1- seminar mashg‘uloti


Download 18.5 Kb.
bet1/2
Sana13.10.2023
Hajmi18.5 Kb.
#1701507
  1   2
Bog'liq
1-mavzu

1- SEMINAR MASHG‘ULOTI


Mavzu: Informatika fanini o’rganishda texnika xavfsizligi qoidalari
Ishdan maqsad: Umumta’lim maktablarida informatika fanini o’qitishdagi muammolarni o’rganish, tahlil qilish va muammolarni yechish yo’llarini izlash.
Usullar va metodlar: ilmiy izlanish metodlari (kuzatish, tajriba, taqqoslash, analogiya, analiz va sintez, umumlashtirish, abstraksiyalash, konkretlashtirish va klassifikatsiyalash)
Talabalarni guruhlarga ajratib, tarqatma materiallar tarqatiladi. FSMU metodi yordamida berilgan mavzu bo’yicha FIKRi, SABABi, MISOL va UMUMLASHTIRISH maydonlari to’ldiriladi.
Bahs – munozara asosida har bir guruhni mavzusi yuzasidan bayonlari e’lon qilinadi.
Informatika o'quv predmeti sifatida informatika fani va uning rivoji bilan uzviy bog'liq. Shuning uchun «Informatika o'qitish metodikasi» fani birinchi navbatda informatika fanining metodologiyasiga asoslanadi. O'zining xulosalarida u ta'lim va tarbiyaning umumiy tamoyillariga tayanadi.
Ma'lumki, ushbu tamoyillar pedagogika va didaktika tomonidan ishlab chiqiladi. Bundan tashqari, «Informatika o'qitish metodikasi» fani fiziologiya va psixologiya fanlari tomonidan qabul kilingan qonuniyatlardan ham bevosita foydalanadi. Ta'lim-tarbiyaning asosiy maqsadlaridan biri b´lgan informatikaning fan sifatida o'ziga xosligi, uning zamonaviy fanlar tizimida tutgan o'rni va ahamiyatidan, hozirgi jamiyat hayotidagi ahamiyatidan kelib chiqqan holda «Informatika» fanini o'qitishning maqsadlarini quyidagicha belgilash mumkin:
• o'quvchilarda kompyuter savodxonligini shakllantirish;
• o'quvchilarda axborotga ishlov berish, uzatish va undan foydalanish jarayonlari haqidagi bilimlar asoslarini mustahkam va ongli o'zlashtirib olishlarini ta'minlash; • o'quvchilarga dunyoning zamonaviy ilmiy ko'rinishini shakllantirishda axborot jarayonlarining ahamiyatini, jamiyatning rivojida yangi axborot va kommunikatsion texnologiyalarning ahamiyatini ochib berish;
• komp'yuterlardan ongli va ratsional foydalanish ko'nikmalarini shakllantirish. «Informatika» fanining pedagogik vazifalari insonning umumiy ta'lim olishidagi asosiy vazifalarini hal etishda qo'shadigan o'ziga hos xissasi bilan aniqlanadi.
1. O'quvchilarda informatika xaqidagi bilimni shakllantirish va ular tafakkurini rivojlantirish.
2. Ilmiy dunyoqarashni shakllantirish. Bu muhim vazifani hal etishda butun pedagogik jamoa barcha o'quv predmetlarini o'qitish jarayonida ishtirok etadi.
3. Milliy mafkura ruhida tarbiyalash.
4. O'quvchilarni amaliy faoliyatga, mehnatga, ta'lim olishni davom ettirishga tayyorlash. Yuqoridagi masalalardan hech biri boshqalaridan ajratilgan holda, alohida hal etilmasligi lozim. Ular bir butunlikda bir-biri bilan chambarchas bog'liq holda amalga oshirilishi lozim.
O'quvchilar informatika asoslarini mustahkam egallashlari asosidagina ularning tafakkurini tarbiyalash va ilmiy dunyoqarashni yaratish mumkin. Ikkinchi tomondan, mantiqiy fikrlashga o'rgatish bilangina, o'quvchilarning informatikani fan sifatida uning o'ziga xos tomonlarini chuqur tushunishlariga erishish mumkin. Bundan tashqari, informatikani o'qitish jarayonida amaliy faoliyatga tayyorlash vazifasini to'g'ri hal etishga erishish uchun informatika kursining ilmiyligini oshirish lozim.
Faqatgina to'g'ri va chuqur xulosalar qila olsagina, o'quvchilar har bir masalani echishga tanqidiy va ijodiy yondasha oladilar, yangi muammolar oldida o'zlarini yo'qotib qo'ymaydilar va turli shart-sharoitlarda unumli faoliyat ko'rsata oladilar. Shuningdek, amaliy ish o'quvchilarning dunyoqarashini kengaytiradi va uni yangi faktlar bilan boyitishadi, hamda informatikadan bilim darajalarini oshiradi, chuqur, to'liq va mustahkam bo'lishini ta'minlaydi.
O'zbekiston Respublikasining mustaqil davlat maqomiga ega bo'lishi, o'ziga xos va o'ziga mos iqtisodiy rivojlanish yo'lini tanlashi ta'lim tizimida tub islohotlarni amalga oshirish, kadrlar tayyorlash tuzilmasi va mazmunini qayta ko'rib chiqish zaruratini tug'dirdi. Shu munosabat bilan qabul qilingan «Ta'lim to'g'risida»gi Konun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» islohotlarning ko'lami va hususiyatlarini o'zida aks ettirdi.
Ta'lim sohasidagi islohotlar zaminidagi g'oyani amalga oshirish bir qator muhim omillarga bog'liq. Ular orasida shunday murakkab muammolar borki, bu muammolarni muvaffaqiyatli hal etmay turib tub o'zgarishlar samarasi haqida gap bo'lishi ham mumkin emas. Mana shunday muammolardan biri «Informatika» yo'nalishini tashkil etuvchi «Informatika va hisoblash texnikasi asoslari», «Informatika», «Informatika va axborot texnologiyalari» kabi kurslarni o'qitish muammosidir. «Informatika» yo'nalishidagi fanlarni o'qitish zaruriyati, tuzilmasi va faoliyat ko'rsatish sohalarida yuqori sur'atlar va fundamental o'zgarishlar sodir bo'layotgan hozirgi jarayonning o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadi. Jamiyatdagi bunday o'zgarishlarning ildizi axborotlar hosil qilish, ularni saqlash, uzatish va ulardan foydalanishning yangi usul va vositalariga borib taqaladi.
Biz axborotlashgan davrda turibmiz. Doimo o'sib borayotgan axborot hajmini qayta ishlash va o'z faoliyat doirasida undan unumli foydalanish zaruriyatiga duch kelayotgan jamiyat a'zolari, turli kasb egalari soni tobora ortib bormoqda. Hozirgi davrda real shart-sharoit shundan iboratki, O'zbekiston Respublikasi ta'lim tizimini axborotlashgan asr ehtiyojlariga moslashtirmaslikning iloji yo'q. Ushbu masalaga «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ham alohida e'tibor qaratilgan.

Download 18.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling