1-1 ona tili 9-sinf Darsning mavzusi: Dunyo tillari va o`zbek tili
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash
Download 277.41 Kb.
|
9-sinf ona-tili
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:
1.Ko’chirma gapli qo’shma gaplar yuzasidan tarqatmalar asosida savol-javob; 2.Uyga vazifalar tahlili.
I.1-,2-topshiriq:Matnni o’qish va matn asosida savol-javob: 1.”Notiq ”hikoyasi orqali nima nazarda tutilgan? 2.Ona tilimizning imkoniyatlari haqida gapiring. II.Bilib oling:Adabiy tilning ijtimoiy holatdagi ma’lum soha doirasidagi .ma’lum nutqiy vaziyatga xoslangan ko’rinishi nutq uslubi hisoblanadi.So’zlar ham ma’lum nutq uslubiga xoslanish-xoslanmaslik belgisiga ko’ra uslubiy xoslangan va uslubiy betaraf so’zlarga bo’linadi. Adabiy nutq uslubi doirasidagina qo’llanadigan so’zlar uslubiy xoslangan so’zlar,bunday xususiyatga ega bo’lmagan so’zlar esa uslubiy betaraf so’zlar sanaladi. O’zbek tilining quyidagi nutq uslublari mavjud:1)so’zlashuv uslubi;2)publisistik uslub;3)ilmiy uslub;4)rasmiy uslub;5)badiiy uslub.Bularning birinchisi og’zaki,qolganlari yozma nutqqa xos. Tilshunoslikning nutq uslublarini o’rganuvchi tilshunoslik bo’limi uslubshunoslik deyiladi. III.O’qing.Matnning qaysi uslubga xosligini ayting. Moddalar tarkibining qonuni kimyoviy asosiy qonunlaridan biridir.-Ilmiy uslub Darsning mustahkamlash bosqichida: I.211-213-mashqlar ustida ishlash: 212-mashq:Gaplarning qaysi uslubga xosligini ayting: 1.Ko’kdan quyosh mo’ralab qaraydi.-Badiiy uslub. 4.Fe’llar harakat ma’nosini bildiruvchi so’zlardir.-Ilmiy uslub. III.O’yin:”Men kimga tegishliman?”Nutq uslublariga 1-guruh-gap tuzadi,2-guruh qaysi uslubga tegishlisini aytadi . Masalan:1-guruh:-Hoy,og’zingga qarab qarab,bo’lmasa hozir adabing berib qo’yaman; 2-guruh-So’zlashuv uslubi… IV.Test sinovi 1. Adabiy tilning ijtimoiy holatdagi ma’lum soha doirasidagi .ma’lum nutqiy vaziyatga xoslangan ko’rinishi A.Uslubshunoslik B.Nutq uslublari C.Betaraf uslubshunoslik D.Xoslangan uslubshunoslik 2.Qaysi uslub faqat og’zaki uslubga xos? A.Badiiy B.Ilmiy C. So’zlashuv D. Publisistik 3.Nutq uslublari necha turga bo’linadi? A.5 B.4 C.6 D.3 4. Tilshunoslikning nutq uslublarini o’rganuvchi tilshunoslik bo’limi A.Sintaksis B.Punktuatsiya C.Leksikologiya D.Uslubshunoslik 5.Berilgan gap qaysi uslubga xos? Bugun yurtimizda Hamdo’stlik mamalakatlari vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. A.Badiiy B.Ilmiy C. So’zlashuv D. Publisistik Javoblar:1.B 2.C 3.A 4.D 5.D Uyga vazifa:214-mashq.Turli nutq uslublariga oid gaplar tuzing: 1.Hoy,qitmir,nega muncha qaitmirlik qilasan,axir hamma bu ishga teng tashlayapti,sen nega o’zingni olib qochasan?-So’zlashuv uslubi. 2.Bu yil bahor erta keldi.Daraxtlar ham erta kurtak chib,tabiat oq,pushti gullarga burkandi.-Publisistik uslub Download 277.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling