2-rasm. Tajriba ishi uchun sinaladigan namunalar
Mashina ishga tushgandan so’ng kuchni ko’rsatib boruvchi strelkani e'tibor bilan kuzatib turish kerak. Oqish chegarasiga yetganda u deyarli to’xtab qoladi. Namunaning sirti esa, Chernov-Lyuders chiziqlari paydo bo’lishi hisobiga xiralashadi.
Yuk eng katta qiymatga yetganda nazorat strelkasi shu joyda to’xtaydi, asosiy strelka esa, namuna yemirilguncha uning kamayishini ko’rsatib boradi. Kontrol strelka to’xtagandan so’ng namunada bo’yin paydo bo’ladi. Namunaning yemirilish paytida yuk P ni strelkadan bilib olish kerak. Namuna yemirilgandan so’ng uni mashinadan olib, ikki bo’lakni bir-biriga uzilishdan oldingi holdagidek moslab ushlab yemirilgan joydagi diametri va uzunligi o’lchanadi.
Sinov mashinasining 3 barabaniga o'rnatilgan maxsus qog'ozda cho'zilish diagrammasini mashina chizadi (1.3-shakl). Har bir materialning cho'zilish diagrammasi materialning tarkibiga va tayyorlanish texnologiyasiga bog'liq bo'ladi. Diagrammaning to'g'ri chiziqli OA qismi namunaning uzayishi, unga ta'sir qilayotgan kuchga proporsional ekanligi (Guk qonuni)ni ko'rsatadi. Nagruzkaning miqdori ortishi bilan diagrammada gorizontal AB qism – oqish zonasi hosil bo'ladi, ya'ni namunaga ta'sir qilayotgan kuch deyarli o'zgarmagan holda deformatsiya ortib boradi. B nuqta oqish zonasi deyiladi. Oqish zonasiga yetganda namunaning yaltiroq sirti xiralashadi. Oqish chegarasidan so'ng materialning qarshilik ko'rsatish xususiyati zo'rayib, unga ta'sir qilayotgan kuchning miqdori ham ortib boradi. Lekin bu o'sish elastik zonadagiga qaraganda sekinroq ortadi. Bu zona mustahkamlanish zonasi deyiladi. C nuqtada kuchning miqdori eng katta bo'ladi. Unga mos kelayotgan kuchlanishga mustahkamlik chegarasi deyiladi.
2–shakl. Kam uglerodli po’latning cho’zilish diagrammasi
Tajribadan olingan ma'lumotlar tahlil qilinadi.
Po’latning elastiklik moduli ,
Tajribadan olingan ma'lumotlar tahlil qilinadi.
Po’latning elastiklik moduli
Do'stlaringiz bilan baham: |