1- seminar mashg‘uloti Mavzu
Biologiyafanlaridaamaliyhamdatajribao’tkazish
Download 22.73 Kb.
|
1-seminar mashguloti (1)
Biologiyafanlaridaamaliyhamdatajribao’tkazishilmiy-tadqiqotda ko‘pincha tasviriy, taqqoslash, tajriba hamda ekotizimlarni modellashtirish uslublaridan foydalaniladi. ekologiyada tajriba va modellashtirish uslublaridan nisbatan keng foydalaniladi.
Tajriba-tadqiqotchi tomonidan yaratilgan sharoitda borayotgan ma’lum tabiiy jarayonni kuzatishdir. Tajribada ma’lum ob’ektga (individ, populatsiya, biogeotsenoz) ta’sir etayotgan omil kuchining ortishi yoki kamayishi namuna bilan taqqoslanadi. Tajriba natijalari haqida ko’rsatkichlarni o‘zgarishiga qarab xulosa qilinadi. Buning uchun albatta namuna bilan taqqoslash zarur. Tajriba hech vaqt taqqoslashsiz olib borilmaydi. Ilmiy tadqiqot ishlari laboratoriya va dala sharoitlarida olib boriladi. Modellashtirish jarayoni umumlashtirish uchun ancha qulay imkon beradi, shuningdek hodisaning ba’zi tomonlarini aniq ma’lumot bilan to‘ldirish yoki yangi nazariy xulosalar chiqarishga yordam beradi. Model “ishlamay qolsa”, ya’ni haqiqatga uncha to’g’ri kelmasa, EHM tomonidan o’zgartirishlar kiritilishi va yaxshilash zarurligini aytib beradi Kuzatish — bilish usuli. Bunda ob’ektni o’rganish unga aralashuvsiz amalga oshiriladi. Mazkur holda faqat ob’ektning xossasi, uning o’zgarish tavsifi qayd etiladi va o‘lchanadi. Tadqiqot natijalari real mavjud ob’ektlarning tabiiy xususiyatlari va munosabat (bog‘liqlik)lari xususida bizga ma’lumot beradi. Bu natijalar sub’ektning irodasi, sezgilari va istaklariga bog’liq emas. Qiyoslash — bilishning keng tarqalgan usuli, «barcha narsalar qiyoslanganda bilinadi» tamoyiliga asoslanadi. Qiyoslash natijasida bir qancha ob’ektlar uchun umumiy va xos bo’lgan jihatlar aniqlanadi. Bu ma’lumki, qonuniyatlar va qonunlarni bilish yo‘lidagi birinchi qadamdir. Qiyoslash samarali bo’lishi uchun ikki asosiy talabga amal qilinishi zarur: birinchidan, bunda ular o’rtasida muayyan ob’ektiv umumiylik bo’lishimumkin bo’lgan ob’ektlargina taqqoslanishi kerak; ikkinchidan, ob’ektlarni taqqoslash ahamiyatli (bilish vazifasi sifatida) xossalar, belgilar bo’yicha amalga oshirilishi lozim. Qiyoslashdan farqli o’laroq, o’lchash bilishning ancha aniq vositasi hisoblanadi. Bu usulning qimmati shundan iboratki, atrof borliqdagi ob’ektlar haqida yuqori aniqlikka erishilinadi. Ilmiy bilishning empirik jarayonida o’lchash kuzatish va qiyoslashdagiga o’xshashdir. Download 22.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling