1- seminar mashg‘uloti Mavzu: Xalq pedagogikasining pedagogik tizimidagi o‘rni. Reja
Xalq pedagogikasi tajribalaridan foydalanishga tayyorlashning quyidagi
Download 261.58 Kb. Pdf ko'rish
|
1-семинар Xalq ped
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uslublari
Xalq pedagogikasi tajribalaridan foydalanishga tayyorlashning quyidagi
shakllarini ko‘rsatish mumkin: ma’ruza, seminar, amaliy tajriba darslari, maxsus kurslar, auditoridan tashqari darslar pedagogik amaliyot, talablarining ilmiy- tadqiqot ishlari, kurs ishlari, diplom ishlari va hokazo. Uslublari: hikoya, suhbat, intervyu, treninglar, munozaralar. Manbalar: xalq og‘zaki ijodi, milliy o‘yinlar, urf-odatlar, rasm- rusumlar, xalq an’analari, milliy san’at namunalari va hokazo. Xalq pedagogikasini ta’lim-tarbiya jarayoniga tadbiq etishdan maqsad, tarbiya texnologiyasining ahamiyati, tarbiyaviy ishlarda “Xalq pedagogikasi” ning xususiyatini to‘liq tushuntirish, tajribalarini foydalanishga tayyorgarligini shakllantirish, tarbiyaviy ishlarning uslublari, shakllari, jihozlaridan o‘rinli tartibda foydalana olishga orgatish. Olingan nazariy bilimlarni, malaka va ko‘nikmaga aylantirish, amaliy jihatdan qo‘llash. Xulosa qilib aytganda shu vaqtga qadar ta’lim-tarbiya ishlarida xalqning boy pedagogik merosidan, hadislar va she’riy mantlarda oldinga surilgan g‘oyalardan to‘la foydalana olganimiz yo‘q. Aslida bular inson ma’naviy kamolotining hamma davrlari uchun ham ahamiyatli bo‘lib qoladigan zaminlardir. Xalqimizning asrlar davomida shakllangan madaniy merosidan, ahloq, odob, tarbiya borasidagi an’analaridan qanchalik samarali foydalansak, milliy mustaqilligimizning chinakam fidoiysi bo‘lgan yoshlarni tarbiyalash borasida shunchalik sezilarli yutuqlarga erishamiz. Jamiyat taraqqiyoti uchun aholining soni emas, balki sifati muhimdir. Sifatning bosh mezoni yuksak ma’naviyatdir. Talabalardagi yetuk jihatlarni shakllantirishda boshqa fanlar bilan bir qatorda “Xalq pedagogikasi” fanining ahamiyati katta. Bu fan yoshlarda mavhum qoidalarni emas, balki hayotda halol vijdon va iymon bilan yashashni o‘rgatmog‘i kerak. Har bir fan kishilarga muayyan bilimlarni o‘rgatadi. Bu bilimlar kishilarning yuksak ahloqiy fazilatlari bilan qo‘shilganda yetuk ma’naviy boylikka aylanadi. Xalq pedagogikasinnig manbalari ma’lum tarbiyaviy imkoniyatlarga ega bo‘lib, ular eng avvalo maktabning (yoki oilaning) oldida turgan maqsad va vazifalaridan, so‘ngra esa aniq pedagogik jarayonda hal etiladigan masalalaridan kelib chiqadi. Xususan, o‘quv jarayonida yoki sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarda xalq pedagogikasining tarbiyaviy imkoniyatlariga murojaat etish mumkin. Masalan, boshlang‘ich sinflarda, aniqrog‘i 3-sinfda o‘zbek xalq maqollari o‘rganiladi. Mazkur sinf uchun “O‘qish" darslaridan birida "O‘zbek xalq maqollari" mavzusi bor. Dars jarayonida foydalanish uchun xalq pedagogikasining tarbiyaviy imkoniyatlari aniqlanadi. O‘qituvchi xalq tarbiya an’analari imkoniyatlarini aniqlashda darsning maqsadlariga e’tibor beradi. Ya’ni, “O‘zbek xalq maqollari” mavzusidagi darsning quyidagi maqsad va vazifalarini ajratib ko‘rsatish mumkin: xalq og‘zaki ijodi namunalari bilan tanishtirish, maqollarni o‘rgatish va ular haqida tasavvur hosil qilish; maqollarning mazmunidan foydalanib, o‘quvchilarni mehnatsevarlikka, kamtar va odobli bo‘lishga, o‘zidan kattalarni hurmat qilishga undash; xalq og‘zaki ijodi namunalarini to‘plash va ularni asrashga chaqirish. Keltirilgan maqsad va vazifalarni hal etishga imkon beruvchi o‘zbek xalq maqollari tanlab olinadi va bular xalq pedagogikasining tarbiyaviy imkoniyatlarini tashkil etadi. “Xalq pedagogikasining tarbiyaviy imkoniyatlari” tushunchasini kiritishning o‘zi xalq tarbiya an’analarini zamonaviy maktab va oila tajribasida qo‘llash doirasi ma’lum darajada chegaralanganligini anglatadi. Xalq pedagogikasining tarbiyaviy imkoniyatlari zamonaviy maktab oldida turgan vazifalar, uning ehtiyojlaridan kelib chiqadi. O‘quv-tarbiya jarayoni samarasini oshirishga to‘la imkon bergan taqdirdagina xalq tarbiya tajribasiga murojaat qilish mumkin. Keyingi vaqtlarda O‘zbekiston pedagogik davriy nashrlarida xalq pedagogikasiga keng o‘rin berilganligini mamnunlik bilan qayd etgan holda, uning mavjud imkoniyatlarini haddan tashqari bo‘rttirib ko‘rsatish, milliy qadriyatlarni umuminsoniy qadriyatlardan ustun qo‘yish, ilmiy pedagogikaga bir yoqlama, ya’ni faqat tanqidiy ko‘z bilan qarash kuzatilayotganligini ta’kidlash lozim. Download 261.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling