1. 1 Jamg’arma va investitsiya o’rtasidagi muvozanatning keynscha modeli


Download 406.66 Kb.
bet3/3
Sana16.12.2020
Hajmi406.66 Kb.
#168492
1   2   3
Bog'liq
Jamg’arma va invyestitsiya o’rtasidagi muvozanatning keynscha modelining moxiyatini xamda klassik modeldan farqini tushuntirib

hajmining muvozanatli darajalari





Narxlarning muvozanatli darajasi deganda shunday narx darajasi tushuniladiki, unda yalpi talab va taklif hajmi bir-biriga mos kelishi yoki teng bo’lishi kerak. Avvalo yalpi talab egri chizig’i va yalpi taklif egri chizigining oraliq kesmada mos kelishini ko’rib chiqamiz. Narxlarning muvozanatli darajasi va milliy ishlab chiqarish hajmining muvozanatli darajalari mos ravishda Re va Ye lar bilan belgilangan. Nima uchun Re narxlarning muvozanatli darajasi va Ye milliy ishlab chiqarishning muvozanatli darajasini bildirishini ko’rsatishimiz uchun narxlarning muvozanatli darajasi Re emas, balki R1 deb hisoblaymiz. Narxlar darajasi R1 bo’lgan vaziyatda korxonalar milliy ishlab chiqarish hajmini Y1 miqdoridan oshirmaydi.

Iste’molchilar narxlar darajasi R1 bo’lganda mahsulotlarni Y2 darajada sotib olishga tayyor turadi. AD>AS bo’lganligi tufayli iste’molchilar o’rtasidagi raqobat narxlar darajasini Re gacha suradi. Narxlar darajasining R1 dan Re gacha ko’tarilishi ishlab chiqarish hajmini Y1 dan Ye gacha oshirishga va iste’molchilarning talabini Y2 dan Ye gacha kamaytirishga olib kelali. Va bu AD, AS to’g’ri chiziqlari e nuqtada kesishadi. Demak, aynan Re narx narxlarning muvozanatli darajasi va e muvozanat nuqtasidir.

R AS

chizma. Yalpi taklif egri chizig’ining oraliq kesmadagi muvozanat

chizmada yalpi talab egri chizig’i yalpi taklif egri chizig’ini Keyns kesmasida kesib o’tadi. Bunday vaziyatda narxlar darajasi hech qanday ahamiyatga ega emas. Buni tushunish uchun avvalo milliy ishlab chiqarishning muvozanatli hajmini Ye va muvozanatli narxlar darajasini Re bilan belgilaymiz.

Muvozanatli ishlab chiqarish hajmi aynan Ye ekanligini isbotlash uchun bu hajmni Y1 deb hisoblaymiz. U xolda AD2 deb hisoblacak, aksincha, AS

Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, yalpi taklif egri chizig’ining keyns kesmasida yalpi talabning o’zgarishi ishlab chiqarish hajmining oshishi yoki kamayishiga olib keladi, narxlar darajasi esa o’zgarmaydi.

Yalpi talab egri chizig’ini AS egri chizig’ining vertikal kesmasida o’zgarsa bu ishlab chiqarish hajmiga ta’sir ko’rsatmaydi va faqat narxlar darajasi o’zgaradi, xolos. Ya’ni, bu kesmada talabning oshishi talab inflyatsiyasini keltirib chiqaradi. Yalpi taklifning bu kesmasida talabning har qanday o’zgarishi faqat narxlar darajasi o’zgarishga olib keladi. Ishlab chiqarish hajmi esa to’liq bandlik sharoitida o’zgarmay qoladi.

Oraliq va vertikal kesmalarda narxlar o’sib borishi bilan kuzatilgan yalpi talabning ko’payishi talab inflyatsiyasi mavjudligini ko’rsatadi.



Yalpi taklifning o’zgarishi muvozanat narxlar darajasiga va milliy ishlab chiqarish xajmining muvozanat darajasiga qanday ta’sir ko’rsatishini ko’rib chiqamiz.

0 Y1 Ye Y2

Y

chizma. Yalpi taklif egri chizig’ining keyns kesmasidagi muvozanati


Yalpi taklif o’zgarishining narxlarning va ishlab chiqarishning muvozanatli darajasiga ta’sirini 6-chizma misolida ko’rib chiqamiz. Narxdan boshqa omillar ta’sirida yalpi taklifning AS1 dan AS2 ga siljishi natijasida ishlab chiqarish xajmi Y1 dan Y2 gacha kamayadi, narxlar darajasi esa R1 dan R2 gacha ko’tariladi, ya’ni stagflyatsiya ro’y beradi.



Boshqa bir vaziyatda, masalan, narxlarga bog’liq bo’lmagan omillardan birortasi o’zgarib, yalpi taklifning o’zgarishiga olib kelsin. Ya’ni, erning narxi pasaysa, korxonalardan olinadigan soliqlar kamaysa va bular natijasida mahsulot birligiga ketgan sarf-xarajatlar qisqarsa, unda jami taklif egri chizig’i AS1 dan AS3 holatga siljiydi. Bunda narxlar muvozanat darajasi R1 dan R3ga qadar pasayadi va ishlab chiqarishning muvozanatli hajmi Y1 dan Y3 qadar oshadi, ya’ni, iqtisodiy o’sish holati ro’y beradi.



2-Bob Investitsiyalar va uning darajasini belgilovchi omillar

Investitsiyalar – asosiy va aylanma kapitalni qayta tiklash va ko’paytirishga, ishlab chiqarish quvvatlarini sarflarining pul shaklidagi ko’rinishidir. U pul mablag’lari, bank kreditlari, aktsiya va boshqa qimmatli qog’ozlar ko’rinishida amalga oshiriladi. Pul mablag’lari ko’rinishidagi investitsiya nominal investitsiya, ana shu mablag’lariga sotib olish mumkin bo’lgan investitsion resurslar real investitsiya deyiladi. Investitsiyalarni ro’yobga chiqarish bo’yicha amaliy harakatlar – investitsion faoliyat, investitsiyalarni amalga oshiruvchi shaxs - investor deyiladi.

Investitsiyalarning manbalaridan biri bo’lib, aholi keng qatlamlarining jamg’armalari hisoblanadi. Shuni ta‘kidlash lozimki, azalda jamg’arma egasi va investor bir shaxsda namoyon bo’lishi va bo’lmasligi ham mumkin. Investitsiya jamg’armalari ko’pchilik sub‘ektlar tomonidan amlga oshiriladi, ulardan investitsiya sifatida foydalanish esa butunlay boshqa sub‘ektlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Shuningdek, iqtisodiyotda faoliyat yurituvchi sanoat, qishloq xo’jaligi va boshqa korxonalar jag’armasi ham ivestitsiya manbai bo’lib hisoblanadi. Bu o’rinda “jamg’aruvchi” va “investor” bir sub‘ektda mujassamlashadi.



Investitsion faoliyati quyidagi manbalar hisobiga amalga oshirilishi mumkin:

- investorlarning o’z moliyaviy resurslari (foya, amortizatsiya aratmalari, pul jamg’armalari va h.k)

- qarz olingan moliyaviy mablag’lar (obligitsiya, zayomlari, bank kreditlari).

- jalb qilingan moliyaviy mablag’lar (aktsiyalarni sotishdan olingan mablag’lar, jismoiy va huquqiy shaxslarning pay va boshqa tulovlari)

- davlat byujeti mablag’lari;

- chet elliklar mablag’lari.

Mamlaktimizda investitsiyalarning moliyalashtirish manbalari tuzilishi ham yillar davomida o’zgarib bormoqda. Jumladan, yildan yilga davlat byudjeti mablag’larining ulushi kamayib, korxona mablag’lari; to’g’ridan – to’g’ri xorijiy investiiyalar hamda nobyudjet fondlar mablag’larining ulushi oshib bormoqda.

Investitsiyalarga sarflar darajasini ikkita asosiy omil belgilab beradi:

Investitsiya sarflaridan kutilayotgan foyda normasi;

Foiz stavkasi.

Investitsiyalarga qilinadigan sarflarning harakatlantiruchi motivi foyda hisoblanadi. Tadbirkorlar ishlab chiqarish vositalarini qachonki ular foyda keltiradigan bo’lsa, sotib oladilar.

Investitsiya darajasiga kutilayotgan sof foyda normasi va foiz stavkasidan tashqari boshqa quyidagi omillar ham ta‘sir ko’rsatadi:

1) Mashina va uskunalarni xarid qilish, ishlatish va ularga xizmat ko’rsatish xarajatlari;

2) Tadbirkorlardan olinadigan soliq miqdori;

3) Texnologik o’zgarishlar.

Yalpi sarflar tarkibining investitsiya sarflariga oid qismi yalpi xususiy ichki investitsiyalar deb yuritiladi. Shunga ko’ra yalpi va sof investitsiyalarni ham bir-biridan farqlash zarur.

Yalpi investitsiyalar - joriy yil davomida iste‘mol qilingan asosiy kapitalni qoplashga muljallangan (amortizatsiya) hamda iqtisodiyotdagi kapital hajmiga har qanday sof qo’shimchalardan iborat barcha investitsion tovarlarni ishlab chiqarishni o’z ichiga oladi.

Sof investitsiyalar esa joriy yil davomida qo’shimcha ravishda jalb qilingan investitsion tovarlardan iborat.

Asosiy kapitalga investitsiyalar va ularning moliyalashtirish

manbalari bo’yicha tarkibi (%):


Ko’rsatkichlar


Y i l l a r


2000

2001

2002

2003

2004

2005

2006

2007

Asosiy kapitalga investitsiyalar

(mln. so’m)



744,5

1320,9

1442,4

1867,4

2473,2

3012,9

3838,3

5479,7

Davlat byudjeti

29,2

21,5

25,0

17,7

14,9

12,8

10,7

9,0

Korxonalar mablag’lari

27,1

31,0

40,0

41,8

43,2

48,5

48,3

59,0

Aholi mablag’lari

12,0

10,3

12,0

11,1

12,4

11,8

11,7

12,8

Hukumat tomonidan kafolatlangan xorijiy investitsiyalar

19,8

23,2

15,7

19,2

14,5

6,0

4,9

22,8

To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar

3,4

4,8

4,7

7,1

10,0

13,2


14,1

.-

Bankning markazlashgan kreditlari

5,2

5,9

0,1

0,0

0,0

0,0

0,0

0,0

Tijorat banklarning kreditlari

1,7

2,2

1,5

1,9

2,3

2,9

3,4

3,1

Nobyudjet fondlar mablag’lari

1,2

0,5

0,3

0,4

2,4

4,7

6,9

6,1

Boshqa qarz mablag’lari

0,4

0,6

0,7

0,8

0,3

0,2

0,0

0,0

JAMI:

100

100

100

100

100

100

100

100



Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat staistika ko’mitasi ma‘lumotlari

Sof investitsiya yalpi investitsiya bilan amortizatsiya ajratmalarining ayirmasiga teng sof investitsiya asosiy va aylanma kapitalning o’sishini ta‘minlaydi.

Iste‘mol – jamiyat iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida ishlab chiqarish natijalaridan va ishlab chiqarish omillari (ishchi kuchi) dan foydalanish jarayoni.

SHaxsiy iste‘mol – iste‘molchilik tasifidagi ne‘matlar va xizmatlaridan foydalanishini, ya‘ni ularning individual tarzda iste‘mol.

Unumli iste‘mol – ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchidan foydalanish.

Iste‘mol sarflari – aholi daromadlarining tirikchilik ne‘matlari va xizmatlar uchun ishlatiladigan qismi.

Jamg’arish – aholi, korxona (firma) va davlat joriy daromadlarining kelajakdagi ehtiyojlarini qondirish va foizli daromad olish maqsadida tuplanib borilishi.

Iste‘molga o’rtacha moyillik – shaxsiy daromadning iste‘molga ketadigan ulushi.



Jamg’arishga o’rtacha moyillik – shaxsiy daromadning jamg’arishga ketadigan ulushi.

Iqtisodiy jamg’arish - milliy daromadning bir qismidan asosiy va aylanma kapitallarni, shuningdek, ehtiyoj va zahiralarini ko’paytirish uchun foydalanish.

Jamg’arish normasi – jamg’arish summasining milliy daromadga nisbatining foizdagi ifodasi.

Investitsiya – ishlab chiqarishni va xizmat ko’rsatish sohalarini kengaytirishga, ya‘ni asosiy va aylanma kapitalga pul shaklidagi qo’yilma.

Investitsiyalar samaradorligi – milliy daromad (foyda) o’sgan qismining investitsion sarflar summasiga nisbatining foizdagi ifodasi.

Xulosa

Iste‘mol va jamg’arma hajmi hamda unga ta‘sir ko’rsatuvchi omillar o’rtasidagi bog’liqlik iste‘mol va jamg’arma funktsiyasi deyiladi. Bu funktsiyalar bayon etishda klassik iqtisodchilar va keynschilarning nuqtai nazarlari farqlanadi. Klassik iqtisodchilarning fikriga ko’ra, kishilar o’z mablag’larini qo’shimcha daromad keltirgan taqdirda jamg’armaga yo’naltirishga harakat qiladilar. Shunga ko’ra, banklarning real foiz stavkasi qanchalik yuqori bo’lsa, ularning jamg’armaga qiziqishlari shu qadar kuchli bo’ladi, ya‘ni jamg’arma real foiz stavkasining o’sib boruvchi funktsiyasi deyiladi (hisoblanadi). Aholi daromadlari iste‘mol va jamg’arma mablag’larinig yig’indisidan iborat ekan, real foiz stavkasining o’sishi bilan iste‘mol kamayib, pasayishi bilan esa ko’payib boradi. Boshqacha aytganda, klassik iqtisodchilar fikriga ko’ra iste‘mol real foiz stavkasining pasayib boruvchi funktsiyasi hisoblanadi.

Iqtisodiy o’sishda nafaqat mamlakat real daromadlarining o’sishi, shuningdek, jon boshiga to’g’ri keladigan real daromadlarning o’sishi ham tushuniladi.

Iqtisodiy o’sish ikki xil usul bilan aniqlanadi va o’lchanadi.

Birinchi usul, YaIM (SIM)ni o’tgan davrga nisbatan o’zgarishi sifatida aniqlanadi va mamlakatning umumiqtisodiy imkoniyatlari harakatini aniqlash uchun ishlatiladi.

Ikkinchi usul, real YaIM (SIM)ning o’tgan davrga nisbatan aholi jon boshiga o’zgarishi sifatida aniqlanadi.

Iqtisodiy o’sishni aniqlash va asoslab berish jarayonlarida quyidagilarga e’tibor berish kerak:

Iqtisodiy o’sishni o’lchash;

O’sish omillari;

Iqtisodiy o’sish modellari.

Milliy iqtisodiyot o’sishini o’lchashda jami daromadlarning (mahsulotlarning) har xil indikatorlaridan foydalanish mumkin. Umumiy o’sish darajasi aslida YaIM miqdori bilan belgilanadi. Shuningdek, bu ko’rsatkichlar miqdori va bajarayotgan vazifasiga qarab YaIM yoki MD ham bo’lishi mumkin. Bu ko’rsatkichlarning barchasi bir-biriga juda ham yaqin. YaMD YaIM kabi ushbu mamlakat aholisi olayotgan daromadlar miqdorini ko’rsatadi. Shuning uchun ham undan aholi jon boshiga to’g’ri keladigan daromadlar dinamikasi va darajasini aniqlayotganda foydalanish mumkin. Iqtisodiy o’sish nazariyasi va modellarida umumiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning farqi unchalik katta ahamiyatga ega emas. Chunki, ularning farqi iqtisodiy o’sish chegarasi va omillari o’sish darajasini tahlil qilishda hal qiluvchi jarayon hisoblanmaydi.

Iqtisodiy o’sish nazariyasida daromadlar iste’mol va investitsiyalarga bo’linadi.

Y = S + I

Davlat xarajatlari va sof eksport ko’rsatkichlari ham iste’mol va investitsiyalar tarkibiga kiritib yuboriladi.

Mutlaq miqdordagi ko’rsatkichlar dinamikasi Y ( t -vaqt indeksi) va jon boshiga to’g’ri keladigan ko’rsatkichlar birgalikda o’sish jarayonini bildiradi.

Iste’mol hajmi (S) iqtisodiyotning provard maqsadini va yashash darajasi oshishini bildirsa, investitsiyalar esa resurs imkoniyatlarining o’sishi va texnik yangiliklarning moddiylashishini anglatadi.

Iste’mol va investitsiya o’rtasida etarlicha muqobillik mavjud, chunki, joriy iste’mol miqdorining oshishi investitsiyalarning daromaddagi ulushini pasaytirish iqtisodiy o’sish imkoniyatlarini qisqartiradi.

O’sishning barcha imkoniyatlariga real miqdorlarga tayanilib, ya’ni, doimiy narxlarda qaraladi. Aksincha, nominal ko’rsatkichda ularning dinamikasi nafaqat real o’sish darajasini, balki inflyatsiyani ham o’z ichiga olgan bo’lar edi.

Har bir ko’rsatkich bo’yicha uch xil miqdordagi dinamikani tahlil qilish mumkin:

Absolyut ko’rsatkich: masalan, real ishlab chiqarish Yt;

Absolyut qo’shimcha o’sish: masalan, ishlab chiqarishning oshishi.

ΔY = Yt-Yt-1

Qo’shimcha o’sish sur’ati =Yt-Yt-1/ Yt-1

Iqtisodiy o’sish sur’atlari quyidagi formulalar yordamida aniqlanadi:

bazis o’sish sur’ati =(Yt-Y0/ Y0) x 100

zanjirli o’sish sur’ati = (Yt-Yt-1/ Yt-1) x 100 Qo’shimcha o’sish sur’atlari esa:

bazisli qo’shimcha o’sish sur’ati==(Yt-Y0/ Y0) x 100- 100

zanjirli qo’shimcha o’sish sur’ati=(Yt-Yt-1/ Yt-1) x 100- 100

Har bir mamlakat iqtisodiy o’sishga intiladi, chunki iqtisodiy o’sish, birinchidan, milliy mahsulot hajmi va daromadning ko’payishiga, ikkinchidan, rssurslardan samarali foydalanishga, uchinchidan, yangi-yangi ehtiyojlar va imkoniyatlarning paydo bo’lishiga, to’rtinchidan, xalqaro bozorlarda mamlakat obro’sining oshishiga olib keladi.

Iqtisodiy o’sish usullaridan to’g’ri va o’z o’rnida foydalanish katta ahamiyatga ega. Masalan, mamlakat harbiy salohiyatini aniqlash va rivojlantirish muammosi qaralayotganda YaIM hajmining o’sishi, mamlakat aholisining turmush faoliyati taqqoslanayotganda aholi jon boshiga to’g’ri keladigan ko’rsatkichlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Amaliyotda iqtisodiy o’sishning ikki xil ko’rinishi farqlanadi: haqiqiy va potentsial.








Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


Axmedov D.Q., Ishmuxammedov A.E.,Jumaev Q.X., Jumaev Z.A

Makroiqtisodiyot. Darslik.- T.: TDIU, 2004, 240 b.

Агапова Т.А., Серегина С.Ф. Макроэкономика: Учебник. М.:Дело и Сервис, 2001.

Вечканов Г.С., Вечканова Г.Р. Макроэкономика: Торговая политика. Инфляция и безработица. Социалная политика. СПб.: ЗАО «Питер», 2005.

Гайгер А., Линвуд Т.Макроэкономическая теория и переходная экономика. Пер. с англ. М.:ИНФРА-М, 1996.

Галперин В.М., Гребенников П.И., Леусский А.И., Тарасевич Л.С.

Макроэкономика: Учебник. СПб.:СПбГУЕФ,1997.

Дорнбуш Р.,Фишер С. Макроэкономика. М.:МГУ,1997.

Yo’ldoshev Z., Qosimov M.S. Makroiqtisodiyot asoslari. T.:

«O’qituvchi»,1994

Менкю Н.Г. Макроэкономика. М.:МГУ,1997.

Селишчев А.С. Макроэкономика: Откритая экономика. Причини экономического роста. Динамика рынков. СПб.: ЗАО «Питер», 2005.

19.Xodjaev R., Maxmudov B., Xadjaev X., Ergashev E, Egamberdiev R. Mikro va makroiqtisodiyot.O’quv qo’llanma-T.:”ILM ZIYO” 2012, 324 b.

20. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning “2012 yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko’taradigan yil bo’ladi” nomli ma’ruzalarini o’rganish bo’yicha O’quv-uslubiy majmua. – Toshkent: Iqtisodiyot. – 2012, 282 b.

21.Abulkasimov X. Makroiqtisodiy tartibga solish va O’zbekistonning barqaror rivojlanishi. Monografiya. – T. “Akademiya”, 2011, 92 b.



O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligining rasmiy ma’lumotlari
Download 406.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling