1- seminar mashg‘uloti Mavzu: Xalq pedagogikasining pedagogik tizimidagi o‘rni. Reja


Xalq pedagogikasining asosiy tadqiqot obyekti


Download 261.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana24.01.2023
Hajmi261.58 Kb.
#1116912
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-семинар Xalq ped

Xalq pedagogikasining asosiy tadqiqot obyekti xalqimizning axloqiy, ta’lim-
tarbiyaviy qarashlari bo‘yicha to‘plangan boy ma’naviy- ma’rifiy meros va 
pedagogik g‘oyalari bilan tanishtirish jarayoni sanaladi. Mazkur jarayonda 
quyidagilar o‘rganiladi: 
-xalqimizning ma’naviy-ma’rifiy va milliy qadriyatlari; 
-oilada farzand tarbiyasi, tarbiya metodlari, usul va vositalari; 
-o‘zbek xalqining axloqiy me’yorlari, muomala madaniyati; 
-xalq pedagogikasida tabiat va inson munosabatlari, sog‘lom turmush tarzining aks 
etishi; 
- buyuk mutafakkirlarning pedagogik g‘oyalari; 
-xalq og‘zaki ijodi va dostonlarning tarbiyaviy ahamiyati; 
-milliy urf-odatlar, marosimlar, an’analar, udumlar, xalq o‘yinlari va 
o‘yinchoqlarining tarbiya vositasi sifatidagi o‘rni; 
-xalq pedagogikasida diniy ta’limotlar; 
-xalq pedagogikasida xalq amaliy san’ati, hunarmandchiligi va h. 
Xalq pedagogikasi fanining asosiy maqsadi – bo‘lg‘usi pedagogik kadrlarda 
pedagogik tafakkurni shakllantirish va kengaytirish, xalqimizning o‘qitish 
jarayonini tashkil etish va tarbiya nazariyasi bo‘yicha to‘plangan boy ma’naviy-
ma’rifiy merosi va pedagogik qarashlari, ta’limiy-tarbiyaviy imkoniyatlari bilan 
tanishtirish orqali ularning kasbiy-pedagogik tayyorgarligini orttirishdir. 
Fanning vazifalari - xalq pedagogikasining ta’lim-tarbiyaga oid boy tajribasi, 
tarbiya usullari, insoniylik fazilatlari va qadriyatlar, xalq pedagogikasining sharqona 
va turkona an’analari, ta’lim-tarbiya jarayonlarining xalq og‘zaki ijodida, milliy urf-
odatlarda, diniy ta’limotlarda ifodalanish masalalarini o‘rganish hamda kelajak 
avlodga uning mazmun-mohiyatini tushuntirishdan iborat. 
O‘zbek xalqining o‘tmishdagi tarixiy tajribasi, ma’naviy, madaniy, ijtimoiy 
hayoti, oilada farzand tarbiyasi bilan bog‘liq masalalarni ilmiy jihatdan to‘la bilish 
uning kelajakdagi taraqqiyot yo‘lini aniq belgilab beradi. Zero, o‘z elining murakkab 
tarixini, etnik xususiyatlari va pedagogik g‘oyalarini aniq bilish ma’naviy 
barkamollikni ta’minlovchi bir omildir. 


O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezident I.A.Karimov O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasida so‘zlagan nutqida ta’kidlaganlaridek: 
“Mamlakatimizning istiqlol yo‘lidagi birinchi qadamlaridanoq, buyuk 
ma’naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta’lim-tarbiya tizimini 
takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, zamon talabi bilan 
uyg‘unlashtirish asosida jahon andozalari va ko‘nikmalari darajasiga chiqarish 
maqsadiga katta ahamiyat berib kelinmoqda”. 
Bu esa bizdan boy ma’rifiy merosimizning bebaho manbalaridan ta’lim-tarbiya 
jarayonida unumli foydalanishimizni taqozo etadi. 
Birinchi Prezident I. A.Karimov o‘z asarlarida ajdodlarimiz qoldirgan boy milliy 
qadriyatlarning ahamiyati haqida ham alohida fikr bildirib: “Xalqimiz tayanchi 
ajdodlarimiz qoldirgan ma’naviy merosning o‘zi bir hazina, bu hazinadan oqilona 
foydalanishimiz lozim”, - deydi. 
Ana shu ma’naviy merosning bir ko‘rinishi bo‘lgan xalq pedagogikasi obidalari 
faqat pedagogik haqiqatlar majmuasigina bo‘lib qolmay, balki xalqimiz unda o‘z 
ideallari hamda muhim didaktik prinsiplarini ham aks ettirgan. Shu o‘rinda turli 
xalqlar pedagogikasi bilan shug‘ullanuvchi etnopedagogika fani haqida to‘htalib 
o‘tsak. 

Download 261.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling