1. 0‘simliklar kelib chiqishi, o‘xshashlik darajasi va tarixiy rivojlanishiga qarab ma’lum … keltiriladi


Download 295.72 Kb.
bet3/9
Sana05.12.2020
Hajmi295.72 Kb.
#159694
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
6-sinf test-2017 tuzatilgani

B A R G
1. … novdaning yon vegetativ organi.

A bargi B poyasi C ildizi D guli

2 . Transpiratsiya nima?

A nafas olish B ildizdan suvning so’rilishi

C bargning suv bug’latishi D barglarning to‘kilishi

3. Barg o'simliklar hayotida qanday funksiyalarni bajaradi?

1)fotosintez 2)suvni bug'latadi 3)gazlar almashinuvi 4)vegetativ ko’payish 5)transpiratsiya

A 2,3,5 B 1,2,3,4,5 C 1,3,4 D 1,2,5

4. Barg nechta va qanday qismlardan tashkil topgan?

A 2; barg yaprog'i, barg bandi

B 3; barg yaprog'i, barg bandi, yon barg

C 3; barg yaprog'i, barg bandi va barg tomirlari

D 2; barg yaprog'i va barg tomirlari

5.Yon bargchalar qayerda joylashgan bo'ladi?

A barg yaprog'ining chetki qismida

B bitta barg bandida barg yaprog'ining bandga birikkan joyida

C barg bandining pastki qismida

D barg yaprog'ining tomirlanishi boshlanuvchi qismida

6. Bandsiz bargda bo'lmaydi -

A barg yaprog'i B barg bandi C tomirlar D yonbarg

7.Barglar poyaga yoki novdaga odatda … bilan birikadi.

A barg yaprog'ining pastki qismi B yonbarg

C barg bandi D C va B

8. Bandsiz barglar poyaga … bilan birikadi

A barg yaprog'ining pastki qismi B yonbarg

C barg qinchasi D tilchasi

9. Qaysi turdagi barglar tabiatda ko'p tarqalgan?

A bandli barglar B bandsiz barglar

C yonbargli barglar D yonbargsiz barglar

10.Olma bargiga xos bo’lmagan xususiyatni belgilang

A yon barglar B to’rsimon tomirlanish

C poyada ketma-ket joylashgan

D keltirilgan barcha xususiyat olma bargiga xos

11.Bandli barglarga ega bo'lgan o'simliklarni belgilang.

1)olma 2)lola 3)o'rik 4)bosh piyoz 5) nok 6)terak 7)shirach 8)yong'oq 9)anjir 10)gulsafsar 11)bug'doy 12)anjir 13)tok 14)makkajo'xori 15)arpa 16)qovun 17)sholi

A 2,4,7,10,11,14,15,17 B 1,3,5,6,8,9,12,13,16

C 1,3,5,6,8,7,9,12,16 D 2,4,7,10,11,14,15,17

13.Uch bargchali murakkab bargga ega bir yillik(a) va ko’p yillik(b) o’simliklarni belgilang.

1)sebarga 2)beda 3)loviya 4)mosh 5)qulupnay

Aa-2,5 b-3,4 B a-1,3 b-2,5 C a-3,4 b-5 D a-3,4 b-1,2,5

14. Bargning quyidagi funksiyalarni amalga oshirishini: fotosintez, suv bug‘latish transpiratsiya, gaz almashinuvi botanikaning qaysi bo’limi o’rganadi

A o‘simliklar morfologiyasi

B o‘simliklar anatomiyasi

C o‘simliklar fiziologiyasi

D 0‘simliklar embriologiyasi

15. Bargning qaysi tuzilmasi tufayli barg mustahkam bo’ladi?

A naylar B po’st C barg bandi D tomirlar

16. Nimaga qarab barglar turlicha shoxlanadi?

A o’simlik turiga B o’sish sharoitiga

C bargning turiga D hayotiy shakliga

17. Barglarning qaysi jihati o’simlik turlarini farqlashda muhim rol o’ynaydi?

A bargning keng yoki ingichkaligiga

B bargning turiga C tomirlanish xususiyatiga

D bandli yoki bandsiz ekanligiga

18.Ikki urug’pallali o’simliklarni bir urug’pallali o’simliklardan farqlashda asosan nimaga e’tibor beriladi?

A gulqo’rg’on tuzilishiga B bargining shakliga

C poyaning ichki tuzilishiga

D bargning tomirlanishiga

19. Ikki urug’pallalilar(1) va bir urug’pallali(2) o’simliklarning bargi qanday tomirlanadi?

a)patsimon b)parallel c)yoysimon d)panjasimon (to’rsimon)

A 1-a,b; 2-c,d; B 1-a,d; 2-b,c; C 1-b,c; 2-a,d;

D 1-c,d; 2-a,b;

20.Qaysi o’simliklarning bargi to’rsimon tomirlangan?

1) olg’i 2)xolmon 3)bodiyon 4)kovrak 5)alqor 6)ajriq

A 1,2,3 B 3,4,6 C 4,5 D 3,4,5

21.Tutning bargi qanday turdagi tomirlanishga ega?

A patsimon B parallel C yoysimon D to’rsimon

22. Patsimon yoki panjasimon tomirlanish quyidagi o’simliklardan qaysi birlarida uchraydi?

1)terak 2)bug’doy 3)chinor 4)arpa 5)makkajo’xori 6)olma 7)o’rik 8)nok 9)oqjo’xori 10)tut 11)g’umay 12)g’o’za

A 1,3,6,7,8,10,12 B 2,4,5,9,11 C 1,6,7,8,10,11,12

D 2,3,4,5,9,11

24.Barg tomirlarining bajaradigan vazifasini belgilang.

1)barg mustahkamligini ta’minlaydi 2)suv va unda erigan oziq moddalar harakatlanadi 3) fotosintez natijasida hosil bo’lgan organik moddalar poyaga o’tadi

A 1,2,3 B 1 C 2,3 D 1,3

25.O’simliklarda barglar tuzilishiga ko’ra qanday guruhlarga bo’linadi?

A 2; oddiy va murakkab

B 2; keng va ingichka bargli

C 2; bandli va o’troq

D 4; bandli, bandsiz, oddiy va murakkab

26.Oddiy barg deb nimaga aytiladi?

A barg bandi rivojlanmagan o’simliklarning bargiga

B barg yaprog’i rivojlanmagan o’simliklarga

C barg bandida bitta barg yaprog’i joylashgan o’simliklarga

D barg bandida bir nechta barg yaprog’i joylashgan o’simliklarga

27.Murakkab barg deb nimaga aytiladi?

A barg bandida bir nechta barg yaprog’i joylashgan o’simliklarga

B barg yaprog’i rivojlanmagan o’simliklarga

C barg bandida bitta barg yaprog’i joylashgan o’simliklarga

D barg bandida bir nechta bargchalar bandchalari orqali joylashgan o’simliklarga

28. Oddiy bargli o’simliklarni belgilang.

1)olma 2)shirinmiya 3)beda 4)nok 5)o’rik 6)soxta kashtan 7)shaftoli 8)yong’oq 9)tut 10)tok 11)na’matak 12)qulupnay 13)loviya 14)no’xat 15)yeryong’oq 16)g’o’za 17)terak 18)rovoch 19)yantoq

A 1,4,5,7,9,12,16,17,18 B 1,4,5,7,9,12,16,17,18,19

C 1,4,5,7,9,10,16,17,18 D 1,4,5,7,9,10,16,17,18,19

29. Quyidagi o’simliklardan murakkab bargga ega bo’lmagan(lar)ini belgilang.

1)gilos 2)qayrag’och 3)majnuntol

A 1 B 1,2,3 C 1,3 D 2,3

30. Murakkab bargli o’simliklarni belgilang.

1)olma 2)shirinmiya 3)beda 4)nok 5)o’rik 6)soxta kashtan 7)shaftoli 8)yong’oq 9)tut 10)tok 11)na’matak 12)qulupnay 13)loviya 14)no’xat 15)yeryong’oq 16)g’o’za 17)terak 18)rovoch 19)yantoq

A 2,3,6,8,10,11,12,13,14,15,18,19

B 2,3,6,8,10,11,12,13,14,15

C 2,3,6,8,11,12,13,14,15,18,19

D 2,3,6,8,11,12,13,14,15

31.Barg yaprog’i shakliga ko’ra qanday guruhlarga bo’linadi?

A panjasimon, uch bargchali, patsimon

B yumaloq, panjasimon, tuxumsimon, ovalsimon, yuraksimon, nashtarsimon, qalami, robmsimon, uchburchaksimon, tuxumsimon, o’q-yoysimon

C panjasimon, uch bo’lakli, patsimon

D o’yilgan, tekis

32. Barglar yapqog’ining qirrasi qanday bo’ladi?

A tekis, tishli, ikki karra tishli, arrasimon, o’yilgan

B yumaloq, panjasimon, tuxumsimon,ovalsimon, yuraksimon,nashtarsimon, qalami, robmsimon, uchburchaksimon

C panjasimon, uch bo’lakli, patsimon

D o’yilgan, tekis

33. Barglarning tukli yoki tuksiz bo’lishi nima(lar)ga bog’liq?

A o’simlik turiga B o’sish sharoitiga C A va B

D sistematik birligiga

34.Barg tomirining qaysi qismida hujayralar to‘rga o‘xshab, bir-biri bilan ko‘p sonli teshikchalar orqali tutashgan bo’ladi.

A o’tkazuvchi naylar B elaksimon naychalar C tola D yog’ochlik tolalari

35.Oddiy barglar yaprog’ining tuzilishiga ko’ra qanday bo’ladi?

A panjasimon, uch bargchali, patsimon

B yumaloq, panjasimon, tuxumsimon,ovalsimon, yuraksimon,nashtarsimon, qalami, robmsimon, uchburchaksimon

C panjasimon, uch bo’lakli, patsimon

D o’yilgan, tekis

36. Murakkab barglar qanday turlarga bo’linadi ?

A 4; panjasimon, uch bargchali, toq va juft patsimon, ikki va uch karra patsimon

B 3; panjasimon, uch bo’lakli, patsimon

C 3; panjasimon, uch bargchali, toq va juft panjasimon

D 3; panjasimon, uch bargchali, toq va juft patsimon

37. Murakkab bargli o’simliklarni bargining xillari bilan juftlab yozing.

a)panjasimon b)toq patsimon c)juft patsimon d)uch bargchali

1)yong’oq 2)qulupnay 3)yeryong’oq 4)shoyi akatsiya 5)zarang 6)sebarga 7)no’xat 8)loviya 9)mosh 10)beda 11)soxta kashtan 12)shirinmiya

A a-5,11; b-1,3; c-12; d-6,7,8,9;

B a-11; b-1,12; c-3; d-6,8,9;

C a-5,11; b-1,12; c-3; d-2,6,8,9;

D a-11; b-1,12; c-3; d-2,6,8,9;

38.Uch bo’lakli oddiy bargga ega bo’lgan o’simlikni belgilang.

A anjir B g’o’za C zarang D yantoq

39.juft patsimon barg tuzilishiga xos bo’lgan xususiyatni belgilang.

A bargchalar umumiy barg bandining oxirigacha qarama-qarshi joylashgan bo’ladi

B bargchalar soni juft bo’ladi

C umumiy barg bandining uchi bitta barg bilan tugaydi

D umumiy barg bandining uchi uchta barg bilan tugaydi

40.Toq patsimon bargning tuzilishiga xos bo’lgan xususiyatni belgilang.

A bargchalar umumiy barg bandining oxirigacha qarama-qarshi joylashgan bo’ladi

B umumiy barg bandining uchi barg bilan tugamaydi

C umumiy barg bandining uchi bitta barg bilan tugaydi

D umumiy barg bandining uchi ikkita barg bilan tugaydi

41.Gajaklarga ega bo’lgan o’simliklarni belgilang.

A no’xat, burchoq B beda, loviya

C loviya, burchoq D qulupnay, no’xat, burchoq

42. Burchoq o’simligidagi gajak qaysi tuzilmaning o’zgarishidan hosil bo’lgan?

A juft patsimon bargdagi oxirgi barg

B juft bargchalarning o’rnida C novda

D toq bargchalar o’rnida

43.Saksovul bargiga xos bo’lgan xususiyatlarni belgilang.

1)bargi juda maydalashib ketgan 2)qipiq shakliga kelib qolgan 3)bargi faqat barg yaprog’idan iborat 4)bargining uzunligi 3-4 mm 5)barg bandi bo’lmaydi

6)bargining uzunligi 2mm

A 1,2,4,5 B 1,2,3,6 C 1,2,3,5,6 D 1,2,5,6

45. Tikan daraxt –

A akatsiya B aylant C gledichiya D safora

46. Barglar asosan novdada qanday tartibda joylashgan bo’ladi?

A qarama-qarshi, halqa hosil qilib, navbat bilan

B ketma-ket, qarama-qarshi, halqa hosil qilib

C spiralsimon, qarama-qarshi, navbat bilan

D A va B


47.Barglari novdada navbat bilan joylashgan o’simliklarni belgilang.

1)rayhon 2)g’o’za 3)tok 4)yalpiz 5)qirqbo’g’im 6)pomidor 7)chinnigul 8)olma 9)ligustrum 10)nastarin 11)o’rik 12)dalachoy 13)sambitgul 14)terak 15)kiyiko’t 16)tut 17)mavrak 18)qumrio’t 19)atirgul 20)gazanda 21)oqquray 22)kampirchopon 23)do’lana

A 1,4,7,9,10,12,15,17,20,22 B 5,13,18

C 2,3,6,8,11,14,16,19,21,23 D t.j.y

48.Qaysi tartibdagi joylashish(lar)da bir bo’g’imdan faqat bitta barg chiqadi?

A qarama-qarshi B halqa hosil qilib C navbat bilan D A va C

49.Qaysi tartibdagi joylashish(lar)da bir bo’g’imdan ikkita barg chiqadi?

A qarama-qarshi B halqa hosil qilib C navbat bilan D A va C

51. Qaysi tartibdagi joylashish(lar)da har qaysi bo’g’imdan bir nechtadan barg chiqadi?

A qarama-qarshi B halqa hosil qilib C navbat bilan D A va B

52. Barglari novdada halqa hosil qilib joylashgan o’simliklarni belgilang.

1)rayhon 2)g’o’za 3)tok 4)yalpiz 5)qirqbo’g’im 6)pomidor 7)chinnigul 8)olma 9)ligustrum 10)nastarin 11)o’rik 12)dalachoy 13)sambitgul 14)terak 15)kiyiko’t 16)tut 17)mavrak 18)qumrio’t 19)atirgul 20)gazanda 21)oqquray 22)kampirchopon 23)do’lana

A 1,4,7,9,10,12,15,17,20,22 B 5,13,18

C 2,3,6,8,11,14,16,19,21,23 D t.j.y

53.Novdada barglar qanchalik qalin va ko’p joylashgan bo’lsa ularning quyosh nuriga nisbatan ehtiyoji qanday bo’ladi?

A har qaysi bargi quyosh nuri tushib turadigan holatda, quyoshga qarab o’girilib turadi

B Ustki qismdagi barglari quyosh nuriga to’yinganligi uchun yirik, pastdagilari esa nimjon va nozik bo’ladi

C Pastki qsimdagi barglari yirik, ustki qismdagilari esa mayda bo’ladi

D yorug’lik teng taqsimlanadi natijada yorug’lik tushmaydigan barglar tezda qurib qoladi

54. Barglari novdada qarama-qarshi joylashgan butalarni belgilang.

1)rayhon 2)g’o’za 3)tok 4)yalpiz 5)qirqbo’g’im 6)pomidor 7)chinnigul 8)olma 9)ligustrum 10)nastarin 11)o’rik 12)dalachoy 13)sambitgul 14)terak 15)kiyiko’t 16)tut 17)mavrak 18)qumrio’t 19)atirgul 20)gazanda 21)oqquray 22)kampirchopon 23)do’lana

A 1,4,7,9,10,12,15,17,20,22 B 5,13,18

C 9,10 D 1

55.Bargning qanday hujayralar va to’qimalardan tuzilganligini qaysi asbob(lar)da ko’rish mumkin?

A dastaki lupa B shtativli lupa C mikroskop

D B va C

56. Bargning qanday hujayralar va to’qimalardan tuzilganligini ko’rish uchun qanday usulda preparat tayyorlanadi?

A yangi uzilgan barg ko’ndalangiga yupqa kesiladi va buyum oynasidagi bir tomchi suvga joylanadi

B yangi uzilgan barg uzunasiga yupqa kesiladi va buyum oynasidagi bir tomchi suvga joylanadi

C yangi uzilgan barg ko’ndalangiga yupqa kesiladi va buyum oynasidagi bir tomchi suv yoki glitseringa joylanadi

D yangi uzilgan barg uzunasiga yupqa kesiladi va buyum oynasidagi bir tomchi suv yoki glitseringa joylanadi

57. Barg yaprog’ining … tomon(lar)i po’st bilan qoplangan.

A ustki B ostki C ustki va ostki D barcha

58. Bargning qaysi qismida hujayralar bir-biriga zich yondashgan holatda bo’ladi?

A barg po’sti B barg etida

C barg yaprog’ining barcha qismida

D nay tolali boylamlarda

59. Bargning qaysi qismidagi hujayralarning deyarli hammasi shaffof bo’lib ular orqali yorug’lik o’tadi?

A barg po’sti B barg etida

C barg yaprog’ining barcha qismida

D nay tolali boylamlarda

60.Barg po’stida joylashgan hujayralarning bajaradigan vazifalarini belgilang.

1)ichki qatlamlarni shikastlanishdan saqlaydi 2)ichki qatlamlarni qurib qolishdan saqlaydi 3)yorug’likning o’tishini ta’minlaydi 4)suvni bug’latadi

A 1,2,3,4 B 1,2 C 1,2,3 D 3

61. Barg og’izchalari bargning qaysi qatlamida joylashgan?

A barg po’sti B barg etida

C barg yaprog’ining barcha qismida

D nay tolali boylamlarda

62.Barg og`izcha hujayralari xususiyatlari to’g’ri keltirilgan javobni belgilang

1) loviyasimon shaklda 2) ustunchasimon shaklda

3) ovalsimon shaklda 4)juft hujayralar 5)sitoplazma va yadrodan tashkil topgan 6) sitoplazma, yashil plastida va yadrodan tashkil topgan 7) hujayra qobig’i,sitoplazma, yashil plastida va yadrodan tashkil topgan 8) hujayra qobig’i, vakuol, sitoplazma, yashil plastida va yadrodan tashkil topgan

A1,4,6 B 2,4,7 C1,4,8 D3,4,6

63. Barg og’izchalari bargning qaysi tomon(lar)ida joylashgan bo’ladi?

A ustki B ostki C ustki va ostki D barcha

64. Bargning ustki va orqa tomonidagi po’sti oralig’ida … hujayralari joylashgan.

A barg po’sti B barg eti C loviyasimon

D ustunsimon

65. Barg eti hujayralarining hujayraviy tarkibini belgilang.

1) qobiq 2)sitoplazma 3)yadro 4)xlorofill

A 1,2,3 B 1,2,3,4 C 1,3,4 D 2,3,4

66.Barg eti hujayralari necha qavat bo’lib joylashgan?

A 2 B 1 C 5 D bir necha qavat

67. Barg po’stining tagidagi qavatdagi hujayralarning shakli qanday bo’ladi?

A loviyasimon B ovalsimon C ustunsimon

D yumaloq

68. Ovalsimon va yumaloq hujayralarning joylashgan o’rnini tog’ri belgilang.

A ustunsimon hujayralarning ustida

B loviyasimon hujayralarning ostida

C ustunsimon hujayralarning ostida

D loviyasimon hujayralarning ustida

69.Loviyasimon(a) va ovalsimon(b) hujayralar bargning qaysi qismlarida bo’ladi?

1)barg po’stida 2)barg tomirlarida 3)barg etida 4)qavat ustunchalar ostida 5)barg tukchasida

A)a-3,b-5 B)a-4,b-1 C)a-2,b-4 D)a-1,b-4

70.Quyidagilardan qaysi bir(lar)ida xlorofill bo’lmaydi?

1) barg og’izcha hujayralarida 2) barg po’st hujayralarida 3) ustunsimon hujayralarda

4) ovalsimon hujayralarda

A 1,4 B 2,4 C 2,3 D 2

71. Barglarning ichki tuzilishiga xos bo’lgan jihatlarni belgilang.

1)ustki va ostki po’st (epiderma) 2)barg eti 3)o’tkazuvchi nay tola 4)og’izcha 5)tukcha

A 1,2,3 B 1,2,3,4,5 C 2,3,4 D 1,2,3,4

72.Barg ichki tuzilishi tarkibiga kiruvchi tarkibiy qism(hujayralar)larining tuzilishini to’g’ri joylashtiring.

1) naychalar 2) elaksimon naylar 3)tolalar

a) qalin devor(po’st)li b) cho’ziq hujayralar

c) o’lik d) bir-biriga zanjir shaklida ulangan e)pishiq tuzilishli f)juda uzun hujayralar

A 1-a,c; 2-b,d; 3-a,e,f; B 1-b,c; 2-a,b,d; 3-a,e,f;

C 1-a,c,e; 2-b,d; 3-a,e; D 1- a,e,f; 2-b,d; 3- a,c;

74.Barg tomirining nay tolalali boylamlarini nimalar hosil qiladi?

1)tomir 2)naylar 3)elaksimon naychalar 4)tola 5)yog’ochlik tolalari

A 1,2,3,4,5 B 1,2,3 C 2,3,4 D 2,3,5

75.Tomirlar barg etining qaysi qismlarigacha kirib boradi?

A ustunsimon hujayralar qavatigacha

B ovalsimon hujayralar qavatigacha

C yumaloq hujayralar qavatigacha

D barg etining barcha qismigacha

76. Barglarning ichki qismi qaysi to’qimalardan tashkil topgan?

1)asosiy 2)hosil qiluvchi 3)mexanik 4)o’tkazuvchi

5)qoplovchi

A 1,2,3,4 B 2,3,4,5 C 1,3,4,5 D 1,2,4,5



SHAKLI O’ZGARGAN NOVDALAR
1. Shakli o‘zgargan novdalar …larga bo‘linadi.

A piyozbosh, tugunak, ildizpoya

B yerosti va yerusti shakli o‘zgargan novda

C jingalak, gajak va tikan

D barg va kurtak

2. Shakli o‘zgargan yerusti novdalariga … misol bo‘ladi.

A piyozbosh, tugunak, ildizpoya B havo ildizlari

C jingalak, gajak va tikan D barg va kurtak

3. Shakli o‘zgargan yerosti novdalariga … kiradi

A piyozbosh, tugunak, ildizpoya B havo ildizlari

C jingalak, gajak va tikan D barg va kurtak

4. Kurtak va bosh piyoz uchun umumiy bo'lgan jihatni belgilang.

A tubida qisqargan kalta poyacha bo'ladi

B seret barglari bo'ladi C hammasi

D tashqi tomondan quruq qobiq bilan qoplangan bo'ladi

5. Piyozbosh uzunasiga kesib qaralganda uning organlari joylashgan joyini to’g’ri joylashtiring.

1)Piyozboshning tubida 2)tubidan pastga qarab 3)tubidan yuqoriga qarab 4)o’rtasida 5)tashqi tomonida qaysi organlari joylashgan bo’ladi?

a)kurtaklari b) kalta poyacha c)seret barglar d)quruq qobiq e)qo’shimcha ildiz

A 1-a; 2-b; 3-c; 4-e; 5-d; B 1-b; 2-e; 3-c; 4-a; 5-d;

C 1-a; 2-e; 3-b; 4-a; 5-d; D t.j.y

6. Piyozboshning seret barglari o’rtasida nima joylashgan?

A kurtaklar B kalta poya C gulband

D qo’shimcha novda ildiz

7.Piyozboshning ….lari shakli o’zgargan barglar hisoblanadi.

A gulband B kalta poya C seret barglar

D quruq qobiq

8. Piyozboshning qaysi qismidagi hujayralarda oziq moddalari to’planadi?

A bargchalari B kalta poya C seret barglar

D quruq qobiq

9. Piyozning bargchalari va gulbandi qayerdan o’sib chiqadi?

A yerosti piyozboshi tubidan

B kurtaklardan

C bargchalari yer osti, gulbandi yerusti poyasidan

D bargchalari yer usti, gulbandi yerosti poyasidan

10. Kesib ko’rsatilgan bosh piyozning tarkibiy qismlarini belgilang.

1)tubi 2)kurtaklari 3)sersuv qobiqlar 4)quruq qobiqlari 5)qo’shimcha ildizlar

A 1,2,3,4 B 2,3,4,5 C 1,2,3,4,5 D 1,3,4,5

11. Tugunakli o’simliklarni belgilang.

A g’umay, qamish, ajriq, yalpiz, shirinmiya, gulsafsar

B kartoshka, topinambur

C shoyigul, batat, kartoshkagul

D anzur piyoz, sarimsoq piyoz, bosh piyoz, lola, boychechak

12. Ildizpoyali o’simliklarni belgilang.

A g’umay, qamish, ajriq, yalpiz, shirinmiya, gulsafsar

B kartoshka, batat, shoyigul

C shoyigul, batat, kartoshkagul

D anzur piyoz, sarimsoq piyoz, bosh piyoz, lola, boychechak

13. Kartoshka tugunagiga xos bo’lgan xususiyatlarni belgilang.

1)yumaloq 2)yer osti organlarida hosil bo’ladi 3)o’zida ko’p miqdorda oziq moddalari to’playdi 4)o’zida ko’p miqdorda kraxmal saqlaydi 5)tashqi tuzilishi jihatdan novdaga o’xshaydi 6) ichki tuzilishi jihatdan novdaga o’xshaydi 7)chuqurchalari-ko’zchlalarida kurtaklari joylashadi 8)kurtaklari tugunakning ichida joylashadi

A 1,2,3,4,5,7 B 1,2,3,4,6,7 C 1,2,3,4,5,8 D 1,2,3,4,6,8

14. Kartoshka tugunagiga xos bo’lmagan xususiyatlarni belgilang.

1)yumaloq 2)yer osti organlarida hosil bo’ladi 3)o’zida ko’p miqdorda oziq moddalari to’playdi 4)o’zida ko’p miqdorda kraxmal saqlaydi 5)tashqi tuzilishi jihatdan novdaga o’xshaydi 6) ichki tuzilishi jihatdan novdaga o’xshaydi 7)chuqurchalari-ko’zchlalarida kurtaklari joylashadi 8)kurtaklari tugunakning ichida joylashadi

A 5,7 B 5,8 C 6,7 D 6,8

15.Tugunak boshqa yer osti novdalaridan qaysi xususiyati bilan farq qiladi?

A kurtaklari poyaning tashqarisida joylashadi

B kurtaklari alohida ko’zchalarda joylashadi

C o’zida juda ko’p miqdorda oziq modda to’playdi

D skakar kraxmalga aylanadi

16. Kartoshka tugunaklari uchun qanday sharoit qulay hisoblanadi (tez ko’karadi)?

A issiq, quruq sharoit B issiq, sernam sharoit

C salqin, quruq sharoit D salqin, sernam sharoit

17. Kartoshka tugunagida kurtaklarning ko’p qismi qayerda joylashgan bo’ladi?

A uchki qismida B pastki qismida C o’rta qismida

D barcha qimslarida tarqoq teng taqsimlangan bo’ladi

19.Kartoshka tugunagida kraxmal borligini aniqlash uchun qaysi tajriba bajariladi?

A spirtga solinadi B yod tomiziladi

C toza qog’ozga ishqalanadi

D xlorid kislotaning kuchsiz eritmasi tomiziladi

20. Dastlab kartoshkaning qaysi qismida kraxmal hosil bo’ladi?

A tugunak B barg C elaksimon naylar D A va B

21. Kraxmal qayerda shakarga aylanadi?

A tugunak B barg C elaksimon naylar D A va B

22. Ildizpoyada nimalar bo’ladi?

1)qo’shimcha ildiz 2)shakli o’zgargan barg 3)qo‘shimcha kurtak 4)quruq qobiq 5)asosiy ildiz

A 1,2,3 B 1,2,3,5 C 2,3 D 2,3,5

23.U sug’oriladigan ekinlarga zarar keltiruvchi o’simlik hisoblanadi.

A pechak B g’umay C ituzum D qo’ng’irbosh

24.Ildizpoyaning o’simliklar hayotidagi ahmiyatini belgilang.

1)o'simliklarni noqulay tashqi muhitdan saqlaydi 2)o'zida ko'p miqdorda oziq moddalari to'playdi 3)vegetativ yo'l bilan ko'payishida xizmat qiladi

A 1,2,3 B 1 C 2,3 D 3

25.Tanasi tez o’sadigan, yog`ochligi yumshoq o`simlik(lar)ni belgilang?

A.terak B.yong`oq C.tol D.terak va tol

26. Shakli o‘zgargan yerusti novdalariga ega o’simliklarni belgilang.

A piyozbosh, karam, aloe

B kartoshka, topinambur

C g’umay, qamish, ajriq, yalpiz, shirinmiya, gulsafsar

D qulupnay, bodring, do‘lana

27. Novdalari jingalaklarga aylangan o’simlikni belgilang

A qulupnay B bodring

C no‘xat, loviya D piyozbosh, karam, aloe

28. Shakli o‘zgargan yerosti novdalariga ega o’simliklarni belgilang.

A no‘xat, loviya B kartoshka, topinambur

C kaktus, zirk D qulupnay, bodring, do‘lana

29. Barglari jingalaklarga aylangan o’simlikni belgilang

A qulupnay B bodring

C no‘xat, loviya D piyozbosh, karam, aloe

30. Novdalari gajaklarga aylangan o’simlikni belgilang

A qulupnay B bodring

C no‘xat, loviya D piyozbosh, karam, aloe

31.Nima o‘simliklarni boshqa o‘simliklarga ilashib bargga yorug‘lik tushishini va poyani tutib turishni ta’minlaydi

A jingalak B gajak C tikan D shakli o’zgargan novda

32. Barglari gajaklarga aylangan o’simlikni belgilang

A qulupnay B bodring C no‘xat D piyozbosh

33. Qanday o’suvchi o’simliklarda barglar jingalaklarga aylangan?

A yoyilib o’suvchi B o’raluvchi

C ilashuvchi D o’rmalovchi

34. Novdasi (1) va bargi(2) tikanga aylangan o’simliklarni belgilang.

A 1-zirk, do’lana 2-akatsiya, kaktus

B 1-akatsiya 2-do’lana, zirk

C 1-do’lana 2-akatsiya, zirk, kaktus

D 1-akatsiya, do’lan 2-zirk, kaktus

35. Murakkab toq patsimon bargli, yon barglari tikanga aylangan o’simlikni belgilang

A zirk B kaktus C akatsiya D do’lana

36. Ko’p yillik, murakkab uch bargchali, novdalari jingalakga aylangan o’simlikni aniqlang

A bodiring B do’lana C no’xat D qulupnay

37. Barglari metamorfozlashgan o’simliklarni belgilang

1) g’umay, 2)qamish, 3)qulupnay 4)karam, 5)aloe 6)gulsafsar 7)piyozbosh 8)topinambur 9)no‘xat, 10)bodring, 11)do‘lana, 12)loviya 13) akatsiya 14)kartoshka 15)kaktus, 16)yalpiz, 17)zirk, 18)shirinmiya

A 4,5,7 B 1,2,6,7,8,14,16,18

C 3,10,11 D 4,5,7,9,12,13,15,17

38. Barglari etli bo‘lib, o‘zida zaxira ozuqa moddalar saqlaydigan o’simliklarni belgilang

1) g’umay, 2)qamish, 3)qulupnay 4)karam, 5)aloe 6)gulsafsar 7)piyozbosh 8)topinambur 9)no‘xat, 10)bodring, 11)do‘lana, 12)loviya 13) akatsiya 14)kartoshka 15)kaktus, 16)yalpiz, 17)zirk, 18)shirinmiya

A 4,5,7 B 1,2,6,7,8,14,16,18

C 3,10,11 D 4,5,7,9,12,13,15,17

39. Shakli o’zgargan yerusti novdali o’simliklarni belgilang

1) g’umay, 2)qamish, 3)qulupnay 4)karam, 5)aloe 6)gulsafsar 7)piyozbosh 8)topinambur 9)no‘xat, 10)bodring, 11)do‘lana, 12)loviya 13) akatsiya 14)kartoshka 15)kaktus, 16)yalpiz, 17)zirk, 18)shirinmiya

A 4,5,7 B 1,2,6,7,8,14,16,18

C 3,10,11 D 4,5,7,9,12,13,15,17

40. Qaysi yerosti novdali o’simlikning barglari etli bo’lib, o’zida zaxira ozuqa moddalarni saqlaydi.

A topinambur B bodiring C piyozbosh D karam


Download 295.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling