1 – tajriba ishi Boʻylama elastiklik moduli va Puasson koeffitsiyentini aniqlash


Download 1.38 Mb.
bet1/3
Sana16.06.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1514626
  1   2   3
Bog'liq
1-tajriyba ishi amaliy mex


1 – tajriba ishi
Boʻylama elastiklik moduli va Puasson koeffitsiyentini aniqlash



  1. Ishning maqsadi

Materiallarni cho'zilishga sinash, cho’zilish diagrammasini qurish. Po’latning elastiklik moduli va Puasson koeffitsiyentini aniqlash.

  1. Nazariy ma'lumotlar

Cho’zilish (siqilish)da Guk qonuni quyidagi ko’rinishda bo’ladi:


(1.1)
Bu yerda yuk ta'sirida namunaning uzunligi bo’yicha absolyut deformatsiyasi.
F0 – namunaning dastlabki ko’ndalang kesim yuzasi.
(1.1) formuladan elastiklik moduli aniqlanadi:
(1.2)
Agar namuna teng miqdorda ketma-ket o’sib boruvchi bir qator yuk bilan yuklanganda uni absolyut deformatsiyasining teng miqdorda (proporsional) o’sishi kuzatilsa Guk qonuni tasdiqlanadi.
Materiallarning mexanik xarakteristikalari ikki guruhga bo’linadi:

  1. mustahkamlik xarakteristikalari

b) plastiklik xarakteristikalari
Birinchi guruhga quyidagilar kiradi:
- proporsionallik chegarasi
- oquvchanlik chegarasi
- cho’zilishdagi mustahkamlik chegarasi (vaq
tincha qarshilik).
Ikkinchi guruhga quyidagilar kiradi:
- uzilishdagi nisbiy qoldiq cho’zilish:
- sheykaning (bo’yining) ko’ndalang kesimi yuzasini uzilishidagi nisbiy qoldiq torayishi.
Tajriba o’tkazish tartibi:
Namunaning diametri d va uning hisobiy uzunligi l ni o’lchanadi. Namunaning hisobiy uzunligiga orasi 10 mm bo’lgan chiziqchalar (belgilar) chiziladi. So’ngra mashinaning qisqichlariga mahkamlanadi. Tajribani СМ1 yoki CM2 qurulmada o’tkazish mumkin.

1-rasm CM2 qurulmasi

  1. Yuklanadigan qurulma;

  2. vilka;

  3. proushina;

4- yukni o’lchovchi qurilma;

H ar bir materialning cho'zilish diagrammasi materialning tarkibiga va tayyorlanish texnologiyasiga bog'liq bo'ladi. Diagrammaning to'g'ri chiziqli OA qismi namunaning uzayishi, unga ta'sir qilayotgan kuchga proporsional ekanligi (Guk sonuni)ni ko'rsatadi. Nagruzkaning miqdori ortishi bilan diagrammada gorizontal AB qism – og’ish zonasi hosil bo'ladi, ya'ni namunaga ta'sir qilayotgan kuch deyarli o'zgarmagan holda deformatsiya ortib boradi. B nuqta og’ish zonasi deyiladi. Og’ish zonasiga yetganda namunaning yaltiroq sirti xiralashadi. Oqish chegarasidan so'ng materialning qarshilik ko'rsatish xususiyati zo'rayib, unga ta'sir qilayotgan kuchning miqdori ham ortib boradi. Lekin bu o'sish elastik zonadagiga qaraganda sekinroq ortadi. Bu zona mustahkamlanish zonasi deyiladi. C nuqtada kuchning miqdori eng katta bo'ladi. Unga mos kelayotgan kuchlanishga mustahkamlik chegarasi deyiladi.









Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling