Referat mavzu: Alkinlarning olinish usullari, ularning di-va trimerlanish reaksiyalari


Download 391.99 Kb.
bet1/5
Sana13.11.2023
Hajmi391.99 Kb.
#1770108
TuriReferat
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Alkinlar 22.10.2023



REFERAT

Mavzu: Alkinlarning olinish usullari, ularning di-va trimerlanish reaksiyalari

Bajardi: Mirsultonava Muhayyo


Tekshirdi: _________________
Toshkent – 2023l
Alkinlarning olinishi, kimyoviy va fizik xossalari. Ishlatilishi va muhim xossalari.

Reja:




  1. Nomenklaturasi va izomeriyasi

  2. Olinish usullari

  3. Fizikaviy xossalari va tuzilishi

  4. Kimyoviy xossalari

  5. Muhim vakillari


Alkinlar
Molekulasida bitta CC uch bog‘I bor to‘yinmagan uglevodorodlarga alkinlar (atsetilenuglevodorodlar) deyiladi. Ularning umumiy formulasi CnH2n-2 bo‘lib, gomologik qatori atsetilendan boshlanadi. Alkinlar diyenlarga izomer hisoblanadi.


Nomenklaturasi va izomeriyasi

Ayrim alkinlarning trivial nomlari hozir ham ishlatiladi. Masalan, H–CC–H atsetilen.


Ratsional nomenklaturaga ko‘ra oddiy alkinlar atsetilenning hosilalari deb qaraladi.
Sistematik nomenklaturaga ko‘ra atsetilen uglevodorodlarga alkinlar deyiladi. Ularning nomlari tegishli alkanlar nomidagi an qo‘shimchasini in ga almashtirish bilan hosil qilinadi. Uch bog‘I bor zanjir asosiy hisoblanadi va uni raqamlash uch bog‘ chetga yaqin tomondan boshlanadi. Qo‘shbog‘ va uchbog‘ zanjir chetidan baravar uzoqlikda joylashgan bo‘lsa, raqamlash qo‘shbog ‘yaqin tomondan boshlanadi:

1-butin(S), 4-metil-2-butin (S),
etilatsetilen(R) izopropilmetil atsetilen (R)

Uch bog‘I va yoki –OH singari funksional guruhi bor birikmalar quyidagicha raqamlanadi va nomlanadi:



3-butin-1-ol 3-metil-4-pentinal
Uch bog‘ zanjirning chetida joylashgan bo‘lsa, terminal yoki 1-alkinlar, chetda bo‘lmasa ichkialkinlar deyiladi.
Alkinlarning bir valentli radikallari (alkinillar )quyidagicha nomlanadi:

etinil propinil-2 (propargil) butinil-2
Alkinlarda tuzilish izomeriyasining ikki turi (uglerod skeletining izomeriyasi va uchbog‘ning holat izomeriyasi) uchraydi. Masalan, C5H8 – propil atsetilenning uchta izomeri (1-pentin, 2-pentinva 3-metil-1-butin) bor. Bu izomerlarning tuzilish formulalarini o‘zingiz yozing.



Download 391.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling