1 – tajriba. Kompleks kationli birikmalarning olinishi


Download 107.32 Kb.
Pdf ko'rish
Sana06.04.2023
Hajmi107.32 Kb.
#1333588
Bog'liq
8-laboratoriya ishi tajribalari — копия



8-LABORATORIYA MASHG’ULOTI 
Mavzu: 
Kompleks birikmalar. Ularning olinish reaksiyalari 


 tajriba. Kompleks kationli birikmalarning olinishi 
a) nikel ammiakatini hosil qilish 
Probirkaga 5-6 tomchi nikel sulfat eritmasidan solib, ustiga suyultirilgan 
o‘yuvchi natriy eritmasidan cho‘kma hosil bo‘lguncha tomchilab tomizing va 
aralashmani chayqatib turing. Hosil bo‘lgan cho‘kmaning rangiga e’tibor berib, 
reaksiyasini molekulyar va ionli shaklda yozing. Cho‘kmani ikkiga bo‘lib, bir 
qismiga cho‘kma erib ketguncha ammoniy gidroksid eritmasidan qo‘shing. Hosil 
bo‘lgan eritmaning rangini cho‘kma rangi bilan taqqoslang. Kompleks birikmada Ni 
ning koordinatsion soni 6 ekanligini hisobga olib, reaksiya tenglamasini yozing; 
Reaksiya tenglamasi: ______________________________________________ 
Xulosa: __________________________________________________________
 
b) kumush ammiakatini hosil qilish 
Probirkaga osh tuzi eritmasidan 10-12 tomchi solib, ustiga cho‘kma tushguncha 
kumush nitrat eritmasidan qo‘shing. Reaksiya tenglamasini molekulyar va ionli 
shaklda yozing. Hosil bo‘lgan cho‘kma erib ketguncha ammiak eritmasidan 
qo‘shing. Kompleks birikmada Ag
+
ning koordinatsion soni 2 ekanligini hisobga 
olgan holda reaksiya tenglamasini yozing; 
Reaksiya tenglamasi: ______________________________________________ 
Xulosa: __________________________________________________________
 
c) mis ammiakatini hosil qilish 
Probirkaga mis (II) sulfat eritmasidan 10-12 tomchi solib, ustiga havo rang 
cho‘kma hosil bo‘lguncha ammiak eritmasidan tomchilab qo‘shing. So‘ngra 
cho‘kma erib ketguncha NH
4
OH eritmasidan qo‘shing. Cho‘kmaning erib ketishiga 
va hosil bo‘lgan eritma rangiga e’tibor bering. Hosil bo‘lgan kompleks birikmada 
Cu
2+
ning koordinatsion soni 4 ekanligini hisobga olib, cho‘kmaning hosil bo‘lishi 
va uning erishi hamda [Cu(NH
3
)
4
]SO
4
hosil bo’lish reaksiyasi tenglamalarini yozing. 
Reaksiya tenglamasi: ______________________________________________ 
Xulosa: __________________________________________________________
 
 


2 – tajriba. Uch valentli temirning oddiy va kompleks ionlari uchun 
xarakterli reaksiyalar 
a) ikkita probirka olib, birinchisiga 5-6 tomchi FeCl
3
eritmasidan, ikkinchisiga 
esa shuncha qizil qon tuzi K
3
[Fe(CN)
6
] eritmasidan quyib, har bir probirkaga bir-ikki 
tomchidan KSCN eritmasdan qo‘shing. Eritma rangining o‘zgarishiga e’tibor bering. 
Har ikkala probirkada ham reaksiya boradimi? Bu temir (III) ioniga xos reaksiyadir. 
Reaksiya tenglamasini molekulyar va ionli shaklda yozing; 
b) alohida probirkalarga 5-6 tomchidan FeCl
3
va K
3
[Fe(CN)
6
] eritmalaridan 
soling. Har qaysi probirkaga teng miqdorda FeSO
4
eritmasidan tomizing. FeCl
3
solingan probirkadagi eritma rangida o‘zgarish bo‘lmasdan, Fe
3
[Fe(CN)
6
] solingan 
probirkada trunbul ko‘ki Fe
3
[Fe(CN)
6
]
2
hosil bo‘ladi. Reaksiya tenglamasini 
molekulyar va ionli shaklda yozing. 
Тrunbul ko‘kining hosil bo‘lish reaksiyasi kompleks ion [Fe(CN)
6
]
3-
uchun 
xarakterlidir. 
Reaksiya tenglamasi: ______________________________________________ 
Xulosa: __________________________________________________________
 
3 – tajriba. Kompleks birikmalarda almashinish reaksiyasi 
Probirkaga 5-6 tomchi mis (II) sulfat eritmasidan solib, ustiga shuncha hajmda 
sariq qon tuzi K
4
[Fe(CN)
6
] eritmasidan qo‘shib aralashtiring. Hosil bo‘lgan cho‘kma 
Cu
2
[Fe(CN)
6
] rangiga e’tibor berib, reaksiyani molekulyar va ionli shaklda yozing. 
Reaksiya tenglamasi: ______________________________________________ 
Xulosa: __________________________________________________________
 

Download 107.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling