1. 0‘simliklar kelib chiqishi, o‘xshashlik darajasi va tarixiy rivojlanishiga qarab ma’lum … keltiriladi


Download 295.72 Kb.
bet4/9
Sana05.12.2020
Hajmi295.72 Kb.
#159694
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
6-sinf test-2017 tuzatilgani

G U L
1. Gulqo’rg’on bo’laklari qo’shilgan ipsimon poyali o’simlikni belgilang

A qo’ypechak B karnaygul C marmarak D t.j.y.

2. gulining gulqo‘rg‘oni yo‘qolib ketgan yoki tangachaga aylangan, bir jinsli, nisbatan tez o’sadigan o’simliklarni belgilang.

1) tol 2)terak 3) yong’oq 4)chinor 5)gazanda

A 1,2,3,4 B 1,2,3,5 C 1,2,3 D 3,4,5

3. Yopiq urug’li o’simliklarning jinsiy ko’payish organini belgilang.

A arxegoniy B gul C meva D urug’

4.Gul nima(lar)ning shakl o’zgarishidan hosil bo’lgan?

A barg B novda C gulqo’rg’on D A vaB

5. Gul nimalardan tashkil topgan?

1)gulband 2)gulqo’rg’on 3)gulo’rin 4)changchi 5)urug’chi

A 2,4,5 B 1,2,3,4,5 C 2,3,4,5 D 1,2,3

6.Gullarning xilma-xilligi …ga bog’liq.

A hayotiy shakl B o’sish sharoiti

C o’simlikning qaysi sistematik birlikka mansubligi

D B va C


7. Gulband nima?

A gulning hammasi qismlari joylashadigan joy

B yuqori qismi biroz kengaygan joy

C gulni novdaga biriktirib turadigan band

D A va C

8.Gulo’rin nima?

A gulning hammasi qismlari joylashadigan joy

B gulbandining yuqori qismidagi biroz kengaygan joy

C gulni novdasiga biriktirib turadigan band

D A va B


9. Gulband … bilan bir-biridan farq qiladi.

A tuzilishi B shakli C o’lchami D B va C

10.Qanday gullar o’troq gullar deyiladi ?

A changchi va urug’chisi shakllanmagan

B gulqo’rg’oni yo’q yoki tangachaga aylangan

C gulo’rni shakllanmagan

D gulbandi shakllanmagan

11. Gul necha qismdan tashkil topgan?

A 4 B 5 C 3 D 2

12. Gul qanday qismlardan tashkil topgan?

1)gultoj 2)gulkosacha 3)gulo’rin 4)changchi 5)urug’chi

A 1,2,4,5 B 1,2,3,4,5 C 1,4,5 D 2,4,5

13.Gulqo’rg’on nimalardan tashkil topgan?

1)gultoj 2)gulkosacha 3)gulo’rin 4)changchi 5)urug’chi

A 1,2,4,5 B 1,2 C 4,5 D 1,2,3

14.Gulning barcha a’zolari joylashadigan qismi qanday ataladi?

A gulqo’rg’on B gulband C gulo’rin D gultoj

15.Gulni tashqi tomondan o’rab turadigan qavat - …

A gulqo’rg’on B gulkosacha C gulo’rin D gultoj

16. Notog’ri fikrni belgilang

A barcha yopiq urug’li o’simliklar shakli o’zgargan novdaga ega

B shamol o’simliklarning suv bug’latishida ahamiyatga ega

C oddiy lavlagi 1-yili faqat vegetativ organlarni hosil qiladi

D t.j.y


17. Gulkosacha …ning yig’indisidan iborat.

A ostkosachabarg B tojbarg C gulkosachabarg

D A va C

18. Asosan yashil va boshqa ranglarda bo’ladi.

A gulqo’rg’on B gulkosacha C gulo’rin D gultoj

19.guldagi gulkosachadan ichkarida joylashgan gulqo’rg’on qavati.

A changchi B gulkosacha C gulo’rin D gultoj

20. Gultoj … lar yig’indisidan tashkil topgan.

A ostkosachabarg B tojbarg C gulkosachabarg

D A va C


21. U turli rangda bo’ladi.

A gulband B gulkosacha C gulo’rin D gultoj

22. … - gulqo’rg’on ichida joylashgan muhim qismi.

A changchi B gulkosacha C urug’chi D gultoj

23.Changchi nechta va qanday qismlardan tashkil topgan?

A 2; changdon va changchi

B 3; changdon, changchi, changchi ipi

C 2; changdon va changchi ipi

D 2; changchi va changchi ipi

24. Changdon nima orqali gulning qaysi qismiga bog’langan bo’ladi?

A changchi; gulqo’rg’on B changchi ipi; gulqo’rg’on

C changchi ipi; gulo’rin D changchi; gulo’rin

25.O’simlikda changchilarning bittadan yoki bir nechtadan bo’lishi nimaga bog’liq?

A changlanish xususiyatiga B gul tuzilishiga

C o’simlik turiga D joylashishiga

26.Changchi iplarining soni va shakli nimaga bog’liq?

A changchiga B o’simlik turiga C gulga D sharoitiga

27.Qaysi o’simlikning changchilari urug’chisida o’rnashgan?

A lola B olma C g’oza D ituzum

28. Gulning ichki qismlari keltirilmagan javobni belgilang.

A changchi, urug’chi B changchi C tuguncha Dt.j.y

29.Changchi iplari gulo’ringa qanday shakllarda joylashgan bo’ladi?

A alohida-alohida yoki qo’shilib

B qo’shilib yoki tutam hosil qilib

C alohida-alohida yoki tutam hosil qilib

D alohida-alohida, tutam hosil qilib yoki qo’shilib

30. Changchining qaysi qismi ayrim o’simliklarda bo’lmasligi ham mumkin?

A changdon B changchi C changchi ipi

D changdon va changchi ipi

31.Gulning o’rtasida markazida joylashgan eng muhim qismi - …

A changchi B gulkosacha C urug’chi D gultoj

32. Urug’chi qanday qismlardan tashkil topgan?

A 2; changchi va changchi ipi

B 3; tuguncha, ustuncha va og’izcha

C 3; urug’kurtak, markaziy va tuxum hujayra

D 3; tuguncha, ustuncha va tumshuqcha

33.Urug’chining kengaygan pastki qismi - …

A tumshuqcha B ustuncha C tuguncha

D urug’kurtak

34.Yopiq urug’li o’simliklarda urug’kurtak qayerda joylashgan bo’ladi?

A arxegoniy B tuguncha C murtak D ustuncha

35.Meva asosan gulning qaysi qismidan hosil bo’ladi?

A arxegoniy B tuguncha C murtak D ustuncha

36.Tugunchalar gulning boshqa a’zolariga nisbatan joylanishiga qarab qanday bo’ladi?

A bir va ko’p uyali B ostki va ustki

C Oddiy va murakkab D bir va ikki jinsli

37.Tugunchalar tuzilishiga ko’ra qanday bo’ladi?

A bir va ko’p uyali B ostki va ustki

C Oddiy va murakkab D bir va ikki jinsli

38.Tugunchaga xos bo’lmagan belgilar keltirilgan javobni belgilang

A uning ichida urug’kurtak joylashgan

B bir va ko’p uyali bo’ladi C ostki va ustki bo’ladi

D chang donachalarini ushlab qolish vazifasini bajaradi

39.Urug’chining o’rta qismi qanday ataladi?

A tumshuqcha B tuguncha C og’izcha D ustuncha

40.Ustunchaning vazifasi nimadan iborat?

A chang donalarini ushlab qoladi

B ichida urug’kurtak yetiladi

C meva hosil qilishda ishtirok etadi

D tuguncha va tumshuqchani birlashtirib turadi

41.Uning ichi g’ovak bo’ladi.

A tumshuqcha B tuguncha C og’izcha D ustuncha

42.U urug’chi(ustuncha)ning eng yuqori qismi –uchi hisoblanadi

A tumshuqcha B tuguncha C og’izcha D ustuncha

43.Tumshuqchaning vazifasi nimadan iborat?

A chang donalarini ushlab qoladi

B ichida urug’kurtak yetiladi

C meva hosil qilishda ishtirok etadi

D tuguncha va tumshuqchani birlashtirib turadi

44. Gulqo’rg’onning vazifasi nima(lar)dan iborat?

A gul ochilguncha changchi va urug’chilarni o’rab, tashqi ta’sirdan saqlab turadi

B meva hosil qilishda ishtirok etadi

C hasharotlarni o’ziga jalb qiladi

D hammasi

45. Gulqo’rg’on qanday bo’ladi?

A oddiy va murakkab B bir yoki ko’p a’zoli

C ostki yoki ustki D hammasi

46. Oddy gulqo’rg’on deb nimaga aytiladi?

A gulqo’rg’on bo’laklarining rangi asosan bir xil bo’ladi

B yashil rangli gulkosachadan tashkil topgan bo’ladi

C faqat gultojdan tashkil topgan bo’ladi

D hammasi

70. Bir jinsli gul deb nimaga aytiladi?

A agar gulda urug’chi va changchi bo’lsa

B agar o’simlikda faqat urug’chili gul bo’lsa

C agar o’simlikda faqat urug’chili yoki changchili gul bo’lsa

D agar gulda faqat urug’chi yoki changchining o’zi bo’lsa

47.Gultojsimon oddiy gulqo’rg’onli o’simlikni belgilang.

A g’o’za B lavlagi C sachratqi D lola

49. Murakkab gulqo’rg’on deb nimaga aytiladi?

A gulqo’rg’on bo’laklarining rangi asosan bir xil bo’ladi

B yashil rangli gulkosachadan tashkil topgan bo’ladi

C faqat gultojdan tashkil topgan bo’ladi

D gulkosacha va gultojdan tashkil topgan bo’ladi

50. Murakkab gulqo’rg’onli o’simliklarni belgilang.

1)marmarak 2)o’sma 3)olma 4)nok 5)lola 6)karnaygul 7)boychechak 8)olcha 9)qo’ypechak 10)chuchmoma 11)gulsafsar 12)g’o’za

A 1,6,9,11 B 5,7,10,11 C 2,3,4,5,7,12 D 3,4,8,12

51. Gulqo’rg’on bo’laklari qo’shilgan o’simliklarni belgilang.

1)marmarak 2)o’sma 3)olma 4)nok 5)lola 6)karnaygul 7)boychechak 8)olcha 9)qo’ypechak 10)chuchmoma 11)gulsafsar 12)g’o’za

A 1,6,9 B 5,7,10,11 C 2,3,4,5,7,12 D 3,4,8,12

52. Gulqo’rg’on bo’laklari qo’shilmagan o’simliklarni belgilang.

1)marmarak 2)o’sma 3)olma 4)nok 5)lola 6)karnaygul 7)boychechak 8)olcha 9)qo’ypechak 10)chuchmoma 11)gulsafsar 12)g’o’za

A 1,6,9 B 5,7,9,10,11 C 2,3,4,5,7,12 D 1,3,4,8,12

53.Yong’oq, terak o’simliklarining gullariga xos belgini aniqlang.

A gulqo’rg’onsiz B oddiy gulqo’rg’onli

C gulqo’rg’on bo’lagi qo’shilmagan

D gulqo’rg’on bo’lagi qo’shilgan

54. Gulqo’rg’oni yo’qolib ketgan yoki tangachaga aylangan o’simliklarni belgilang.

A tok, terak, tut, yong’oq B yong’oq, tok, tut, tol

C terak, yong’oq, tol, tut D terak, tol, yong’oq, tok

55. Gul tuzilishi bilan tanishishni osonlashtirish maqsadida …dan foydalaniladi.

A gul formula B gul diagrammasi C A va B

D sxema

56. Gul diagrammasi deb nimaga aytiladi?



A gul tuzilishining sonlar bilan ifodalanishiga

B gul tuzilishining sxema bilan ifodalanishiga

C gulning tashqi tuzilishi va shaklining chizmalar bilan ifodalanishiga

D Gul qismlarining nomi shu qismning boshlang’ich harflari va sonining raqamlar bilan ifodalanishiga

58. Gul formulasini yoziladigan vaqtda agar halqadagi gul qismlari qo’shilmagan bo’lsa qanday holatda yoziladi?

A qavs ichiga olinmaydi B “~” belgisi qo’yiladi

C qavs ichiga olinadi D vergul bilan ajratib yoziladi

59. Gul formulasini yoziladigan vaqtda agar halqadagi gul qismlari qo’shilgan bo’lsa qanday holatda yoziladi?

A qavs ichiga olinmaydi B “~” belgisi qo’yiladi

C qavs ichiga olinadi D vergul bilan ajratib yoziladi

60. Gul formulasini yoziladigan vaqtda agar halqadagi gul qismlarining soni ko’p bo’lsa qanday holatda yoziladi?

A qavs ichiga olinmaydi B “~” belgisi qo’yiladi

C qavs ichiga olinadi D vergul bilan ajratib yoziladi

61. Gul formulasini yoziladigan vaqtda agar halqada uchrashi kerak bo’lgan gul qismlari rivojlanmagan bo’lsa qanday holatda yoziladi?

A yozilmay tashlab ketiladi B “0” belgisi qo’yiladi

C “~” belgisi qo’yiladi D vergul bilan ajratib yoziladi

62.Agar gul qismlari bir emas ikki yoki undan ortiq halqada joylashgan bo’lsa qanday yoziladi?

A har bir halqa qismlari vergul bilan ajratib yoziladi

B “~” belgisi qo’yiladi C har biri qavs ichiga olinadi

D har biri halqadan so’ng “+” belgisi qo’yiladi

63. Quyidagi gul tuzilishlari va o’simliklarni juftlab yozing.

a)achambiti b)sachratqi c)lola d)olxo’ri

1)gulkosachabarglari rivojlanmagan 2)gultoji 6ta 3)gulkosachabargi 5ta 4) gultoji 5ta 5)gulkosachabargi va gultoji 4tadan 6)gulqo’rg’oni oddiy 7)gultojlari 2 halqada joylashgan 8)changchilari 2 halqada joylashgan 9)changchisi 6ta 10)urug’chisi bitta 11)urug’chisi 2ta urug’chibargning qo’shilishidan hosil bo’lgan 12)urug’chisi 3ta urug’chibargning qo’shilishidan hosil bo’lgan 13)changchilari cheksiz 14)gultojbarglari qo’shilgan 15)gultojbarglari qo’shilmagan 16)changchisi 5ta qo’shilgan

A a-5,8,9,10,11,15; b-1,4,10,11,14,16; c-2,6,7,8,9,10, 12,15; d-3,4,10,13,15;

B a-5,9,10,11,15; b-1,4,11,14,16; c-2,6,7,8,9,10, 12,15; d-3,4,10,13,15;

C a-5,8,9,10,11,15; b-1,4,10,11,14,16; c-2,6,7,8,9,10, 12,15; d-3,4,10,13,14; D t.j.y

64. Jag’-jag’ o’simligining ikkinchi nomini belgilang.

A sachratqi B kovul C qoqio’t D achambiti

65.Achambitining gul formulasini to’g’ri belgilang.

A Gk5 Gt5 Ch~ U1 B Gk0 Gt(5) Ch(~) U(2)

C Gk4 Gt4 Ch4+2 U(2) D Gk4 Gt4+2 Ch4+2 U1

66.Olxo’rining gul formulasini to’g’ri belgilang.

A Gk5 Gt5 Ch~ U1 B Gk0 Gt(5) Ch(~) U(2)

C Gk4 Gt4 Ch4+2 U(2) D Gk4 Gt4+2 Ch4+2 U1

67.Lolaning gul formulasini to’g’ri belgilang.

A Gk5 Gt5 Ch~ U1 B Gk0 Gt(5) Ch(~) U(2)

C Og3+3 Ch3+3 U(3) D Og3+3 Ch3+3 U1

68.Sachratqining gul formulasini to’g’ri belgilang.

A Gk5 Gt5 Ch~ U1 B Gk0 Gt(5) Ch(5) U(2)

C Gk5 Gt(5) Ch(5) U(2) D Gk0 Gt(5) Ch5 U1

69. Gul formulasi orqali nimani aniqlash mumkin?

A gulning tuzilishini B qaysi oilaga mansubligini

C hammasi D sxema bilan ifodalanishini

71. Barglari qarama-qarshi joylashgan bir jinsli o`simlik(lar)ni belgilang?

A.gazanda B.terak C.qayin D.gazanda, terak

72. Qanday turdagi gulga changchili gul deyiladi?

A agar gulda faqat changchi bo’lsa

B agar o’simlikda faqat changchili gul bo’lsa

C agar o’simlikda faqat urug’chili yoki changchili gul bo’lsa

D agar gulda urug’chi yoki changchining o’zi bo’lsa

73. Qanday turdagi gulga urug’chili gul deyiladi?

A agar gulda faqat urug’chi bo’lsa

B agar o’simlikda faqat urug’chili gul bo’lsa

C agar o’simlikda faqat urug’chili yoki changchili gul bo’lsa

D agar gulda urug’chi yoki changchining o’zi bo’lsa

74.Bir jinsli gullarga ega bo’lgan o’simliklarni belgilang.

1)terak 2)tut 3)gazanda 4)tol 5)qayin 6)yong’oq 7)makkajo’xori 8) qovoq

A 2,3,4,5 B hammasi C 1,3,4 D 1,2,3,4,5,7

75.Ikki jinsli gul deb qanday turdagi gulga aytiladi?

A agar gulda urug’chi va changchi bo’lsa

B agar o’simlikda faqat urug’chili gul bo’lsa

C agar o’simlikda urug’chili va changchili gul bo’lsa

D agar gulda urug’chi yoki changchining o’zi bo’lsa

76.Quyidagi o’simliklardan ayrim jinsli bo’lmaganlarini belgilang.

1)terak 2)tut 3)gazanda 4)tol 5)qayin 6)yong’oq 7)makkajo’xori 8)shaftoli 9)olma 10)o’rik 11)gilos

A 8,9,10,11 B 1,6,7,8,9,10,11 C 1,3,4 D 2,3,4,5

77. Qaysi o’simlik(lar)ning bitta tupida ham changchili ham urug’chili gul alohida-alohida joylashgan bo’ladi?

A qovoq B makkajo’xori C tol D A va B

78. Changchili gullari bir tupda, urug’chili gullari boshqa bir tupda joylashgan o’simliklarni belgilang.

1)terak 2)tut 3)gazanda 4)tol 5)qayin 6)yong’oq 7)makkajo’xori 8)qarag’ay 9)archa

A 7 B 1,3,4,8 C 1,3,4 D 1,3,4,9

79.Quyidagi o’simliklardan qaysi birining changchilari 2 ta bo’ladi?

A yong’oq B tol C tok D terak

80.O’zi ayrim jinsli bo’lib urug’chili va changchili gullari (har ikkalasi) to’pgul hosil qiladigan o’simlik(lar)ni belgilang.

1) yong’oq 2) tol 3) tok 4) makkajo’xori

A 1,2,3,4 B 2,4 C 2 D 1,3

81. Gullar simmetriyasiga ko’ra qanday bo’ladi?

A bir va ikki jinsli B oddiy yoki murakkab

C o’troq yoki bandli D to’g’ri yoki qiyshiq

82.To’g’ri gul deb nimaga aytiladi?

A gul faqat teng ikki bo’lakka ajralsa

B umuman teng bo’lakka ajralmasa

C agar gulqo’rg’on ikkitadan ortiq teng bo’lakka ajralsa

D A va B


83. To’g’ri gulli o’simliklarni belgilang.

1)shaftoli 2)olma 3)na’matak 4)gladiolus 5)nastarin 6)isfarak 7)lola 8)behi 9)rayhon 10)marmarak 11)binafsha 12)qo’ng’iroqgul 13)parpi 14)kiyiko’t 15)loviya 16)burchoq 17)suvyig’ar 18)angishvonagul 19)beda

A 1,2,5,7,8 B 4,5,6,9,10,14,15,16,19

C 1,2,3,7,8,12,17 D 4,5,6,9,10,11,13,14,15,16,18,19

84. Qiyshiq gulli o’simliklarni belgilang.

1)shaftoli 2)olma 3)na’matak 4)gladiolus 5)nastarin 6)isfarak 7)lola 8)behi 9)rayhon 10)marmarak 11)binafsha 12)qo’ng’iroqgul 13)parpi 14)kiyiko’t 15)loviya 16)burchoq 17)suvyig’ar 18)angishvonagul 19)beda

A 1,2,5,7,8 B 4,5,6,9,10,14,15,16,19

C1,2,3,7,8,12,1 D 4,5,6,9,10,11,13,14,15,16,18,19

85. Gulqo’rg’on bo’laklari qo’shilgan o’simliklarni belgilang

1)angishvonagul 2)binafsha 3)suvyig’ar 4)qo’ng’roqgul 5)marmarak 6) g’oza

A 1,4,5 B 4,5,6 C 1,2,5 D 2,3,6

86. Ayrim jinsli gullarning qaysi xususiyatiga qarab o’simliklar bir yoki ikki uyliga bo’linadi?

A gulda changchi yoki urug’chining uchrashiga qarab

B ayrim jinsli gullarning o’simlikda joylashishiga qarab

C urug’chili va changchili gullarning tuzilishiga qarab

D ayrim jinsli gullarning changlanish xususiyatiga qarab

87.Tumshuqchasi ikkiga ajralgan o`simlik(lar)ni toping.

A lola, g`o`za,tol B tol,makkajo`xori

C tol, yong`oq D tol

88. Ikki yillik, gullari soyabon to’pgulga yig’ilgan o’simlikni belgilang

A piyoz B shivit C sabzi D bodiyon

89. Gullari kalta gulpoyada o’rnashgan o’simliklarni belgilang

1.olma 2.rediska 3.makkajo’xori 4.gilos 5.karam 6.sebarga 7.qurtana 8.nok 9.piyoz 10.olcha

A 1,4,8 B 2,5,7 C 3,6 D1,4,6,8,10

90.Bitta umumiy bandda (gulpoyada) bir nechta gul joylashgan bo’lsa, unga … deyiladi.

A o’troq gul B shoxlangan gul C to’pgul

D shingil

91.To’pgul hosil qilmaydigan yakka-yakka gulli o’simliklarni belgilang.

A gilos, nok, olcha, olma B lola, nok, behi, shaftoli

C behi, lola, binafsha D behi, shaftoli, binafsha

92. To’pgulning o’simliklar hayotidagi ahamiyati nimadan iborat?

A o’simliklarning changlanish ehtimolligini oshiradi

B gulning ichki qismlarini tashqi noqulay sharoitdan himoya qiladi

C o’simlikning keng tarqalishida xizmat qiladi

D hammasi

93.to’pgullar … … bo’ladi.

A bir va ikki jinsli B oddiy yoki murakkab

C o’troq yoki bandli D to’g’ri yoki qiyshiq

94.Oddiy to’pgul(a) va murakkab to’pgullar(b)da gulpoyaning tuzilishini belgilang.

1)shoxlangan 2)shoxlanmagan

A a-1; b-2; B a-2; b-1; C a-1; b-1; D a-2; b-2;

95.Qaysi to’pgulda turlicha uzunlikdagi gulbandli gullar kalta gulpoyada navbat bilan joylashadi?

A oddiy boshoq B oddiy qalqon C oddiy shingil

D kuchala

97.Qaysi turdagi to’pgulning yuqori qismining uzunligi bir xilda bo’ladi?

A oddiy boshoq B oddiy qalqonsimon C savatcha

D oddiy shingil

98. Qaysi turdagi to’pgulda mayda gullar uzun gulpoyada bandsiz joylashadi?

A oddiy boshoq B oddiy qalqonsimon C savatcha

D oddiy shingil

99.Oddiy boshoq to’pgulga ega bo’lgan o’simlikni belgilang.

A qashqarbeda B zubturum C bodiyon D rovoch

100.Qaysi o’simlikning mayda gullari uzun gulpoyada bandsiz joylashadi?

A makkajo’xorining urug’chili guli

B kelin supurgi C zubturum D jag’-jag’

101. Gulpoyaning pastki qismidagi gullarining bandi yuqoridagilariga nisbatan uzunroq bo’lgan to’pgul qaysi

A oddiy boshoq B oddiy qalqonsimon C savatcha

D oddiy shingil

102. Yo‘g‘on va uzun gulpoyada bandsiz gullar joylashgan to‘pgul … deyiladi.

A kallakcha B so’ta C savatcha D kuchala

103. Bandsiz gullarga ega to’pgullarni belgilang.

1) shingil 2)oddiy boshoq 3)qalqoncha 4)so’ta 5)boshcha 6)soyabon 7)savatcha 8)kuchala

A 1,3,6,7 B 2,4,5 C 1,6,8 D hammasi

104. Gullari kalta va yo‘g‘on gulpoyada bandsiz joylashib, sharsimon shakldagi to’pgul va o’simlik.

A so’ta, makkajo’xori B kallakcha, sebarga

C savatcha, qoqio’t D oddiy boshoq, zubturum

105. Gulpoyada gullari bir xil uzunlikdagi(1) va turlicha uzunlikdagi(2) gulbandli to’pgulli o’simlik(lar)ni belgilang.

A 1-karam 2-olma B 1-gilos 2-oqqayin

C 1-piyoz 2-nok D 1-olcha 2-piyoz

106. Gulpoyasining uchi etdor likopchasimon kengaygan to‘pgul … deyiladi.

A so’ta B kallakcha C savatcha D kuchala

107. Sharsimon shaklli to’pgulga ega o’simlik

A piyoz B makkajo’xori C sebarga D qoqio’t

108. Makkajo’xorini urug’chili(1) va changchili(2) to’pgullarini belgilang.

A 1-so’ta 2-kuchala B 1-kallakcha 2-murakkab shingilli boshoqcha

C 1-ro’vak 2-so’ta D 1-so’ta 2- murakkab shingilli boshoqcha

109. Oddiy soyabonli o’simlikni belgilang

A sabzi B kungaboqar C piyoz D bodiyon

110. Savatcha to’pgulli bir yillik va ko’p yillik o’t o’simliklarni belgilang

A kungaboqar va shuvoq B qoqio’t va kungaboqar

C zubturum va piyoz D kungaboqar va qoqio’t

111. Bo’yi 1 m dan ham oshadigan tayanch ildizlarga ega, bir uyli o’simlikning to’pgul tuzilishini belgilang

A to‘pgulida joylashgan gullar bir xil uzunlikdagi bandi bilan gulpoyaning uchki qismida joylashadi

B gullari kalta va yo‘g‘on gulpoyada bandsiz joylashib, sharsimon shaklda bo’ladi

C yo‘g‘on va uzun gulpoyada bandsiz gullar joylashgan

D gullar uzun gulpoyada gulbandlari yor damida navbat bilan joylashadi

112. Qaysi turdagi to’pgulda gullar uzun bandi bilan joylashgan bo’ladi?

A oddiy boshoq B oddiy qalqonsimon C savatcha

D oddiy shingil

113. Karam, rediska, jag`-jag`, qurttananing gullari gulpoyaga uzun bandi bilan poyada qanday tartibda o`rnashgan?

A ketma-ket B qarama-qarshi C halqa hosil qilib D A va B javoblar to`g`ri

114.Shoxlanmagan shingil to’pgulga ega bo’lgan o’simliklarni belgilang.

1)tok 2)sholi 3)karam 4)yong’oq 5)tol 6)ukrop 7)shashir 8)rediska 9)bodiyon 10)qamish 11)qashqarbeda 12)qurttana 13)achambiti 14)sabzi 15)nastarin 16)kelin supurgi 17)rovoch 18)otquloq 19)oqqayin 20)petrushka

A 3,8,12 B 1,2,10,15,16,17,18 C 3,8,11,12,13

D 6,7,9,14,20

115. Shoxlangan soyabonga ega bo’lgan o’simliklarni belgilang.

1)tok 2)sholi 3)karam 4)yong’oq 5)tol 6)ukrop 7)shashir 8)rediska 9)bodiyon 10)qamish 11)qashqarbeda 12)qurttana 13)achambiti 14)sabzi 15)nastarin 16)kelin supurgi 17)rovoch 18)otquloq 19)oqqayin 20)petrushka

A 3,8,12 B 1,2,10,15,16,17,18 C 3,8,11,12,13

D 6,7,9,14,20

116.Bodiyon o’simligining gullari qanday to’pgulda yig’ilgan?

A murakkab soyabon B ro’vak Csavatcha D shingil

117.Murakkab boshoqqa xos bo’lgan xususiyatlarni belgilang.

1)asosan boshoqli o’simliklarda uchraydi 2)mayda gullar uzun gulpoyada bandsiz joylashadi 3)2-3ta gul birlashib oddiy boshoqni hosil qiladi 4)2-3ta gul birlashib murakkab boshoqni hosil qiladi 5)asosiy gulpoya shoxlangan bo’ladi 6)bir nechta boshoq birlashib murakkab boshoqni hosil qiladi 7)bug’doy, arpa, javdar va bug’doyiqda uchraydi 8)zubturumda uchraydi 9)asosiy gulpoya shoxlanmagan bo’ladi

A 1,3,5,6,7 B 1,2,4,5,6,7 C 2,3,6,8,9 D 1,4,5,6,7

118.Shoxlangan shingil to’pgulga ega bo’lgan o’simliklarni belgilang.

1)tok 2)sholi 3)karam 4)yong’oq 5)tol 6)ukrop 7)shashir 8)rediska 9)bodiyon 10)qamish 11)qashqarbeda 12)qurttana 13)achambiti 14)sabzi 15)nastarin 16)kelin supurgi 17)rovoch 18)otquloq 19)oqqayin 20)petrushka

A 3,8,12 B 1,2,10,15,16,17,18 C 3,8,11,12,13

D 6,7,9,14,20

119.Gulpoyasi shoxlanmaydigan o’simliklarni toping.

1)olcha 2)zupturum 3)otquloq 4)arpa 5)shashir 6)bodiyon 7)qashqarbeda 8)gilos

A 3,4,5,6 B1,2,5,6 C 1,2,7,8 D 2,4,5,8

120.Yong’oq va tol uchun umumiy bo’lgan xususiyat(lar)ni belgilang.

1)gulqo’rg’o’nsiz 2)ayrim jinsli 3)changchili guli to’pgul hosil qiladi 4)urug’chili guli to’pgul hosil qiladi 5)to’pguli kuchala 6)to’pguli ro’vak 7)to’pgulning asosiy gulpoyasi osilib turadi

A 1,2,3,4,5,7 B 1,2,3,5,7 C 4,6 D 6

121.Yong’oq va tol uchun umumiy bo’lmagan xususiyat(lar)ni belgilang.

1)gulqo’rg’o’nsiz 2)ayrim jinsli 3)changchili guli to’pgul hosil qiladi 4)urug’chili guli to’pgul hosil qiladi 5)to’pguli kuchala 6)to’pguli ro’vak 7)to’pgulning asosiy gulpoyasi osilib turadi

A 1,2,3,4,5,7 B 1,2,3,5,7 C 4,6 D 6

122.Qaysi o’simliklarning changchili gullari kuchala to’pgulda yig’ilgan bo’ladi?

A yong’oq, terak, oqqayin B oqqayin, tok, yong’oq

C tut, oqqayin, yong’oq D oqqayin, yong’oq, tol

123.Qaysi to’pgullar turli xillarga mansub bo’lsada lekin o’zaro o’xshaydi?

A kuchala va ro’vak B oddiy va murakkab soyabon

C shingil va ro’vak D boshoq va kuchala

124. Sholi va suli o`simligi uchun umumiy bo`lgan xususiyatni belgilang

A hayotiy shakl B to`pguli C ildizpoyasi D hammasi

125.Boshoq qaysi jihati bilan kuchala to’pguldan farq qiladi?

A bitta umumiy gulpoyada bir nechta gul joylashadi

B asosiy gulpoyasi osilib turadi

C asosiy gulpoyasi osilib turmaydi

D asosan changchili gullarda uchraydi

126. Quyida keltirilganlardan 3 bargchali o’simlikni belgilang

Aqashqarbeda B yantoq C sachratqi D qayrag’och

127.Quyida keltirilganlardan 3 bargchali o’simlikni belgilang

A qulupnay B ravoch C no’xat D qarag’ay

128. Qaysi o’simliklarning guli gulpoyasi uchidagi savatchada joylashgan bo’ladi?

1)karrak 2)kungaboqar 3)kartoshkagul 4)ermon 5)shuvoq 6)bo’tako’z 7)sachratqi

A 1,2,4,5,6,7 B hammasi C 2,3,4,5,7 D 1,2,3,4,5,6

129.Savatcha to’pgulning atrofi nima bilan o’ralgan bo’ladi?

A jinssiz gullar bilan B naychasimon gullar bilan

C tilchasimon gullar bilan D o’rama bargchalar bilan

130.To’pgullar juftlab ko’rsatilgan javobni belgilang:

1) xarduma 2) qashqarbeda 3) sholi 4)shashir 5)karrak 6) olcha 7) qamish

a) oddiy shingil b) yakka gulli c) murakkab soyabon d)ro’vak e)murakkab boshoq f)savatcha g)qalqonsimon

A 1-e;2-a;3-e;4-d;5-f;6-b;7-d;

B 1-e;2-a;3-d;4-c;5-f;6-g;7-d;

C 1-f;2-a;3-e;4-c;5-g;6-b;7-e;

D 1-d;2-g;3-a;4-f;5-e;6-g;7-c;

131.Qoqio’t va kungaboqar uchun umumiy bo’lgan xususiyatni belgilang.

A hayotiy shakl B to’pgul C uchrash joyi

D quyosh nuriga nisbatan munosabati

132. Ituzum, pomidor va kartoshkaning to’pgulini belgilang.

A shingil B ro’vak C gajak D kallakcha

133.Ziradoshlar oilasiga xos bo’lgan to’pgul - …

A qalqon B boshoq C shingil D soyabon

134. Ayrim jinsli gullari turli xildagi to’pgullarda (urug’chili gullari so’ta, changchili gullari ro’vak) joylashgan o’simlikni belgilang.

A yong’oq B tol C makkajo’xori D sholi

135. Changchisi 6ta urug’chi tumshuqchasi 3ta bo’lgan o’simlikni belgilang.

A g’o’za B oshpiyoz C tol D lola

136.Murakkab gulqo`rg`onli va gulqo`rg`on bo`laklari qo`shilmagan o`simliklarni aniqlang?

1.o`sma 2.boychechak 3.marmarak 4.nok 5.olcha 6.gulsafsar 7.karnaygul 8.olma 9.lola 10.g`o`za 11.qo`ypechak

A.3,7,11 B.4,5,8,10 C.1,2,4,8,9,10 D.1,4,5,8,10

139. Makkajo`xori o`simligining changchili guli-(1)….. va urug`chili guli-(2)….. to`pgul hosil qiladi.

A.1-murakkab boshoq 2-so`ta

B.1-so`ta 2- murakkab shingilli boshoqcha

C.1-oddiy shingil 2-murakkab shingilli boshoqcha

D.1- murakkab shingilli boshoqcha 2-so`ta

140. Barglari novdada ketma-ket o'rnashgan, gullari qiyshiq o'simliklarni aniqlang.

1) kiyiko't; 2) beda; 3) loviya; 4) marmarak bargi; 5) isirg'ao't; 6) nastarin; 7) rayhon; 8) afsonak.

A) 2, 4, 6, 8 B) 2, 3, 5, 8 C)1,2,3,7 D)1,6,7

141. Murakkab shingil to‘pguli asosiy gulpoyada joylashgan shingillardan(a) yoki boshoqchalardan(b) iborat o’simliklarni belgilang

1)nastarin, 2)makkajo‘xorining urug’chili gullari, 3)sholi, 4.boychechak 5.marmarak 6.suli 7.tok 8. pomidor 9. makkajo‘xorining changchili gullari

A a-2,3,6 b-1,4,9 B a-4,5,8 b-9

C a-1,7 b-2,3,6 D a-1,7 b-3,6,9

142. Gullari yo’g’on gulpoyada o’rnashgan o’simliklarni belgilang

1.olma 2.rediska 3.makkajo’xori 4.gilos 5.karam 6.sebarga 7.qurtana 8.nok 9.piyoz 10.olcha

A 1,4,8 B 2,5,7 C 3,6 D1,4,6,8,10



Download 295.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling