1- seminar mashg‘uloti Mavzu


Download 22.73 Kb.
bet1/4
Sana07.02.2023
Hajmi22.73 Kb.
#1175861
  1   2   3   4
Bog'liq
1-seminar mashguloti (1)


1- Seminar mashg‘uloti
Mavzu: Biologiyada amaliy va tajriba nazariyasi


Kerakli materiallar va jihozlar: Amaliy mashg’ulotning dars ishlanmasi, suv biotsenozining rasmi, jadvallar, albomga chizilgan rasmlar, o’simlik namunalari.
Tayanch so’z va iboralar
Ijod, ilmiy ijod, ilmiy muammo,tadqiqot, bilish, kuzatish, qiyoslash, o’lchash, eksperiment, tahlil, sintez, deduksiya, induksiya, abstraktlash, modellashtirish, g’oya, dalil.
Darsningborishi:
Tadqiqot ijod - bu insonning sifat jihatidan yangi moddiy va ma’naviy qadriyatlarni yaratishga qaratilgan ruhiy va amaliy faoliyati. Inson o‘z ijodi bilan mehnat qurollarini, mehnat vositalarini, mehnat predmetlarini, sanoat mahsulotlarini, qishloq mahsulotlarini, qurilish texnikasi materiallarini, o‘simliklarning, hayvonlarning yangi turlarini, turar-joylarni, transport, aloqa, axborot vositalarini va boshqalarni yaratadi. U tabiiy muhit ichida «sun’iy muhitni» vujudga keltiradi. Keng ma’noda jamiyat ham insonning ijodiy mahsulidir. Hamma ijtimoiy hodisalar, munosabatlar, aloqalar, qadriyatlar inson tomonidan vujudga keltirilgan. Inson o’z ongli ijodi bilan badiiy asarlarni ham, san’atni ham, axloqiy munosabatlarni, qadriyatlarni, dinni, fanni ham yaratgan.
Badiiy ijod - insonning san’at va madaniyat sohalarida tabiat va jamiyat hodisalarini, insonning o’zini nafosat qonunlari va prinsiplari asosida badiiy ifodalash faoliyatidir.
Ilmiy ijod insonning tabiat, jamiyat va o‘z tafakkurida amal qiladigan qonun va qonuniyatlarni kashf qilish, bilib olish bilan bog’liq bo‘lgan yaratuvchilik faoliyatidir. Ilmiy ijodga muammoni yechish yo’lini topishdangina iborat qilib qo’yadigan qarashlar ham bor. Ammo bunda ijodiy jarayonning boshlanishi, uni avj oldirishning boshlanishi hisobga olinmagan. Ehtiyojlarni anglab yetish, muammoni qo’yish va uni ifodalash -muammoni hal qilishni izlash jarayonining boshlang’ich nuqtalari, asoslaridir.
A.M.Seleznyov fikricha, ijodiy jarayonda quyidagi bosqichlar bo‘ladi:
1.Ilmiy muammoni aniqlash, tadqiqot mavzusini, maqsad va vazifalarini belgilash;
2. Informatsiya (axborot) to‘plash, tadqiqot metodologiyasini tanlash;
3. Ilmiy muammoni hal qilish yo’llarini qidirish, yangi ilmiy g’oyalarni ilgari surish;
4. Ilmiy kashfiyot, ilmiy g’oyaning «tug’ilishi», olim tomonidan kashf etilgan hodisaning ideal modelini vujudga keltirilishi;
5. Qo’lga kiritilgan ilmiy ma’lumotlarni mantiqan aniq, izchil tizimga solinishi.



Download 22.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling