1-13 –guruh talabasi Jamuratova Ra’noning


Download 469 Kb.
bet3/5
Sana15.03.2023
Hajmi469 Kb.
#1271713
1   2   3   4   5
Bog'liq
portal.guldu.uz-Taqdimot

Tik turish tiplari.
  • a-mo’tadil qomat; b-egik qomat ; d-kifotonik qomat; e-kekkaygan qomat; f-lardotik qomat; g-skolioz qomat.
  •  
    • Qomatni shakllantirish o’quvchilarni jismoniy jihatdan tarbiyalashning asosiy vazifalaridan biridir. Bu yerda bosh mezon bo’lib bir tekisda mashqlar bajarish va barcha guruh muskullarini gormonik rivojlantirishdan iboratdir. 18 yoshga yetganda qomat stabillashadi va bundan keyin uni tuzatish juda qiyin bo’ladi.
    • Qomatni buzilishiga nimalar olib keladi? Voyaga yetganlarga nisbatan bolalarda tanani tik turganda yoki o’tirganda normal yoki bir xil holatda uzog’ muddat saqlab turish juda qiyin. Ular tez charchab tana holatini noto’g’ri holatga o’zgartiradi, bu esa avval qomatni buzilishiga olib kelsa, so’ngra yelka muskullarini bo’shashiga va o’sayotgan umurtqa pog’onasini qiyshayishiga olib keladi. Shu sababli jismoniy mashqlar, harakatli o’yinlar, sayr qilish, xuddi to’g’ri yig’ilgan mebel singari turli muskul faoliyatining navbatlashuvchi qomatni buzilishini oldini oladi. Bolalarga og’ir yuk ko’tarishga ijozat bermaslik kerak, portfelga kitob solib qo’lda ko’tarib yurish ham umurtqa pog’onasini qiyshayib qolishiga, olib kelishi mumkin.
    • Qad-qomatning noto’g’ri shakllanishi bir necha xil bo’ladi: cho’zilgan, egilgan, kifotik, lordotik va skolitik qad-qomat. Egilgan qad-qomatli odamlar tik turganda, boshi bir oz oldinga egilgan, yelkalari oldinga osilgan, ko’krak qafasi botiqroq, qorin oldinga chiqqan bo’ladi. Bunday holat skelet muskullari ayniqsa, gavdaning orqa qismidagi muskullar yaxshi rivojlanmaganligi va kuchsiz bo’lishi tufayli yuzaga keladi.
    • Kifotik qad-qomatli odamlarda kuraklar qanotga o’xshab ko’tarilib, orqa yelka qismi do’mbayib, bukir holat yuzaga keladi.
    • Lordotik qad qomatli odamlar gavdasining orqa qismi tekis yoki bir oz botiqroq, ko’krak qafasi yassi, qorni oldinga chiqqan bo’ladi. Bunday holat umurtqa pog’onasining bel qismi me’yordan ko’proq oldinga bukilishi, bo’yin qismida esa oldinga kamroq bukilishi, hamda qorin devori muskullarining kuchsiz rivojlanganligi tufayli yuzaga keladi.

    • Download 469 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
    1   2   3   4   5




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling