1- seminar mashg‘uloti Mavzu: Xalq pedagogikasining pedagogik tizimidagi o‘rni. Reja
Xalq pedagogikasining asosiy tadqiqot obyekti
Download 261.58 Kb. Pdf ko'rish
|
1-семинар Xalq ped
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xalq pedagogikasi fanining asosiy maqsadi
- Fanning vazifalari
Xalq pedagogikasining asosiy tadqiqot obyekti xalqimizning axloqiy, ta’lim-
tarbiyaviy qarashlari bo‘yicha to‘plangan boy ma’naviy- ma’rifiy meros va pedagogik g‘oyalari bilan tanishtirish jarayoni sanaladi. Mazkur jarayonda quyidagilar o‘rganiladi: -xalqimizning ma’naviy-ma’rifiy va milliy qadriyatlari; -oilada farzand tarbiyasi, tarbiya metodlari, usul va vositalari; -o‘zbek xalqining axloqiy me’yorlari, muomala madaniyati; -xalq pedagogikasida tabiat va inson munosabatlari, sog‘lom turmush tarzining aks etishi; - buyuk mutafakkirlarning pedagogik g‘oyalari; -xalq og‘zaki ijodi va dostonlarning tarbiyaviy ahamiyati; -milliy urf-odatlar, marosimlar, an’analar, udumlar, xalq o‘yinlari va o‘yinchoqlarining tarbiya vositasi sifatidagi o‘rni; -xalq pedagogikasida diniy ta’limotlar; -xalq pedagogikasida xalq amaliy san’ati, hunarmandchiligi va h. Xalq pedagogikasi fanining asosiy maqsadi – bo‘lg‘usi pedagogik kadrlarda pedagogik tafakkurni shakllantirish va kengaytirish, xalqimizning o‘qitish jarayonini tashkil etish va tarbiya nazariyasi bo‘yicha to‘plangan boy ma’naviy- ma’rifiy merosi va pedagogik qarashlari, ta’limiy-tarbiyaviy imkoniyatlari bilan tanishtirish orqali ularning kasbiy-pedagogik tayyorgarligini orttirishdir. Fanning vazifalari - xalq pedagogikasining ta’lim-tarbiyaga oid boy tajribasi, tarbiya usullari, insoniylik fazilatlari va qadriyatlar, xalq pedagogikasining sharqona va turkona an’analari, ta’lim-tarbiya jarayonlarining xalq og‘zaki ijodida, milliy urf- odatlarda, diniy ta’limotlarda ifodalanish masalalarini o‘rganish hamda kelajak avlodga uning mazmun-mohiyatini tushuntirishdan iborat. O‘zbek xalqining o‘tmishdagi tarixiy tajribasi, ma’naviy, madaniy, ijtimoiy hayoti, oilada farzand tarbiyasi bilan bog‘liq masalalarni ilmiy jihatdan to‘la bilish uning kelajakdagi taraqqiyot yo‘lini aniq belgilab beradi. Zero, o‘z elining murakkab tarixini, etnik xususiyatlari va pedagogik g‘oyalarini aniq bilish ma’naviy barkamollikni ta’minlovchi bir omildir. O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezident I.A.Karimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasida so‘zlagan nutqida ta’kidlaganlaridek: “Mamlakatimizning istiqlol yo‘lidagi birinchi qadamlaridanoq, buyuk ma’naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, zamon talabi bilan uyg‘unlashtirish asosida jahon andozalari va ko‘nikmalari darajasiga chiqarish maqsadiga katta ahamiyat berib kelinmoqda”. Bu esa bizdan boy ma’rifiy merosimizning bebaho manbalaridan ta’lim-tarbiya jarayonida unumli foydalanishimizni taqozo etadi. Birinchi Prezident I. A.Karimov o‘z asarlarida ajdodlarimiz qoldirgan boy milliy qadriyatlarning ahamiyati haqida ham alohida fikr bildirib: “Xalqimiz tayanchi ajdodlarimiz qoldirgan ma’naviy merosning o‘zi bir hazina, bu hazinadan oqilona foydalanishimiz lozim”, - deydi. Ana shu ma’naviy merosning bir ko‘rinishi bo‘lgan xalq pedagogikasi obidalari faqat pedagogik haqiqatlar majmuasigina bo‘lib qolmay, balki xalqimiz unda o‘z ideallari hamda muhim didaktik prinsiplarini ham aks ettirgan. Shu o‘rinda turli xalqlar pedagogikasi bilan shug‘ullanuvchi etnopedagogika fani haqida to‘htalib o‘tsak. Download 261.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling