1-2-amaliy mashg‘ulot. Dorivor mahsulotlarni tayyorlash


- amaliy mashg‘ulot. Tarkibida kardenolidlar saqlovchi dorivor o‘simliklarning mikroskopik tuzilishini o‘rganish


Download 199.58 Kb.
bet33/66
Sana15.11.2023
Hajmi199.58 Kb.
#1775290
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   66
Bog'liq
1-2-amaliy mashg‘ulot. Dorivor mahsulotlarni tayyorlash

27- amaliy mashg‘ulot. Tarkibida kardenolidlar saqlovchi dorivor o‘simliklarning mikroskopik tuzilishini o‘rganish


ANGISHVONAGUL BARGI – FOLIA DIGITALIS
Mahsulotning mikroskopik tuzilishi. Ishqor eritmasi bilan yoritilgan qizil angishvonagul o‘simligi barg plastinkasining tashqi tuzilishi mikroskop ostida ko‘riladi (1- rasm).
Qizil va yirik gulli angishvonagul barglarining epidermis hujayralari egri-bugri devorli bo‘ladi. Ustitsalar bargning yuqori epidermisidan ko‘ra patski epidermisida ko‘p uchraydi. Tuklar asosan bargning pastki epidermisida joylashgan. Ular 2 xil bo‘ladi: oddiy va boshchali tuklar. Oddik tuklar uzun, 3 (ba’zan 5) hujayrali, bir oz so‘galli, hujayra devori juda yupqa bo‘ladi, ba’zan ayrim hujayralari tushib qolgani uchun u erdagi tuk devorlari bir-biriga tortilib birlashgan holda ko‘rinadi (angishvonagul o‘simligiga xos). Boshchali tuklari mayda, ular ikki hujayrali boshchadan va bir hujayrali kalta oyog‘chadan tashkil topgan bo‘lib, ustidan (ikki yonidan) qaraganda 8 raqami shaklida ko‘rinadi. Ba’zan boshchasi bir hujayrali tuklar ham uchraydi.
Angishvonagulning hamma turlari bargida kalsiy oksalat kristallari bo‘lmasligi, mayda, ikki hujayrali boshchali bezli va uzun, oddiy, so‘galli tuklar bo‘lishi bilan xarakterlidir. Qizil angishvonagul bargida oddiy tuklar zich, boshqa turlarda esa siyrak joylashgan. Sertuk angishvonagulda oddiy tuklar 12 tagacha hujayrali bo‘lib, ular barg bandida va asos qismida o‘rnashgan.
Angishvonagulning boshqa turlarini (malla angishvonagul, sertuk angishvonagul va kiprikli angishvonagul) barg epidermis hujayralari ustki tomondan to‘g‘ri chiziqli bo‘lib ko‘rinadi. Sertuk angishvonagul bargining epidermisi ustki tomondan aniq ko‘rinadigan darajada qalinlashgan bo‘ladi.

1- rasm. Qizil angishvonagul bargining tashqi ko‘rinishi.
bargning pastki epidermisi; B – bargning yuqori epidermisi; V – tuklar. 1 – boshchali tuklar; 2 – oddiy tuklar; 3 – tuk o‘rni.
BAHORGI ADONIS ER USTKI QISMI – HERBA ADONIDIS

Download 199.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling