1 – tajriba. Kompleks kationli birikmalarning olinishi
Download 107.32 Kb. Pdf ko'rish
|
8-laboratoriya ishi tajribalari — копия
- Bu sahifa navigatsiya:
- Reaksiya tenglamasi: ______________________________________________ Xulosa: __________________________________________________________
8-LABORATORIYA MASHG’ULOTI Mavzu: Kompleks birikmalar. Ularning olinish reaksiyalari 1 – tajriba. Kompleks kationli birikmalarning olinishi a) nikel ammiakatini hosil qilish Probirkaga 5-6 tomchi nikel sulfat eritmasidan solib, ustiga suyultirilgan o‘yuvchi natriy eritmasidan cho‘kma hosil bo‘lguncha tomchilab tomizing va aralashmani chayqatib turing. Hosil bo‘lgan cho‘kmaning rangiga e’tibor berib, reaksiyasini molekulyar va ionli shaklda yozing. Cho‘kmani ikkiga bo‘lib, bir qismiga cho‘kma erib ketguncha ammoniy gidroksid eritmasidan qo‘shing. Hosil bo‘lgan eritmaning rangini cho‘kma rangi bilan taqqoslang. Kompleks birikmada Ni ning koordinatsion soni 6 ekanligini hisobga olib, reaksiya tenglamasini yozing; Reaksiya tenglamasi: ______________________________________________ Xulosa: __________________________________________________________ b) kumush ammiakatini hosil qilish Probirkaga osh tuzi eritmasidan 10-12 tomchi solib, ustiga cho‘kma tushguncha kumush nitrat eritmasidan qo‘shing. Reaksiya tenglamasini molekulyar va ionli shaklda yozing. Hosil bo‘lgan cho‘kma erib ketguncha ammiak eritmasidan qo‘shing. Kompleks birikmada Ag + ning koordinatsion soni 2 ekanligini hisobga olgan holda reaksiya tenglamasini yozing; Reaksiya tenglamasi: ______________________________________________ Xulosa: __________________________________________________________ c) mis ammiakatini hosil qilish Probirkaga mis (II) sulfat eritmasidan 10-12 tomchi solib, ustiga havo rang cho‘kma hosil bo‘lguncha ammiak eritmasidan tomchilab qo‘shing. So‘ngra cho‘kma erib ketguncha NH 4 OH eritmasidan qo‘shing. Cho‘kmaning erib ketishiga va hosil bo‘lgan eritma rangiga e’tibor bering. Hosil bo‘lgan kompleks birikmada Cu 2+ ning koordinatsion soni 4 ekanligini hisobga olib, cho‘kmaning hosil bo‘lishi va uning erishi hamda [Cu(NH 3 ) 4 ]SO 4 hosil bo’lish reaksiyasi tenglamalarini yozing. Reaksiya tenglamasi: ______________________________________________ Xulosa: __________________________________________________________ 2 – tajriba. Uch valentli temirning oddiy va kompleks ionlari uchun xarakterli reaksiyalar a) ikkita probirka olib, birinchisiga 5-6 tomchi FeCl 3 eritmasidan, ikkinchisiga esa shuncha qizil qon tuzi K 3 [Fe(CN) 6 ] eritmasidan quyib, har bir probirkaga bir-ikki tomchidan KSCN eritmasdan qo‘shing. Eritma rangining o‘zgarishiga e’tibor bering. Har ikkala probirkada ham reaksiya boradimi? Bu temir (III) ioniga xos reaksiyadir. Reaksiya tenglamasini molekulyar va ionli shaklda yozing; b) alohida probirkalarga 5-6 tomchidan FeCl 3 va K 3 [Fe(CN) 6 ] eritmalaridan soling. Har qaysi probirkaga teng miqdorda FeSO 4 eritmasidan tomizing. FeCl 3 solingan probirkadagi eritma rangida o‘zgarish bo‘lmasdan, Fe 3 [Fe(CN) 6 ] solingan probirkada trunbul ko‘ki Fe 3 [Fe(CN) 6 ] 2 hosil bo‘ladi. Reaksiya tenglamasini molekulyar va ionli shaklda yozing. Тrunbul ko‘kining hosil bo‘lish reaksiyasi kompleks ion [Fe(CN) 6 ] 3- uchun xarakterlidir. Reaksiya tenglamasi: ______________________________________________ Xulosa: __________________________________________________________ 3 – tajriba. Kompleks birikmalarda almashinish reaksiyasi Probirkaga 5-6 tomchi mis (II) sulfat eritmasidan solib, ustiga shuncha hajmda sariq qon tuzi K 4 [Fe(CN) 6 ] eritmasidan qo‘shib aralashtiring. Hosil bo‘lgan cho‘kma Cu 2 [Fe(CN) 6 ] rangiga e’tibor berib, reaksiyani molekulyar va ionli shaklda yozing. Reaksiya tenglamasi: ______________________________________________ Xulosa: __________________________________________________________ Download 107.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling