkam bilim olish uchun poydevor vujudga keltiradi. 
Shu sababli yoshlarda milliy tafakkurni va zamonaviy bilim ko‘nikmalarni 
o‘zaro aloqada shakllantirish va olgan bilimlarni umumlashtirishga, ish jarayoniga 
xalq pedagogikasini olib kirishga o‘rgatish barkamol insonni shakllantirishda 
muhim omil sanaladi. Yoshlarni ma’naviy qarashlarini shakllantirishda, ularni 
ma’naviy qadriyatlarimizni buyuk mutafakkirlar ilmiy merosini, falsafiy 
qarashlarini, muhim jihatlarini o‘rganish, bugungi kun zavonaviy ilm- fan va 
tehnika taraqqiyotiga erishilayotgan bilimlarni o‘zlashtirishga yo‘naltirish bilan 
bog‘liq ta’lim- tarbiyaviy faoliyatga kuchli e’tibor qilinayotganligi bejiz emas. 
Yoshlarning intellektual salohiyatini qo‘lga kiritishlarida ta’lim jarayonida 
ularni mustaqil fikr yuritishga o‘rgatish, dastlabki manbalarni o‘zlashtirishning aniq 
usullarini egallash, olingan bilimlarga ongli ravishda yondashishga o‘rgatish muhim 
rol o‘ynaydi. Bunda asosiy e’tiborni dars jarayoniga qaratib, ilm-fan sohasida 
erishilgan yutuqlar va zavonaviy bilim hamda ko‘nikmalar ustidagi ishlarni qo‘shib 
olib borish zarur. SHunga ko‘ra, barcha fanlar tizimiga milliy va umumbashariy 
qadriyatlarning ilmiy asoslarini kiritish darkor. Bundan ko‘zlangan maqsad 
umuminsoniy qadriyatlarni e’tirof etadigan shaxsni tarbiyalashdan iboratdir. 
Buni ayniqsa “Xalq pedagogikasi” ni o‘qitish misolida yaqqol ko‘rishimiz 
mumkin. “Xalq pedagogikasi” bu o‘zbek xalqining ta’lim sohasida erishgan buyuk 
qadriyati sanaladi va u ko‘p jihatdan umumbashariy qadriyatga aylanib qolgan. 
Talabalarga tarbiyaviy ishlarda “Xalq pedagogikasi” ni o‘zaro bog‘lovchi 
to‘rtta elementni ko‘rsatib o‘tish mumkin. 
Xalq madaniyati tarixi, tili, dini, urf-odatlari haqida bilimlar majmuasi. Bu 
bilimlar majmuasini o‘zlashtirish orqali bo‘lajak mutaxassislarning milliy ongi 
shakllanadi, amaliy tajribaga to‘g‘ri metodologik yo‘nalish beradi. 
Anglash, mehnat qilish va shu kabi vazifalarning asosi bo‘lib hisoblanadigan 
umumiy intellektual hamda amaliy malakalarning tizimi. Bu tizim orqali bo‘lajak 
mutaxassislarning milliy madaniyatini saqlab, yosh avlodga etkazishni ta’minlaydi. 
Bo‘lajak mutaxassislarning xalq tajribasini bugungi sharoitda tarbiya 
jarayonida foydalanish va uni yanada rivojlantirish. 
Atrof-muhit orqali olingan bilim, malaka hamda unga nisbatan tajribasi 
bo‘lajak mutaxassislarda ishonch, qimmatli hislatlarning o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. 
Bolajak mutaxassislarning tarbiyaviy ishlarda “Xalq pedagogikasi” asosida 
yondashishga tayyorgarligi - bu xalq pedagogikasining tajribalarini tarbiyaviy 
ishlarda foydalanishning metodologik asosini bilish, shaxsning har tomonlarma 
rivojlanishida beriladigan tarbiyaning mazmuni, uslublari, turlari, shakllari haqida 
bilimlarni o‘zlashtirish. 

Download 261.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling