1. 1§. O’zbekistonda demokratik jamiyat to’g’risidagi qarashlar va uning rivojlanish bosqichlari 2§. Ijtimoiy tashkilotlar-fuqarolik jamiyatining asosiy elementlari. Ii-bob. «O’zbekistonda fuqarolik jamiyati shakllanish o’ziga xos


§. Ijtimoiy hamkorlik – fuqarolik jamiyat institutlarining rivojlanishi


Download 478 Kb.
bet13/22
Sana02.01.2022
Hajmi478 Kb.
#200447
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22
Bog'liq
1 1§ O’zbekistonda demokratik jamiyat to’g’risidagi qarashlar

2.2§. Ijtimoiy hamkorlik – fuqarolik jamiyat institutlarining rivojlanishi
va istiqbollari.
Respublikamizda fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining yanada jadal rivojlanishida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati Kengashlarining “Nodavlat notijorat tashkilotlarini, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo’llab-quvvatlashni kuchaytirish chora-
tadbirlari to’g’risida”gi qo’shma qarori muhim ahamiyat kasb etdi. Shuni ham aytish kerakki, Prezidentimiz o’z ma’ruzasida ta’kidlaganidek, Oliy Majlis huzurida Jamoat fondi va Parlament komissiyasi tashkil etilgan. Bu ikki tuzilmaning faoliyati ham samarali kechmoqda. Masalan, faqat keyingi uch yilning o’zida fuqarolik institutlari taqdim etgan ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish maqsadida Jamoat fondi tomonidan 11 mlrd. so’mdan ortiq mablag’ ajratildi.
Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi tomonidan Parlament komissiyasi o’z tarkibida nodavlat notijorat tashkilotlari va jamoat tashkilotlarining vakolatli vakillari bilan birga deputatlar moliyaviy tuzilmalarning mas’ul xodimlarini birlashtirgan. Mazkur komissiya fuqarolik institutlarini qo’llab-quvvatlash maqsadida davlat byudjetidan ajratiladigan mablag’larni ochiq, aniq va oshkora yo’naltirishni, bu mablag’larni demokratik asosda taqsimlashni amalga oshiradi.
Fuqarolik jamiyatini shakllantirishning ustuvor yo’nalishlaridan biri – bu nodavlat va jamoat tashkilotlarini rivojlantirishdir. Bugungi kunda mamlakatimizda jamiyat hayotining turli sohalarida faoliyat yuritayotgan nodavlat notijorat tashkilot (NNT)larining soni 5100 dan ortiqdir. Agar bu ko’rsatkichni 2000 yildagi holat bilan qiyoslasak, ularning soni ikki yarim baravarga
51

ko’payganligini ko’ramiz. Nodavlat notijorat tashkilotlari fuqarolik jamiyati institutlari tizimida markaziy o’rin tutadi. Shuning uchun ular faoliyatini rivojlantirish, ularning mustaqilligini to’la ta’minlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, faoliyatini tashkiliy-huquqiy, moddiy-texnikaviy jihatdan qo’llab-quvvatlashga qaratilgan “Nodavlat notijorat tashkilotlari



Download 478 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling