SHaxsning o’zini tartibga solish motivatsiyasi
Mundarija:
Kirish……………………………………………………………………………………………………………. 2
I bob Shaxsni o’zini tartibga solishning ilmiy nazariy asoslari…………………………….4
1.1Shaxsda motivatsiyaning shakllanishi va rivojlanishining psixologik omillari………..4
1.2Shaxsni o’zini tartibga solish da motivatsiyaning o’rni va ijtimoiy psixologik xususiyatlar…………………………………………………………………………………....
II bob.Motivatsiyaning o’rganishining emperik jihatlari………………………………….
2.1O’zbek va Xorij olimlari tomonidan shaxsning o’zini tartibga solish motivatsiyasining o’rganilishi………………………………………………………………………………………
Xulosa………………………………………………………………………………………….
Foydalinilgan adabiyotlar……………………………………………………………………..
Kirish
Zamonaviy jamiyat o'zini takomillashtirgan, o'z-o'zini rivojlantirgan va voqelikni ijodiy o'zgartirishga qodir shaxsga muhtoj.O’zini tartibga solish motivlari usullari hozirgi kunda umumiy psixologiya , differensial psixologiya ,shaxs psixalogiyasi kabi fanlarning qiziqarli va bahsbop mavzusi sifatida ahamiyat kasb etmoqda.Hozirgi kunda O’zini tartibga solish motivatsiyasi sezilarli darajada rivojlanmoqda,Hayot istiqbollari va o’z o’zini tarbiyalash bilan bog’liq uzoq maqsadlarni o’z ichiga oladi.O’zini nazorat qilish motivatsion sohasini maqsadli shakllantirish, mohiyatan, shaxsning o'zini shakllantirishdir, ya'ni axloqni tarbiyalash, qiziqishlar, odatlarni shakllantirishning pedagogik vazifasi hisoblanadi. Bizni harakatga undaydigan impuls va shaxsning o’z ehtiyojlarini samarali va faol ravishda qondirish qobiliyati hisoblanadi
Mavzuning dolzarbligi.O’zini tartibga solish motivatsiyasi xulq atvorni tartibga soluvchi jarayon sifatida qaraladi, chunki u insonni mehnatga undaydi.Insonning faoliyatini tahlil qilar ekanmiz uning mehnati, faoliyatining samarasi zamirida o’zini tartibga solish motivatsiyasi yotadi chunki muayyan maqsadga erishish uchun turtki vazifasini o’taydi.O’zini rivojlantirish , tartibga solish bilan birga shu jarayonga ko’maklashadigan mehnat sharoitini yaxshilash bugungi kunning eng dolzarb muammosidir.Shaxsning ijtimoiy yetukligiga muhitning noqulay sharoitlari salbiy tasir ko’rsatadi.Dunyo miqyosida hozirgi ijtimoiy -siyosiy hayot kishilik jamiyati taraqqiyotining ayni bosqichi shunday o’ziga xos xususiyatga egaki ,shaxsning psixalogik xususiyatilari,hamda faoliyatga bo’lgan motivatsiyasi muhim ahamiyat kasb etmoqda
Do'stlaringiz bilan baham: |