1. 1§. O’zbekistonda demokratik jamiyat to’g’risidagi qarashlar va uning rivojlanish bosqichlari 2§. Ijtimoiy tashkilotlar-fuqarolik jamiyatining asosiy elementlari. Ii-bob. «O’zbekistonda fuqarolik jamiyati shakllanish o’ziga xos
Download 478 Kb.
|
1 1§ O’zbekistonda demokratik jamiyat to’g’risidagi qarashlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Ijtimoiy sheriklik to’g’risida”gi Qonun
Uchinchidan, jamoat tashkilotlarining eng ommaviy shakllaridan biri hisoblangan kasaba uyushmalari jamiyatning ijtimoiy taraqqiyotiga sezilarli darajada ta’sir o’tkazadilar. Ta’kidlash joizki, ushbu institutning ijtimoiy jarayonlardagi ta’siri faqatgina mehnat munosabatlari bilan chegaralanib qolmasdan, balki undan ham kengroq doiraga qaratilgan.
Kasaba uyushmalarining ijtimoiy yo’naltirilgan funksiyalarining mohiyati quyidagilarda namoyon bo’ladi: jamiyatning integrasiyalashuviga erishish; ishlab chiqarish demokratiyasini rivojlantirish orqali fuqarolik jamiyatini shakllantirish; davlatning ijtimoiy sohadagi siyosatini rivojlantirishga ko’maklashish; jamiyatning mehnat potensiallarini saqlash va rivojlantirish; 53
bozor munosabatlarini rivojlantirish, mehnat bozorini takomillashtirish; jamiyatda inson qadr-qimmatini oshirish va mehnat odatlarini rivojlantirish. Mamlakatimizda ijtimoiy voqelikning jadal sur’atlarda rivojlanib borishi, jamiyatda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar fuqarolik jamiyatining asosiy institutlarining yangi funksiyalarini shakllanishiga olib kelmoqda. Hozirgi kunda deyarli barcha jamoat tashkilotlari mamlakatni demokratik yo’nalishda rivojlantirish, muayyan sohalar yuzasidan insonning huquq va erkinliklarini himoya qilish, davlat hokimiyati organlari faoliyati ustidan samarali nazorat o’rnatish kabi masalalarga o’zlarining asosiy faoliyat yo’nalishlari sifatida qaramoqdalar. Jamoat tashkilotlariga birlashgan fuqarolar ular orqali o’zlarining turli xil manfaatlari va huquqlarini amalga oshirishni ko’zlaydilar. Bunday sharoitda jamoat tashkilotlari oldiga fuqarolarning davlat ishlarini amalga oshirishda ishtiroklarini ta’minlash hamda ularning mavjud qonunchilikka nisbatan ijobiy munosabatlarini shakllantirish va shu orqali ularni qonunga itoatkor shaxs sifatida tarbiyalash kabi yangi vazifalar qo’yilmoqda. Jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichida insoniyat oldiga muayyan maqsad va vazifalarning qo’yilishi hamda yangidan-yangi muammolarning yuzaga kelishi o’z navbatida, jamoat tashkilotlari faoliyat yo’nalishlarining o’zgarib borishi, o’z-o’zidan uning o’zgacha mohiyat kasb etishiga olib keladi. Binobarin, jamoat tashkilotlari bugungi kunda jamiyatni demokratlashtirish va isloh qilish jarayonining ajralmas va zaruriy bo’g’iniga aylanib bormoqda. Bunday sharoitda ularning funksiyalari doirasi kengayib borishi hamda turli xil shakllarda namoyon bo’lishi obektiv xususiyatga egadir. Mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat qurish jarayonida fuqarolik jamiyatining muhim tarkibiy qismi hisoblangan fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlaridan biri – mahallaning o’rni beqiyosdir. Mahalla – bu sharqona “demokratiya darsxonasi”. O’zbekistonda fuqarolar yig’inlari va o’zini o’zi boshqarish organlari – mahallalarning soni 10 mingdan ortiqni tashkil etadi. 54
“Mahalla” so’zi arabcha “mahallun” so’zidan olingan bo’lib “joy”, “hudud” ma’nolarini bildiradi. O’zbekiston davlat mustaqilligiga erishganidan so’ng mahalla faoliyatining huquqiy asoslari yaratildi. Bunda mahallalar hayoti bilan bog’liq ko’p masalalar bilan bir qatorda mahalla oqsoqolini saylash tartiblari ishlab chiqildi. Fuqarolar yig’ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi mamlakatimiz hayotida muhim o’rin tutadi. Bu saylov demokratizm, oshkoralik va teng saylov huquqi asosida o’tkaziladi. Fuqarolik jamiyati institutlari tizimida o’zini o’zi boshqarish organlari (mahalla)ning o’rni beqiyosdir. Chunki boshqa mamlakatlardan farqli o’laroq, mahalla instituti yurtimizda ming yillar davomida sinalgan va chuqur ildiz otgan, aholini birlashtirib turadigan ijtimoiy hodisa sifatida rivojlanib kelmoqda. Ayniqsa, uning hozirgi bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida xalqimizning urf-odatlari, an’analari va qadriyatlarini saqlab qolish, ularni jipslashtirish kafolati sifatida maydonga chiqayotganligini yaqqol ko’rib turibmiz. Mahalla o’zini o’zi boshqarish organlarining eng yorqin ko’rinishi, ayni paytda fuqarolik jamiyatining asosi va tayanchi deb tan olinganligi bilan ham o’zining yuksak mavqeiga ega. Mustaqillik yillari mobaynida jamiyatdagi boshqaruv tizimlarini isloh qilish, davlat vazifalarini jamoat tashkilotlariga bosqichma-bosqich o’tkazish, ya’ni kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga o’tish borasidagi ishlar izchil davom ettirib kelinmoqda. Inson va fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklarining ta’minlanishini amalda keng va to’la ro’yobga chiqarish maqsadida tashkil etilgan va shu yo’lda faoliyat yuritayotgan Inson huquqlari bo’yicha Oliy Majlis vakili (Ombudsman), Inson huquqlari bo’yicha milliy markaz, “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik markazi, Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti kabi bir qator milliy institutlar va tashkilotlar qatorida fuqarolik jamiyati institutlarining yanada kengroq tarkibini yaratish alohida ahamiyat kasb etmoqda. Mamlakatimizda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, O’zbekiston xotin-qizlar qo’mitasi, “Sog’lom avlod uchun” va “Nuroniy” jamg’armalari, “Ijod” fondi, Nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assosiasiyasi va boshqa jamoat tashkilotlari samarali faoliyat yuritmoqda. Biroq 55
shu va shunga o’xshash fuqarolik institutlarining faoliyatini yanada jonlantirish va rivojlantirish hozirgi kunning o’ta muhim vazifalaridan biridir. Bunday dolzarb vazifaning bajarilishi yo’lida bir qator amaliy ishlar qilindi. Fuqarolik jamiyati institutlarining rolini va ahamiyatini oshirishga hissa qo’shayotgan 200 dan ortiq qonun hujjatlari qabul qilindi. Biroq bu yo’lda qilinadigan ishlar hali talaygina. Chunki bunday vazifalarning dolzarb ahamiyat kasb etishi hyech kimga sir bo’lmagani holda ularning so’zsiz ijobiy yechimi hayotiy zaruriyatdan o’zga narsa emas. Chunki mohiyat e’tibori bilan fuqarolik jamiyati davlatni va uning organlari faoliyatini nazorat qiladi. Shuning uchun ham u zarurdir. Bu zarurat ma’lum asoslar mavjud bo’lgan taqdirdagina o’z hayotiy ifodasini topishi mumkin. Jamoatchilik nazorati kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, iste’molchilarning uyushmalari va shu kabilar orqali amalga oshiriladi. Bular xalqning davlat hokimiyati bilan o’zaro muloqotini ta’minlab beruvchi “ko’prik”dir. Bunday ko’prikning mavjud bo’lishi va uning yaxshi taraqqiy etishi demokratik, huquqiy davlat qurishni maqsad qilgan jamiyat uchun juda muhim vazifa, chunki xalqning davlat hokimiyati bilan o’zaro muloqotining yo’lga qo’yilishi demokratiya uchun asosiy omil hisoblanadi. Lekin bunday muloqotning yo’lga qo’yilishi ancha qiyin masala. Bu borada davlatning ham, jamoatchilikning ham faolligi zarur. Mamlakatimiz rahbarining ilgari surgan takliflari ana shunday zaruriyatning davlat tomonidan amalga oshirilayotgan hayotiy ifodalaridan biridir. Mamlakatimiz Prezidenti ilgari surgan takliflardan biri – bu “Ijtimoiy sheriklik to’g’risida”gi Qonunni qabul qilish taklifi. Ushbu qonunda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini amalga oshirish, gumanitar muammolarni hal etish, mamlakatimiz aholisi turli qatlamlarining huquq va erkinliklari, manfaatlarini himoya qilishda nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat tuzilmalari bilan o’zaro munosabatlaridagi aniq chegaralarni belgilash va tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish kabi masalalar bo’yicha huquqiy normalar ko’zda tutilishi darkor. Ushbu qonunning qabul qilinishi jamoaviy mehnat nizolarini hal etishga hissa qo’shadi, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga ko’maklashadi, xodimlarning mehnatga doir huquqlarining samarali kafolatlanishiga xizmat qiladi. 56
XULOSA Insoniyat taraqqiyotining har bir tamaddun bosqichi yangi-yangi muammolaru ularni omilkorlik bilan bartaraf etish qonuniyatlaridan iborat. Muammolar echimi esa strategik vazifalarni aniq belgilab olish, ular ijrosi mexanizmlarini puxta ishlab chiqishga bog’liq. Mustaqil O’zbekiston istiqlol va taraqqiyot yo’lini «o’zbek modeli»ning o’ziga xosu o’ziga mos mashhur besh tamoyili asosida strategik aniq belgilab, buyuk kelajagi sari dadil yuz tutdi. Besh tamoyil milliy kamolotning yaxlit kvintessensiyasi sifatida insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etish, uning negizida ochiq fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning nazariy-amaliy poydevoriga aylandi. Fuqarolik jamiyati muammosi – asriy muammo, insoniyatning azaliy orza-ideallari olami. Qadim Bobulning «Xammurapi qonunlari»dan qadim Hindistonning vedalarigacha, milliy halq og’zaki ijodi namunalari g’oyalaridan «Avesto», ya’ni zardushtiylik ta’limotigacha, qadim Rim, qadim Ellada, qadim Xitoy siyosiy-huquqiy ta’limotlaridagi «ideal shoh», ideal shahar (davlat), «ideal jamiyat» haqidagi qarashlardan buyuk mutafakkur bobakalonlarimizning, o’rta asr Ovruposi va XIX-XX asrlar siyosiy falsafasi g’oyalarigacha fuqarolik jamiyati haqidagi orzular hamda ularning ruyobi muammolari hamisha ham nazariy, ham amaliy dolzarblik kasb etgan. Bular tarixiy-retrospektiv yo’nalishda kitobda tahliliy umumlashtirilib berilgan. 57 Ayni paytda, jahoniy nazariy va amaliy tajribalarga asoslangan holda, mustaqil O’zbekistonda ochiq fuqarolik jamiyatini shakllantirish bilan bog’liq o’ziga xos muammolar echimi mazkur tadqiqotning bosh mavzusiga aylandi. Albatta, o’n ikki yillik mustaqillikdavrida mamlakatimizda ro’y bergan, berayotgan ijtimoiy yangilanishlar ko’lami va mohiyatiga, insoniyatning demokratik sivilizasiyasini mehvariga fuqarolik jamiyati shaklida qanday ko’tarilayotganimizga odil hukmni tarix beradi. O’zbekiston o’z Yo’lboshchisi rahnamoligida adolatli shunday jamiyatni shakllantirish yo’liga qat’iy qadam qo’ydi. Milliy taraqqiyot modelining barcha prinsiplari bozor sivilizasiyasining demokratik afzalliklari bilan uyg’un vobasta qilishga qaratilgan. Bu juda yuksak tarixiy mas’uliyat bo’lib, turli jabhalarning tub islohiy jarayonlarida uni qat’iy inobatgaolishga to’g’ri keladi. Gap yolg’iz fuqarolik jamiyatini shakllantirish aniq rivoji xususida ham ketyapti. Bunday taqdirilamon buyuk o’zgarishlar tajribasini biror bir davlat osonlikcha boshdan kechirgani yo’q. Shu bois, nazarimizda, mustaqillik yillari tabiiy holda biz uchun oson kechmadi, kechmayapti. O’zbekiston sobiq ittifoqdosh respublikalar singari o’tish bosqichidek murakkab jarayonni qiyinchiliklar bilan kechindi, kechinmoqda. Bu tabiiy qiyinchiliklar milliy taraqqiyotimizning o’zimizga xos yalpi tub islohatlar yo’li va ularning amaliy samarali orqaligina omilkorlik bilan bosqichma-bosqich bartaraf qilindi. Jahon hamjamiyati O’zbekistonda ro’y berayotgan yalpi demokratik o’zgarishlarni qattiq kuzatib turibdi. Biz tabiiy ravishda ularga ko’p e’tibor berib turmadik, chunki shunday yo’l va strategik maqsadni etti o’lchab, bir kesgan holda o’zimiz tanladik. Har bir millat tanlagan taraqqiyot yo’liga esa hamisha hayrihohlik bilan qarash, baho berish lozim. Zamonaviy bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik huquqiy davlat qurish, ochiq fuqarolik jamiyatini shakllantirish tub islohatlarning strategik maqsadi qilib belgilandi. Bular hammasi xalq tomonidan qizg’in qo’llab-quvvatlanilgan yalpi yangilanishlarning ijobiy natijalar berishiga asos bo’ladi. 58
Milliy iqtisodiyot mustaqil rivojining bosh yutuqlaridan biri - bu mamlakatning don va yoqilg’i mustaqilligiga erishgani, xo’jalik faolligi pasayishining oldi olinganligi, ming yilliklar arafasida iqtisodiyot barqaror o’sishining ta’minlanganligi bo’ldi. Ushbu omillar jamiyat hayotining barcha sohalarini yalpi isloh qilishda bosh asos bo’lib xizmat qildi. Biroq iqtisodiyotni ma’naviyatdan ayri, birining ikkinchisi ustidan ustun holda qaramaslik lozim. Istiqlolning ilk kunlaridanoq, iqtisodiyotimiz mafkurasizlashtirildi. Asosiy maqsad iqtisodiyotni yovuzlik imperiyasidan meros totalitar mafkuradan tezroq xoli bo’lishi edi. Maqsad o’zini to’la oqladi. Jamiyat oldida nisbatan murakkab vazifa turardi. U ijtimoiy sivilizasiyaning yangi insoniy qadriyatlari asosida iqtisodiyot bilan mafkura o’rtasidagi o’zaro uzviylikning uyg’un tizimini yaratish edi. Iqtisodiy islohatlarni g’oyaviy jihatdan, milliy tiklanish, adolatli fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonlarini mafkuraviy sog’lom ta’minlash masalalariga tobora ko’proq e’tibor qaratilgani, qaratilayotgani sabablari aynan ana shunda. Jamiyatda mafkuraviy bo’shliqqa yo’l qo’ymaslik davlatning bosh strategik maqsadiga aylandi. Jamiyat jiddiy va o’ta mas’uliyat bilan mafkuraning nisbiy mustaqil hodisa ekanligi omilini hisobga olgan holda, milliy istiqlol mafkurasining yaxlit konsepsiyasini yaratishga kirishdi. Ushbu siyosatning tizimiy asosi bo’lib konstitusiyaviy mafkuraviy plyuralizm, fikrlar va g’oyalar xilma-xilligi demokratizmi, Islom Karimovning «G’oyaga qarshi faqat g’oya, fikrga qarshi faqat fikr, jaholatga qarshi faqat ma’rifat bilan bahsga kirishish, olishish mumkin», degan g’oyaviy plyuralizm falsafasi xizmat qildi. «O’zbekiston – kelajagi buyuk davlat» majmuiy milliy g’oyasi va uning negizida «Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari» siyosiy qurilish dasturi ishlab chiqildi. Ayni paytda, mustaqil davlat o’z ichki siyosati strategiyasini bosqichma-bosqich tadrijiy rivojlanish, «Ozod bo’lsang – obod bo’l, erkin bo’lsang – erkin bo’l, mustaqil bo’lsang – mustaqil bo’l!», «Yangicha fikrlash va ishlash – davr talabi» shiorlari negizida belgiladi, tashqi siyosatda bosh tamoyillar 59
qilib «Mintaqaviylikdan globallashuv sari» va «mintaqaviy xavfsizlikdan – global xavfsizlik sari», degan g’oyalar asos qilib olindi. Jamiyat hayotining barcha jabhalarini isloh qilish, demokratik yangilanishlarni yanada chuqurlashtirishning hozirgi sifat bosqichi bu – O’zbekiston demokratik rivojlanishi tarixining yangi bosqichidir. Bosqichning ijtimoiy-siyosiy sifat falsafasi erkinlashtirish va ochiq fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish strategiyalarida teran namoyon bo’ldi. Davlat jamiyati bo’lmish fuqarolik jamiyatini O’zbekistonda shakllantirishning eng asosiy, eng muhim ustuvor maqsadi, avvalo, mustaqillikni yanada asrab – avaylash, himoya qilish va mustahkamlash, deb belgilandi. Aynan shu maqsad «mamlakatimizni siyosiy jihatdan rivojlantirish, iqtisodiyotni modernizasiya qilish, jamiyatni ma’naviy yangilash borasida olib borayotgan barcha islohatlarimizning mezoni»1, deb baholandi. Fuqarolik jamiyati – erkin, ochiq, adolatli jamiyat. Unda inson va fuqaro huquqlari, erkinliklari, ommaviy axborot vositalari erkinligi, oshkoralik, demokratik plyuralizm eng bosh qadriyatlardir. O’zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirishning to’rtinchi asosi qilib aynan ana shu taqdirilamon mohiyatlarning tanlanganligi ayni muddao. Nodavlat va jamoat tashkilotlarining jamiyat hayotidagi o’rni, mavqei hamda demokratik maqomi fuqarolik jamiyatining asosidir. Xulosa qilib aytganda Fuqarolik jamiyatini yanada shakllantirishda qo’yidagi takliflarni tavsiya etamiz: -ijtimoiy tashkilotlarning xuquqiy normativ bazasini yanada kuchaytirish; nodavlat notijorat tashkilotlar to’g’risida inforimasion baza yaratish ijtimoiy xamkorlikni rivojlanishda infrastruktura yaratish -NNT tugrsisida axalini bilimlarini oshirish eshlarga NNT to’g’risida va ularni tashkil etish masalalarini kengrok eritish;
Karimov I.A. O’zbekistonda demokratik o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo’nalishlari. –T.: O’zbekiston, 2002. 17-bet.. 60
fuqarolik jamiyati to’g’risida oliy ukuv yurtlarida maxsus kurslar tashkil etishdavlat. Download 478 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling