1. 0‘simliklar kelib chiqishi, o‘xshashlik darajasi va tarixiy rivojlanishiga qarab ma’lum … keltiriladi


Download 295.72 Kb.
bet2/9
Sana05.12.2020
Hajmi295.72 Kb.
#159694
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
6-sinf test-2017 tuzatilgani


16.Ildiz tizimining o`lchami va tuzilishi nima(lar)ga bog’liq?

1) suv va oziq bilan ta’minlanganligiga

2)ildizining shoxlanishiga 3)tashqi muhit omillariga 4)tuproq unumdorligiga 5) qo`shimcha ildizlarga 6) o`simliklar turiga

A1,3,4,6 B 2,3,4,5,6 C 2,3,4,6 D 2,4,5,6

17.Ildiz tizimi tuzilishiga ko’ra qanday guruhlarga bo’linadi?

A 2; o’q ildiz va popuk ildiz

B 3; asosiy, yon, qo’shimcha

C 5; asosiy, yon, qo’shimcha o’q ildiz va popuk ildiz

D ko’p; yo’g’on, ingichka, yassi yoki yumaloq, kalta uzun

18.Murtakdagi boshlang’ich ildiz rivojlanishi jarayonida o’sishda davom etsa, undan … ildiz hosil bo’ladi.

A asosiy B o'q C yon D qo'shimcha

19.O’q ildiz tizimi qaysi o’simliklar guruhiga xos?

A ikki pallali B bir pallali C ochiq urug’li

D qirqquloqlar

21. O’q ildiz tizimi xos bo’lgan ikki pallalilar sinfi vakillaridan madaniy bo’lmaganlarini belgilang.

1)terak 2)mosh 3)do’lana 4)olma 5)loviya 6)no’xat 7)g’o’za 8)saksovul 9)o’rik 10)nok 11)qovun 12)tarvuz 13)na’matak

A 8 B 1,8,13 C 3,8,13 D2,3,8

22. O’q ildiz tizimi xos bo’lgan ikki pallalilar sinfi vakillaridan madaniylarini belgilang.

1)terak 2)mosh 3)do’lana 4)olma 5)loviya 6)no’xat 7)g’o’za 8)saksovul 9)o’rik 10)nok 11)qovun 12)tarvuz 13)na’matak

A1,2,3,4,5,6,7,9,10,11,12,13 B 1,2,4,5,6,7,9,10,11,12

C 1,2,4,5,6,7,9,10,11,12,13 D 2,4,5,6,7,9,10,11,12

23.Oziq moddalarni to’plovchi ildizlar-ildizmevalarni hosil qiluvchilarni belgilang.

1)asosiy 2)o'q 3)yon 4)qo'shimcha

A faqat 1 B faqat 2 C 1,2 D 1,3

24. Ovqatga ishlatiladigan, ildizida oziq moddalar to'planadigan o'simliklarni belgilang.

1)qizil lavlagi 2)sabzi 3)rediska 4)turp 5)sholg'om

6)karam 7)piyoz 8)kartoshka

A 1,2,3,4,5 B1,2,3,4,5,8 C 1,2,3,4,5,6 D 1,2,3,4,5,7

25.Agar murtakdagi boshlang'ich ildiz o'sishda davom etmasa qanday jarayon sodir bo'ladi?

1) murtakdagi boshlang'ich poyadan bir-biriga o'xshash bir to'p mayda yon ildizlar o'sib chiqadi 2)boshlang'ich poyada, poyaning yerga yaqin yoki yerga tegib turgan qismidan qo'shimcha ildizlar o'sib chiqadi 3)popuk ildiz tizimi hosil bo'ladi

A 1,2,3 B 1,3 C 2,3 D faqat 3

26.Popuk ildiz tizimi o'simliklarning qaysi guruhiga xos?

A ikki pallali B bir pallali C ochiq urug’li

D qirqquloqlar

28. Bug'doydoshlarning rivojlanish jarayonida qaysi ildiz(tizim)i ko'p yashamaydi ko'p o'tmay nobud bo'ladi?

A yon B o'q ildiz C asosiy D qo'shimcha

29. Bug'doyning murtakdagi ildizchasidan dastlab qaysi ildiz rivojlanadi?

A yon B o'q ildiz C asosiy D qo'shimcha

30. Bug'doyning murtagidan o'sib chiqqan asosiy ildiz nobud bo'lgach bir to'da mayda, bir-biriga o'xshash ildizlar rivojlanadi. Shu ildizlarning nomini belgilang.

A yon B o'q ildiz C asosiy D qo'shimcha

31. Qo'shimcha ildiz tizimi deb nimaga aytiladi?

A boshlang'ich poyadan o'sib chiqqan ildizlar

B boshlang'ich ildizdan o'sib chiqqan ildizlar

C poyaning yerga tegib turgan yoki yerga yaqin qismidan rivojlangan ildizlar D A va C

32.Qo'shimcha ildiz tizimi xos bo'lgan bir urug'pallali o'simliklarni belgilang.

1)makkajo'xori 2)qulupnay 3)kartoshka 4)ajriq 5)bug'doy

A 1,2,3,4 B 1,4 C 2,3 D 1,4,5

33. Ildizlar tuzilishiga ko'ra qanday bo'ladi?

A 2; o’q ildiz va popuk ildiz

B 3; asosiy, yon, qo’shimcha

C 5; asosiy, yon, qo’shimcha o’q ildiz va popuk ildiz

D ko’p; yo’g’on, ingichka, yassi yoki yumaloq, kalta uzun

34. Qo'shimcha ildiz tizimi xos bo'lgan ko’p yillik o'simliklarni belgilang.

1)makkajo'xori 2)qulupnay 3) oqjo’xori 4)ajriq 5)bug'doy 6) kartoshka 7) ban’yan.

A 1,2,3,4 B 2,4,7 C 2,6 D 2,4,6,7

35 Ildizlar kelib chiqishiga ko‘ra qanday ildizlarga bo‘linadi

A asosiy B yon C qo‘shimcha D A,B,C

36. O’simlikka tuproq tortilganda qaysi ildiz hosil bo‘ladi?

A asosiy B o'q C yon D qo'shimcha

37.Ildizdan preparat tayyorlab mikroskop ustida ko'rish uchun nima qilinadi?

A ko'ndalangiga yupqa parrak kesib olinadi va buyum oynasidagi spirtga qo'yiladi

B uzunasiga yupqa parrak kesib olinadi va buyum oynasidagi spirtga qo'yiladi

C ko'ndalangiga yupqa parrak kesib olinadi va buyum oynasidagi suv tomchisi yoki glitseringa qo'yiladi

D uzunasiga yupqa parrak kesib olinadi va buyum oynasidagi suv tomchisi yoki glitseringa qo'yiladi

38. Ildizdan kesib olingan yupqa parrak buyum oynasiga qaysi modda(lar) ustiga qo'yiladi?

A spirt B gliserin C suv tomchisi D B va C

39. Ildiz tukchasiga xos bo'lgan xususiyatlarni belgilang.

1) bitta uzun hujayradan tuzilgan 2)yupqa qobiq, sitoplazma va mayda yadrodan tashkil topgan 3) yupqa qobiq, sitoplazma va yirik yadrodan tashkil topgan 4) qalin qobiq, sitoplazma va mayda yadrodan tashkil topgan 5) qalin qobiq, sitoplazma va yirik yadrodan tashkil topgan 6)tukchalar orqali tuproqdan suv va unda erigan oziq moddalari shimib olinadi

A 1,2,6 B 1,3,6 C 1,4,6 D 1,5,6

40. Ildiz tukchasiga xos xususiyatlar keltirilgan javobni belgilang.

1)1 ta uzun hujayradan tashkil topgan

2) 1 ta hujayradan tashkil topgan

3) yupqa qobiq,sitoplazma va yirik yadrodan tashkil topgan 4)qalin qobiq, sitoplazma va yadrodan tashkil topgan 5) qalin qobiq, sitoplazma va yirik yadrodan tashkil topgan 6)hayoti 10-12 kun davom etadi 7) ildizning shimuvchi qismidan yangi ildiz tukchalari o’sib chiqadi 8) ildizning o’suvchi qismidan yangi ildiz tukchalari o’sib chiqadi

A 1,3,6,7 B1,5,6,8 C 2,3,6,7 D1,4,6,7

41. Chigit yuzasidagi tuklar va ildiz tukchalari uchun umumiy bo’lgan xususiyat(lar)ni belgilang.

A bir yadroli bo’ladi

B tirik, yumaloq va yupqa qobiqli bo’ladi

C bitta uzun hujayradan tuzilgan bo’ladi

D A va C

42.Ildiz tukchalarining faoliyati necha kun davom etadi?

A 10-12 kun B 10-20 kun C 20-25kun D 10-15kun

43.Yangi ildiz tukchasi ildizning qaysi qismidan hosil bo'ladi?

A ildiz po'sti B bo'linuvchi qism C o'suvchi qism

D shimuvchi qism

44. Qo'shimcha ildiz tizimi xos bo'lgan bir yillik o'simliklarni belgilang.

1)makkajo'xori 2)qulupnay 3) oqjo’xori 4)ajriq 5)bug'doy 6) kartoshka 7) ban’yan.

A 1,3,4,5 B 1,3,5 C 2,6 D 2,6,7

45.Nima sababli ildiz tukchalari tuproqning ichkari qatlamlarigacha kirib borib o'simlikni kerakli oziq bilan ta'minlab turadi?

A uzun hujayradan tuzilganligi uchun

B uzluksiz yangi ildiz tukchalari hosil bo'lganligi uchun

C yon ildizlarda ham mavjud bo'lganligi uchun

D juda ham ingichka mayda yoriqlarga kira olganligi uchun

47. Ildizning qaysi qismida-hujayralari orasida ildizdagi hujayralar uchun nafas olishda muhim hisoblangan havo bilan to'lgan oraliq bo'shliqlar bo'ladi?

A o'tkazuvchi qism Bnaylar C po'st Dso'ruvchi qism

48. Ko'ndalangiga kesilgan ildizning mikroskopda ko'rinishini to'g'ri ketma-ketlikda belgilang.

A po'sti, tukchalari; naylari

B bo'linuvchi, o'suvchi; o'tkazuvchi; so'ruvchi

C tukchalari, po'sti; naylar

D bo'linuvchi, o'suvchi; so'ruvchi; o'tkazuvchi

49. Ko'ndalang kesilgan ildizning o'rta qismida qalin devorli yirik teshikchalar ko'rinadi bu teshikchalarning ildizdagi vazifasi nimadan iborat va ular qanday ataladi?

A moddalarni o'tkazish; elaksimon naylar

B moddalarni o'tkazish; naylar

C so'rish;ildiz tukchasi

D moddalarni jamg'arish; o'zak

50. Ildiz qinchasi qaysi qismdagi yosh, nozik hujayralarni tashqi ta’sirlardan himoya qiladi?

A bo'linuvchi B o'suvchi C so'ruvchi D o'tkazuvchi

51. Yosh ildiz uzunasiga kesib qaralsa bir-biridan farq qiluvchi nechta qism farqlanadi?

A 5 B 4 C 3 D 2

52. Ildizning uchini … o'rab turadi.

A ildiz qinchasi B o'suvchi qism C so'ruvchi qism

D po'kak

53. Ildiz qismlari(zonalari) nechta va ular qanday ataladi (to'g'ri ketma-ketlikda joylashtiring)?

A 5; ildiz qinchasi; bo'linuvchi, o'suvchi; so'ruvchi; o'tkazuvchi

B 4; bo'linuvchi, o'suvchi; so'ruvchi; o'tkazuvchi;

C 4; ildiz qinchasi, o'suvchi; so'ruvchi; o'tkazuvchi

D 4; o'suvchi; bo'linuvchi; so'ruvchi; o'tkazuvchi

54,Ildiz tukchalari qaysi zonada ko`p bo`ladi?

A bo`linuvchi B o`tkazuvchi C so`ruvchi D o`suvchi

55.O'simliklarning ildizi poyadan atrofga-yon tomonga qancha masofagacha yoyilishini to'g'ri belgilang.

1)Yong’oq 2)makkajo’xori 3)juzg’un 4)yantoq 5)piyoz

a)30 m b)20-30 m c)2 m d)60-70sm e)50-60sm

A 1-a; 2-c; 3-e; 4-b; 5-d; B 2-c; 5-d;

C 1-b; 2-c; 3-a; 5-d; D t.j.y

56. Makkajo’xorining 1mm2 so’rish qismida nechta ildiz tukchalari bo’ladi?

A 70 B 200 C 700 D 100

57. Makkajo’xorining 5mm2 so’rish qismida nechta ildiz tukchalari bo’ladi?

A 7000 B 200 C 700 D 3500

58.To’g’ri javobni belgilang.

A o’simlikning yer osti qismiga qaraganda yer usti qismi tez o’smaydi

B o’simlikning yer osti qismiga qaraganda yer usti qismi tez o’sadi

C o’simlikning yer usti qismiga qaraganda yer osti qismi tez o’smaydi

D o’simlikning yer osi va yer usti qismi bir xil tezlikda o’sadi

59. g’o’za nihollarining ildizi bir kecha kunduzda qancha o’sadi?

A 3-4sm B 3-4 mm C 2-3 sm D 2-3 mm

60. Ildizning o’sishi qaysi qism(lar)dagi hujayralarning bo’linishi hisobiga sodir bo’ladi?

A uchidagi B o’rta qismidagi C asosidagi

D ildizning butun hamma qismlaridagi

61.Agar ildizning uchi chilpib tashlansa, …

A o’simlik qurib qoladi

B ildiz bo’yiga o’sishdan to’xtab eniga o’sadi –asosiy kuch yon ildizlarga beriladi

C ildiz eniga o’sishdan to’xtab bo’yiga o’sadi–kuch asosiy ildizga beriladi

D o’simlik bo’yiga o’sishdan to’xtab eniga o’sadi

62.Ildiz uchining chilpishning ahamiyatini belgilang.

1)yon ildizlar tuproqning oziq moddalarga boy yuqori qatlamlariga kirib boradi 2) ildiz pastki nam-suvga boy qatlamlarga kirib boradi 3)ildiz baqquvat bo’lib o’sadi

A 1,2,3 B 1,3 C 2,3 D 1,2

63.Dehqonlar qaysi o’simliklardan mo’l hosil olish uchun ildizining uchini chilpishadi?

1)g’o’za 2)bulg’or qalampiri 3)karam 4)pomidor

A 1,2,3,4 B 2,3,4 C 1,3,4 D 2,4

64. O’simliklarni urug’idan o’stirib, so’ngra uni boshqa joyga ko’chirishning sababi nimada?

A mo’l hosil olish B urug’idan sekin unishi

C vegetativ ko’paytirish D ildiz uchini chilpish

65. Ildizning qaysi qismi hujayralarining ustki qatlami doimiy nobud bo’lib, yana yangidan hujayralar bo’linib hosil bo’lib turadi?

A bo'linuvchi B so'ruvchi C o'tkazuvchi

D ildiz qinchasi

66. Ildizning bo’yiga o’sishini qaysi qismidagi hujayralar ta’minlaydi?

A bo'linuvchi B o'suvchi C so'ruvchi D o'tkazuvchi

67.quyidagilardan qaysi bir(lar)ida havo kam bo’ladi?

1)qum 2)tuproq 3)toshloq 4)qatqaloq

A 1,3 B 1,2 C 4 D 2,4

68.Ildiz tukchasi va ildiz po`st hujayrasi uchun umumiy xususiyat?

A.qobig`i yupqa bo`lgan tirik hujayra

B.hujayralari yumaloq va tirik

C.yirik yadro

D.hujayra shakli, mag`zi yirik

69.Yadrosi yirik bo`ladigan hujayra uchun xos bolgan xususiyatlarni aniqlang?

A.shakli yumaloq B.ko`p qavatli bo`lib joylashmagan C.hujayra qobig`I yupqa D.B va C

70. Makkajo’xorining 3mm2 so’rish qismida nechta ildiz tukchalari bo’ladi?

A 7000 B 200 C 700 D 2100

71.G`o`za(I) va bug`doy(II) asosiy ildiziga xos bo`lgan xususiyatlarni aniqlang?

1.yo`g`on 2.boshlang`ich poyadan hosil bo`ladi 3.boshlang`ich ildizdan hosil bo`ladi 4.uzun 5.mayda

A.I-1,3 II-1,2,5 B.I-1,3,4 II-2,5

C.I-1,2,4 II-3,5 D.I-1,3,4 II-3

72. Gulli o’simliklarning ildizmeva hosil bo’lishida bevosita ishtirok etuvchi organlarini belgilang.

A asosiy ildiz

B asosiy ildiz va yon ildiz

C asosiy va qo’shimcha ildizlar

D poyaning ma’lum bir qismi, asosiy va qo’shimcha ildizlar

73.Metamorfozlashgan ildizlarga mos keluvchi tog`ri javoblar berilgan qatorni aniqlang?

1.saksovul 2.sabzi 3.makkajo`xori 4.ajriq 5.qizil lavlagi 6.sholg`om 7.yantoq 8.kartoshka 9.rediska

A.2,3,4,5,6,8,9 B.1,3,4,5,6,9 C.2,5,6,9 D.2,4,6,8

74. Poyadan chiqqan qo‘shimcha ildizlar bo‘lib, uni tik tutib turishga yordam beradigan ildiz.

A ildizmeva; B tayanch ildiz; C havo ildiz; D popuk ildiz.

75. Bo‘yi 1 m dan ham oshadigan bir yillik tayanch ildizli o’simlikni aniqlang.

A kanakunjut B makkajo‘xori C kanop D oqjo‘xori

76. Bitta yo‘g‘on yog‘ochlashgan tanali, baquvvat ildizli va keng shoxshabbali, baland bo‘yli ko‘p yillik, tayanch ildizli o‘simlikni aniqlang.

A baobab B ban’yan C bodom D bodomcha

77. Qo'shimcha ildiz tizimi xos bo'lgan ko’p yillik, bir urug’pallali o'simlik(lar)ni belgilang.

1)makkajo'xori 2)qulupnay 3) oqjo’xori 4)ajriq 5)bug'doy 6) kartoshka 7) ban’yan.

A 2,4 B 1,3,4,5,6 C 4 D 2,4,7

78. Tropiklarda o‘sadigan ayrim o‘simliklarning qanday ildizlari bo‘ladi.

A ildizmeva; B tayanch ildiz; C havo ildiz; D popuk ildiz

79. Metamorfozlashgan ildiz(lar)ni aniqlang.

A ildizmeva B tayanch ildiz C havo ildiz D barchasi


N O V D A
1. Novda nima ?

A daraxtlarning o'zida kurtak va barg hosil qiladigan bir yillik shoxi

B butalar (yarim buta)ning o'zida kurtak va barg hosil qiladigan bir yillik shoxi

C urug'dan unib chiqqan bir yillik nihol D hammasi

2. Novdaga barglar birikadigan joy qanday ataladi?

A bo'g'im B bo'g'im oralig'i C barg qo'ltig'i

D o'sish konusi

3.Novdaning ikkita barg oralig'i qismi qanday ataladi?

A bo'g'im B bo'g'im oralig'i C barg qo'ltig'i

D o'sish konusi

4.Kurtak qayerda joylashadi?

A bo'g'im B bo'g'im oralig'i C barg qo'ltig'i

D o'sish konusi

5. Nima uchun kuz yaqinlashishi bilan novdalarning yashil rangi o’zgarib, qo’ng’ir va qizg’ish rangga kiradi?

A xazonrezgilik boshlanadi

B po’kak qalinlashadi ostida po’st hosil bo’ladi

C po’st qalinlashadi ostida po’kak hosil bo’ladi

D barglari to’kilib ketadi

6.Novdalar necha xil va qanday bo'ladi?

A 3; bargli, kurtakli va gulli

B 2; vegetativ va generativ

C 2; vegetativ va gulli

D B va C

8. Novdaning o’zak organini aniqlang

A poya; B barg C kurtak D ildiz

9. … - bu boshlang’ich poya.

A barg B urug’ C kurtak D poya

10. Qaysi turdagi kurtak o’simliklarning boshlang’ich bargli novdasi hisoblanadi?

A generativ Bvegetativ C yon kurtak D uchki kurtak

11. Qaysi turdagi kurtak boshlang’ich to’pgul yoki guldir?

A generativ B vegetativ C yon kurtak D uchki kurtak

12.Har qanday novda … dan hosil bo’ladi

A generativ kurtak B vegetativ kurtak C kurtak D uchki kurtak

13.Kurtaklari yirik, bir nechta yog‘ochlashgan poya tanaga ega ko‘p yillik o‘simlikni belgilang?

A terak B na’matak C nastarin D tut

14. Qaysi o’simliklarning kurtagi yirik?

A chinor, nastarin, soxta kashtan, terak

B terak, tol, olma, o’rik, qayrag’och

C chinor, soxta kashtan, terak, na’matak

D tol, olma, o’rik, qayrag’och, tut

15. Qaysi o’simliklarning kurtagi nisbatan mayda?

A chinor, nastarin, soxta kashtan, terak

B terak, tol, olma, o’rik, qayrag’och

C chinor, soxta kashtan, terak, na’matak

D tol, olma, o’rik, qayrag’och, tut

16. Kurtaklarning yirik, maydaligi-shakliga qarab o’simliklar olamida nimani aniqlash mumkin?

A gul yoki barg hosil qilishini

B haroratning iliq yoki sovuq bo’lishini

C o’simlik turini D qaysi oilaga mansubligini

17. Kurtaklar novdada joylashishiga ko’ra qanday bo’ladi?

A ketma-ket, qarama-qarshi, halqa hosil qilib joylashadigan

B uchki va yon C uchki, yon va qo’shimcha

D ketma-ket, qarama-qarshi, halqa hosil qilib joylashadigan va uchki, yon

18. Terakning kurtaklari novdada qanday joylashgan bo’ladi?

A ketma-ket B qarama-qarshi C halqa hosil qilib

D ketma-ket va qarama-qarshi

19.Terakning eng uchidagi kurtaklari …, pastdagilari esa … holatda bo’ladi.

A yirik; maydaroq B maydaroq; yirik C uchki; yon

D gul hosil qiluvchi; barghosil qiluvchi

20. Terakning kurtaklari tashqi tomondan nima bilan o’ralgan bo’ladi?

A pishiq qobiq B tangacha barg

C boshlang’ich barg va poya D A va B

21. Terak kurtaklarini qoplab turadigan tangacha barglarning vazifasi nimadan iborat?

A qishning qattiq sovug’idan himoya qilish

B kasallik tug’diruvchi bakteriya, zamburug’lardan himoya qilish

C A va B

D kurtakni tashqi muhit bilan bog’lab turish

22.Kurtaklar uzunasiga kesib qaralsa, qobig’i ostida joylashgan …ni va zich bo’lib joylashgan … ni ko’rish mumkin.

A boshlang’ich barg; boshlang’ich poya

B murtak; boshlang’ich barg

C boshlang’ich barg; murtak

D boshlang’ich poya; boshlang’ich barg

23. kurtaklarning yaxshi o’sishi nimaga bog’liq?

A haroratga B oziq moddalar bilan ta’minlanganiga

C tashqi muhitga D tinim davrining o’taganligiga

24.Kech kuzda barglar to’kilgandan keyin daraxt va butalarning shoxlaridan kesib olib suvga solib qo’yilsa qanday holat kuzatiladi?

A kurtaklaridan gul yoki barg-novdalar bo’rtadi

B ildiz chiqaradi

C kurtaklari ko’p vaqtgacha bo’rtmay turaveradi

D kurtaklarning fazasi qisqaradi tez bo’rtadi

25. Yanvarning ikkinchi yarmi-fevraldan daraxt yoki butalarning shoxchalari suvga solib qo’yilsa qanday holat kuzatiladi?

A kurtaklar tez o’sa boshlaydi

B ildiz chiqaradi

C kurtaklari ko’p vaqtgacha bo’rtmay turaveradi

D kurtaklaridan o’z vaqtida gul yoki barg-novdalar bo’rtadi

26. Kurtaklarning bo’rtib yangi gul yoki barg chiqarishigacha bo’lgan davri qanday ataladi?

A tinim davri B faza C diapauza D xazonrezgilik

27. Dastlab generativ so’ngra vegetativ kurtaklari yoziladigan o’simliklarni belgilang.

A tut, jiyda,atirgul, na’matak, terak, chinor

B na’matak, tol, jiyda, terak, chinor,atirgul

C shaftoli, bodom, o’rik

D olxo’ri, bodom, o’rik, atirgul

28. Novdaning uchida joylashgan kurtaklar … , barg qo‘ltig‘ida joylashganlari deb ataladi. Shuningdek, kurtaklar (ildizda, bargda) ham bo’ladi.

A yon kurtak, uchki kurtak, qo’shimcha kurtak;

B uchki kurtak, qo’shimcha kurtak, yon kurtak;

B qo’shimcha kurtak, yon kurtak, uchki kurtak;

D uchki kurtak, yon kurtak, qo’shimcha kurtak;

29. …ga qarab poyalar turli xil bo’ladi.

A o’simlik turiga B o’sish sharoitiga

C yog’och yoki o’t poyaligiga D A va B

30. Poyalar tuzilishiga ko’ra qanday guruhlarga bo’linadi?

A kalta va uzun B yog’och va o’t poya

C shoxlanganva shoxlanmagan

D tik o’suvchi, ko’tarilib o’suvchi, o’raluvchi, ilashuvchi, yoyilib o’suvchi, o’rmalovchi

31. Quyidagi o’simliklardan har yili kurtak hosil qiladiganini belgilang.

A arpa, ituzum B terak, qayrag’och

C ituzum, qayrag’och D arpa, terak

32. Quyidagi o’simliklardan har yili kurtak hosil qilmaydiganini belgilang.

A arpa, ituzum B terak, qayrag’och

C ituzum, qayrag’och D arpa, terak

33. Yer usti poylalari ko’pincha bir mavsum yashaydigan o’simliklarni belgilang.

A arpa, ituzum B terak, qayrag’och

C ituzum, qayrag’och D arpa, terak

34. Juda kalta poyali o’simlikni belgilang.

A pechak B piyoz C qo’ytikan D lola

35. O’simliklarni bo’y uzunliklari bilan birga juftlab yozing.

1)mirzaterak 2)rotang palma 3)sekvoyadendron

4) evkalipt

a)20-30m b)20-25m c)110-140m d)150-155 m e)200m f)400m

A 1-b; 2-f; 3-c; 4-d; B 1-b; 2-f; 3-d; 4-c;

C 1-a; 2-e; 3-c; 4-d; D 1-a; 2-f; 3-d; 4-c;

37. Juftlab yozing. Shoxlangan poya(a) va shoxlanmagan poya(b)li o’simliklar 1)olma 2)palma 3)jiyda 4)do’lana 5)yong’oq

A a-3,4; b-1,5 B a-3,4; b-2; C a-1,5; b-2;

D a-1,4; b-2

38. Poyalar o’sishiga ko’ra qanday guruhlarga bo’linadi?

A kalta va uzun B yog’och va o’t poya

C tik o’suvchi, ko’tarilib o’suvchi, o’raluvchi

D tik o’suvchi, ko’tarilib o’suvchi, o’raluvchi, ilashuvchi, yoyilib o’suvchi, o’rmalovchi

39. Tik o’suvchi poyaga ega bo’lgan o’simliklarni belgilang.

1)terak 2)sebarga 3)olma 4)bug’doy 5)qo’ypechak 6)temirtikan 7)karnaygul 8)tok

A 2 B 1,2,3 C 1,3,4 D 5,8

40.Ko’tarilib o’suvchi poyaga ega bo’lgan o’simliklarni belgilang.

1)terak 2)sebarga 3)olma 4)bug’doy 5)qo’ypechak 6)temirtikan 7)karnaygul 8)tok

A 2 B 1,2,3 C 1,3,4 D 5,8

41.O’raluvchi poyaga ega bo’lgan o’simliklarni belgilang.

1)terak 2)sebarga 3)olma 4)bug’doy 5)qo’ypechak 6)temirtikan 7)karnaygul 8)tok 9)qulupnay 10)g’ozpanja

A 2 B 9,10 C 8 D 5,7

42. Qaysi turdagi poyaga ega bo’lgan o’simliklar bironta o’simlik yoki tayanchga o’ralib oladi?

A ilashuvchi B o’rmalovchi C o’raluvchi

D palak yoyib o’suvchi

43.Gajaklari yordamida ilashib o’sadigan o’simlik(lar)ni belgilang.

A qovoq B no’xat C tok D hammasi

44. Chirmashuvchi poyali o’simlikni belgilang.

A rotang palma B qulupnay, g’ozpanja C tok

D qo’ypechak, karnaygul

45. Bironta tayanchga o’ralmasa tik tura olmaydigan o’simliklarni belgilang.

1)tarvuz 2)bodring 3)qovoq 4)qovun 5)qo’ypechak 6)temirtikan 7)karnaygul 8)tok 9)qulupnay 10)g’ozpanja

A 9,10 B 8 C 1,2,3,4,6 D 5,7

46. Bironta tayanchga o’ralmasa tik tura olmaydigan poya turini belgilang.

A yoyilib o’suvchi B o’raluvchi C ilashuvchi

D o’rmalovchi

48. Qaysi turdagi poya yer yuziga qo’shimcha ildizlar chiqarib o’sadi?

A yoyilib o’suvchi B o’raluvchi C ilashuvchi

D o’rmalovchi

49. O’rmalovchi poyaga ega bo’lgan o’simliklarni belgilang.

1)tarvuz 2)bodring 3)qovoq 4)qovun 5)qo’ypechak 6)temirtikan 7)karnaygul 8)tok 9)qulupnay 10)g’ozpanja

A 9,10 B 8 C 1,2,3,4,6 D 5,7

50.Qo’shimcha ildizga ega bo’lgan o’simlik(lar)ni belgilang.

1)bug’doy 2)kartoshka 3)ajriq 4)qulupnay 5)makkajo’xori 6)g’ozpanja

A 1,2,3,4,5,6 B 2,3,4,5 C 1,2,3,4,5 D 6

51. Ipsimon poyali o’simlikni belgilang.

A burchoq B pechak C qulupnay D hilol

52. Poyasining yog’onligi 4-6 m(1), 8-10m(2) ga yetadigan o’simliklarni belgilang.

a) baobab b) chinor c) yong’oq

A 1-c; 2-b; B 1-a; 2-b; C 1-b 2-c; D 1-c; 2-a;

53. ... ma`lum bir maydonda ko`p sondagi o`simlik turlariga o`sish imkonini beradi

A o’simliklarning o’troq hayot kechirishi

B poyalarning xilma-xil ko`rinishlari

C changlanish jarayonining turli o’simlikda turli vaqtda sodir bo’lishi

D oziqlanish usulining avtotrof ekanligi

55.O’simliklarning poyasining ichki tuzilishi nimalarga bog’liq?

1)o’simlikning tuban yoki yuksak o’simlik ekanligiga 2) hayotiy shakllga 3)o’sish sharoitiga 4)bir yoki ikki urug’pallali ekanligiga 5)qaysi sistematik birlikka mansub ekanligiga

A hammasi B 2,5 C 1,2,4,5 D 2,4,5

56. Yosh tut poyasining yuzasi nima bilan qoplangan?

A bir qavatli po’st parenxemasi

B bir necha qavatli po’stloq C bir qavatli epiderma

D bir necha qavatli epiderma

57.Po’st parenximasiga xos bo’lgan xususiyatlarni belgilang.

1)epidermaning ustida joylashgan 2)epidermaning ostida joylashgan 3)asosiy to’qimadan tuzilgan 4)qoplovchi to’qimadan tuzilgan 5)ko’p qavatli tirik hujayralardan tuzilgan 6) ko’p qavatli o’lik va tirik hujayralardan tuzilgan 7)bir qavatli tirik hujayralardan tuzilgan

A 1,4,7 B 2,4,5 C 2,3,6 D 2,3,5

58. Po’st parenximasiga xos bo’lmagan xususiyatlarni belgilang.

1)epidermaning ustida joylashgan 2)epidermaning ostida joylashgan 3)asosiy to’qimadan tuzilgan 4)qoplovchi to’qimadan tuzilgan 5)ko’p qavatli tirik hujayralardan tuzilgan 6) ko’p qavatli o’lik va tirik hujayralardan tuzilgan 7)bir qavatli tirik hujayralardan tuzilgan

A 1,3,5,6 B 2,4,6,7 C 1,4,6,7 D 1,4,5,6

59.Poyaning ichki qismlarini to’g’ri ketma-ketlikda joylashtiring.

1)o’zak 2)kambiy 3)lub 4)ksilema 5)po’st

A 5,3,2,4,1 B 5,2,3,4,1 C 5,3,4,2,1 D 1,2,3,4,5

60. Tut poyasidagi yasmiqchalarga xos bo'lgan xususiyatlarni belgilang.

1) bahor oylarida hosil bo'ladi 2) yozning ikkinchi yarmida hosil bo'ladi 3)yashil rangda 4)qo'ng'ir rangda 5) nafas olish vazifasini bajaradi 6)bug'latish vazifasini bajaradi

A 1,3,5 B 2,4,6 C 1,4,5 D 2,4,5

61. Tut poyasidagi yasmiqchalarga xos bo'lmagan xususiyatlarni belgilang.

1) bahor oylarida hosil bo'ladi 2) yozning ikkinchi yarmida hosil bo'ladi 3)yashil rangda 4)qo'ng'ir rangda 5) nafas olish vazifasini bajaradi 6)bug'latish vazifasini bajaradi

A 1,3,5 B 2,4,6 C 1,4,5 D 1,3,6

62. … asta-sekin po'kaklasha boradi va …ni hosil qiladi.

A po'stloq; po'st B po'st; po'stloq C epiderma; po'st

D po'stloq; po'kak

63. Po’kak qalinlashgan sari ... dagi tirik hujayralar kamayib boradi.

A po’st B po’stloq C epiderma D po’kak

64. Daraxtlarning qaysi qismlarini qalin po'stloq qoplab turadi va uning vazifasi nimadan iborat?

A tanada; himoya va tashqi muhit bilan bog'lash

B tanada va eski shoxlarda; himoya va tashqi muhit bilan bog'lash

C tanada; himoya qilish

D tanada va eski shoxlarda; himoya qilish

65.Tut novdasining po'stlog'iga xos bo'lgan xususiyatni belgilang.

A qalin va mo'rt B qalin va pishiq

C egiluvchan va pishiq D egiluvchan va mo'rt

66. Tut novdasi po'stlog'ining pishiqligi nimaga bog'liq?

A ksilema B floema C kambiy D lub tola

67. Floema qaysi to‘qima hujayralaridan tashkil topgan.

A asosiy (parenxima), mexanik (yog’ochlik tolalari) va o‘tkazuvchi (elaksimon naylar)

B o‘tkazuvchi (naylar), mexanik (yog‘ochlik tolalari), asosiy (parenxima)

C asosiy (parenxima), mexanik (lub tolalari) va o‘tkazuvchi (elaksimon naylar)

D o‘tkazuvchi (elaksimon naylar), mexanik (yog‘ochlik tolalari), asosiy (parenxima)

68.Qaysi daraxtda lub tolalari ko'p?

A tut B kanop C zig'ir D hammasi

69. Qaysi ko'p yillik o'simlik(lar)da lub tolalari ko'p?

A tut B kanop C zig'ir D kanop va zig'ir

70.Elaksimon naylarga xos bo'lgan xususiyatlarni belgilang.

1)lub tolalari orasida joylashgan 2)po'stloq orasida joylashgan 3)o'simlikning pishiqligi va egiluvchanligini ta'minlaydi 4)teshikli to'siqlar bilan bo'lingan cho'ziq ingichka naychalar 5)barglardan boshqa organlarga organik moddalarni tashiydi 6)Ildizdan boshqa organlarga suv va unda erigan mineral moddalarni tashiydi

A 1,3,4,5 B 1,4,5 C 1,4,6 D 2,3,4

71. Elaksimon naylarga xos bo'lmagan xususiyatlarni belgilang.

1)lub tolalari orasida joylashgan 2)po'stloq orasida joylashgan 3)o'simlikning pishiqligi va egiluvchanligini ta'minlaydi 4)teshikli to'siqlar bilan bo'lingan cho'ziq ingichka naychalar 5)barglardan boshqa organlarga organik moddalarni tashiydi 6)Ildizdan boshqa organlarga suv va unda erigan mineral moddalarni tashiydi

A 1,3,4,5 B 1,4,5 C 2,3,6 D 2,6

72.Floema ostida o’simlikning qaysi qismini ko’rish mumkin bo’ladi?

A lub qavatini B yog’ochlashmagan oq rangli qismni

C yog’ochlashgan qo’ng’ir rangli qismni

D yog’ochlashgan oq rangli qismni

73. O’simliklarning yog’ochlashgan oq qismi o’simlik turiga binoan qanday bo’ladi?

A qattiq va yumshoq B og’ir va yengil

C uzun va kalta D qattiq, yumshoq, og’ir va yengil

75. Mebel va uy ro’zg’or buyumlari tayyorlashda qaysi daraxtlardan foydalanilmaydi?

A yulg’un, eman, saksovul, chinor, zarang, yong’oq, qayrag’och

B tol, jiyda, terak C tut, tol, jiyda

D saksovul, yulg’un, eman, o’rik, zarang, yong’oq, qayrag’och

76.Yog’ochlikdagi o’tkazuvchi naylarning vazifasini belgilang.

A barglardan boshqa organlarga organik moddalarni tashiydi

B Ildizdan boshqa organlarga suv va unda erigan mineral moddalarni tashiydi

C o'simlikka pishiqligi va egiluvchanlik beradi

D o’simlikning qattiqligini ta’minlaydi

77. Lub va yog’ochlik orasidagi yosh, nozik hujayralar to’plami qanday ataladi?

A floema B elaksimon naylar C kambiy D o’zak

78. Kambiy hujayralariga xos bo’lgan xususiyatlarni belgilang.

1)doimo bo’linib turadi 2)yosh hujayralar 3)nozik hujayralar 4)poyaning eniga o’sishini ta’minlaydi 5)lub bilan yog’ochlik o’rtasida joylashgan 6)yog’ochlik ko’ndalang kesilganda uning markaziy qismida joylashgan bo’ladi 7)bo’linish xususiyati cheklangan

A 1,2,3,4,5 B 1,2,3,4,5,6 C 2,3,4,5,6,7 D 2,3,4,5,7

79.Agar yog’ochlik ko’ndalangiga kesib qaralsa, uning markaziy qismida joylashgan … ni ko’rish mumkin.

A floema B elaksimon naylar C kambiy D o’zak

80.Yosh novdalarda o’zak hujayralari qanday holatda bo’ladi?

A o’zak hujayralar hali shakllanmagan bo’ladi

B tirik holatda C bo’sh, yumshoq yoki chirigan

D hujayralar o’lik holatda tanada kovak hosil qiladi

81. Qaysi turdagi o’zak hujayralari o’zida organik moddalarni to’playdi?

A hammasida to’planadi B tirik holatdagilari

C bo’sh, yumshoq yoki chiriganlari

D tanada kovak hosil qiladiganlari

82. Poya ichki tuzilishiga ko’ra qanday qismlardan tashkil topgan?

1)po’st 2)po’kak 3)lub 4)kambiy 5)yog’ochlik 6)o’zak

A 1,3,4,5 B 1,3,4,5,6 C 1,2,3,4,5 D 1,2,3,4,5,6

83. Ksilema qaysi to‘qima hujayralaridan tashkil topgan.

A asosiy (parenxima), mexanik (yog’ochlik tolalari) va o‘tkazuvchi (elaksimon naylar)

B o‘tkazuvchi (naylar), mexanik (yog‘ochlik tolalari), asosiy (parenxima)

C asosiy (parenxima), mexanik (lub tolalari) va o‘tkazuvchi (elaksimon naylar)

D o‘tkazuvchi (elaksimon naylar), mexanik (yog‘ochlik tolalari), asosiy (parenxima)

84. 0‘zak qaysi to‘qima hujayralaridan tashkil topgan.

A asosiy (jamg’aruvchi) B asosiy (parenxima)

C o‘tkazuvchi (elaksimon naylar) D ajratuvchi

85. Poyaning bajaradigan funksiyalarini belgilang.

1)moddalar transporti 2)oziq moddalar jamg’aradi 3)vegetativ ko’payishda xizmat qiladi, 4)tayanch

A 1,4 B 1,2 C 1,2,3,4 D 1,3,4

86. Poya qayerdan hosil bo’ladi?

A murtakdagi boshlang’ich ildizcha

B murtakdagi boshlang’ich poyacha

C o’sish konusi

D t.j.y


87.Poyaning o’sishi va uzayishini qaysi turdagi kurtak ta’minlaydi?

A qo’shimcha B yon C uchki D o’sish konusi

88.Agar poya uchidagi kurtakning boshlang’ich barglari yulib tashlansa, … ni ko’rish mumkin.

A boshlang’ich poya B o’sish konusi

C boshlang’ich kurtak D murtak

89. O’sish konusi hujayralariga xos bo’lgan xususiyatlarni belgilang.

1)yupqa qobiqli 2)hujayralari doimo bo’linib turadi

3)bo’linishi natijasida poya bo’yiga o’sadi 4)bo’linish xususiyati cheklangan

A 1,2,3 B 1,3,4 C 2,3 D 3,4

90.O’sish konusidagi hujayralarga xos xususiyat 1)yupqa qobiqli 2)qalin qobiqli 3)ontogenezning ma’lum davrida bo’linib ko’payadi 4)doimo bo’linib turadi 5)poya qismlarini hosil qiladi 6) ildiz qismlarini hosil qiladi

A 1,4,5 B 2,4,6 C 1,4,5,6 D 2,4

91. Kambiy hujayralari qachon bo’lina boshlaydi?

A bahorda B yomg’irdan keyin

C oziq modda va suv bilan ta’minlangach

D yozda

92.Kambiy hujayralarining bo’linishi qanday kechadi?



A har bir hujayra uzunasiga 2 ga bo’linadi, ular o’sib yetilgach yana 2 ga bo’linadi

B har bir hujayra ko’ndalangiga 2 ga bo’linadi, ular o’sib yetilgach yana 2 ga bo’linadi

C har bir hujayrasi bir necha bo’laklarga bo’linib ketadi, ular o’sib yetilgach yana 2 ga bo’linadi

D uzunasiga va ko’ndalangiga bo’linish navbatlashadi

93. Kambiy qavati bo’linishidan hosil bo’lgan hujayralarning ko’p qismi … tomonga qarab o’sib … hujayralariga aylanadi.

A ichki; yog’ochlik B ichki; lub C tashqi; lub

D tashqi; yog’ochlik

94. Kambiy qavati bo’linishidan hosil bo’lgan hujayralarning kamroq qismi … tomonga qarab o’sib … hujayralariga aylanadi.

A ichki; yog’ochlik B ichki; lub C tashqi; lub

D tashqi; yog’ochlik

95. Kambiyning bo’linishi natijasida poyaning… qavatlari hosil bo’ladi?

a)po’kak b)lub c)o’zak d)epiderma e)ksilema

A b,e B hammasi C d,e D b,c,e

96.Qaysi vaqtda kambiyning bo’linishidan hosil bo’lgan hujayralar yirik bo’ladi?

A bahorda B kuzda C yozda D qishda

97. Qaysi vaqtda kambiyning bo’linishidan hosil bo’lgan hujayralar maydalashadi?

A bahorda B kuzda C yozda D qishda

98. Kambiy hujayralarining bo’linishi qaysi fasldan boshlanadi va qaysi faslda bu bo’linish to’xtaydi?

A bahor; kuz B bahor; qish; C yoz; kuz; D yoz; qish

99.Yillik halqaga xos bo’lgan xususiyatlarni belgilang.

1)yog’ochlikning 1 yil davomida hosil qilgan halqasi

2)kambiy qavatining 1 yil davomida hosil qilgan halqasi 3) yangi hosil bo’lgan yillik halqa oldingi yillari hosil bo’lgan yillik halqasini tashqi tomondan o’rab turadi 4) yangi hosil bo’lgan yillik halqa oldingi yillari hosil bo’lgan yillik halqalarining ichki tomonida joylashadi

A 1,3 B 2,3 C 1,4 D 2,4

100. Yillik halqaga xos bo’lmagan xususiyatlarni belgilang.

1)yog’ochlikning 1 yil davomida hosil qilgan halqasi

2)kambiy qavatining 1 yil davomida hosil qilgan halqasi 3) yangi hosil bo’lgan yillik halqa oldingi yillari hosil bo’lgan yillik halqasini tashqi tomondan o’rab turadi 4) yangi hosil bo’lgan yillik halqa oldingi yillari hosil bo’lgan yillik halqalarining ichki tomonida joylashadi

A 1,3 B 2,3 C 1,4 D 2,4

102. O’sish konusidagi hujayralarga xos bo'lmagan xususiyat

1)yupqa qobiqli 2)qalin qobiqli 3)ontogenezning ma’lum davrida bo’linib ko’payadi 4)doimo bo’linib turadi 5)poya qismlarini hosil qiladi 6) ildiz qismlarini hosil qiladi

A 1,4,5 B 2,3,6 C 1,4,5,6 D 2,3

103. O’sish konusi va ildiz po’st hujayralari uchun umumiy bo’lgan xususiyat(lar)ni belgilang

1) tirik hujayralardan tashkil topgan 2)doim bo’linib turadi 3) yupqa qobiqqa ega 4) o’lik hujayralardan tashkil topgan 5)elastik xususiyatga ega 6) umumiy bo’lgan jihat keltirilmagan

A 6 B 1 C 2,3 D 1,3

105. O’simliklar hayoti davomida bo’linib turadigan(1) hosil bo’lgandan so’ng qayta bo’linmaydigan (2) hujayralarni belgilang.

a) ildiz qinchasi hujayralari b) o’sish konusi hujayralari c)kambiy hujayralari d)yog’ochlik qism hujayralari e)po’stloq hujayralari f)ildiz tukchalari

A 1-a,b,f; 2-c,d,e; B 1-a,b,c,e; 2-d,f;

C 1-b,c; 2-a,d,e,f; D 1-b,c,d; 2-a,e,f;

106. Yon novdalarning bo’yiga o’sishini qaysi turdagi kurtaklar ta’minlaydi?

A qo’shimcha B yon C uchki D o’sish konusi

107.Poyadagi hujayralarning tez o’sishi va tez bo’linishi nimaga bog’liq?

A tinim davrini o’tashiga

B o’suvchi qismdagi hujayralarning oziq moddalarga qanchalik boy bo’lishiga

C yondosh hujayralarning oziq moddalarga qanchalik boy bo’lishiga

D tashqi muhit omillariga

108. Agar poyaning o’sish nuqtasi chilpib tashlansa, qanday holat kuzatiladi?

A bo’yiga o’sishi tezlashadi B o’sishi sekinlashadi

C bo’yiga o’sishdan to’xtaydi o’simlik bo’yiga o’smaydi

D hech qanday o’zgarish kuzatilmaydi

109. Qaysi o`simliklarni poyasi uchki qismini chilpish orqali mo`l hosil olinadi?

1.karam 2. bulg`or qalampiri 3. g`o`za 4.pomidor

A) 1,2,4 B) 1,2,3,4 C) 1,4 D)3

110. Shira harakati qaysi faslda boshlanadi?

A yoz B bahor C kuz D qish

111. Nima sababdan yoz oylarida g’o’za ayrim organlarini to’kib yuboradi?

A issiq havoda o’sish noqulay bo’lganligi uchun

B suv-namlik yetishmaganligi uchun

C oziqning ko’p qismi g’o’za shoxlarining o’suvchi uchki qismiga sarflanganligi uchun

D hammasi

112. O’simliklar … ga qarab turlicha tezlikda o’sadi.

1)tuban yoki yuksakligiga 2)hayotiy shakliga 3)o’sish sharoitiga 4)tuproq unumdorligiga 5) o`simliklar turiga

A 3,5 B 2,5 C 1,4,5 D 2,3

113.Tog’larda tarqalgan 5 yoshli archaning bo’yi qanchaga yetadi?

A 15-20 sm B 10-15 mm C 5-10 sm D 10-15 sm

114. Ilashib o’suvchi o’simlik –tok bir yozning o’zida qancha o’sadi?

A 20 m B 10-15 m C 10 m D 0,5-1 m

115.O’zb.da tez o’sadigan daraxtlarni belgilang.

A chinor, tol, terak, shotut, yong’oq

B nok, do’lana, qatrong’i, pista

C archa, shamshod, nok

D tol, terak, gilos,chinor, yong’oq

116. O’zb.da nisbatan sekin o’sadigan daraxtlarni belgilang.

A chinor, tol, terak, shotut, yong’oq

B nok, do’lana, qatrong’i, pista

C archa, shamshod, nok, pista

D tol, terak, gilos,chinor, yong’oq

117. Daraxtlar uchki kurtaklarda joylashgan … to’qimaning hujayralari bo’linishi hisobiga bo’yiga o’sadi.

A asosiy B mexanik C hosil qiluvchi D kambiy

118. Avstraliya evkaliptining bo’y uzunligini to’g’ri belgilang.

1)150 m 2)110-140 m 3)155 m 4)142 m 5) 46 m

A 1,2 B 1,3 C 1,4 D 2,4

119. Sekvoyadendronning bo’y uzunligini to’g’ri belgilang.

1)150 m 2)110-140 m 3)155 m 4)142 m 5) 46 m

A 1,2 B 1,3 C 1,4 D 2

120. Sekvoyadendronning pastki qismining aylanasini belgilang.

A 10-11 m B 13,5 m C 49 m D 46 m

121. Sekvoyadendronning bitta qubbasida nechta urug’ bo’ladi?

A 196 ming B 200 C 200 ming D 196

122. Sekvoyadendronning nechta urug’i 1 kg ni tashkil etadi?

A 196 ming B 200 C 200 ming D 196

123. Sekvoyadendronning nechta urug’i 1 g ni tashkil etadi?

A 196 ming B 200 C 200 ming D 196

124. Novdaning qaysi qavatidan organik moddalar harakatlanadi?

A ksilema B floema C o’zak D po’st

125. Novdaning qaysi qavatida organik moddalar to’planadi?

A ksilema B floema C o’zak D po’st

125. Novdaning qaysi qavatida organik moddalar hosil bo’ladi?

A ksilema B floema C o’zak D epiderma

126. Bo‘yi 1 m dan ham oshadigan bir yillik, poyasida lub tolalari yaxshi rivojlangan o‘simlikni aniqlang.

A rayhon B kanop C zig'ir D kanop va zig'ir

128. Yog’ochligi yumshoq tez o’sadigan daraxt(lar)ni aniqlang.

A terak B tol C chinor D A va B

130. Kurtagi nisbatan mayda, tez o’suvchi yog’ochligi yumshoq bo’lgan o’simlik.

A terak B tol C tut D o’rik

131. Kurtagi nisbatan mayda, yog’ochligi qattiq bo’lgan o’simliklar.

A eman, yong’oq B qayrag’och, o’rik C tut, zarang D saksovul, yulg’un

132. Dastlab generativ so‘ngra vegetativ kurtaklari yoziladigan, kurtagi nisbatan mayda bo’lgan yog’ochligi qattiq o’simlikni belgilang.

A olma B bodom C tut D o’rik

133. Yumaloq sklerenximaga ega sekin o’sadigan daraxtni aniqlang

A behi B pista C nok D do’lana

134. Chorva mollari uchun to’yimli ozuqa hisoblangan yog’ochligi qattiq o’simlikni aniqlang.

A tut B zarang C saksovul D yulg’un

135. Poyaning ichki tuzilishini o’rganuvchi botanika bo’limi.

A o‘simliklar morfologiyasi

B 0‘simliklar anatomiyasi

C o‘simliklar fiziologiyasi

D 0‘simliklar embriologiyasi





Download 295.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling