1-2-laboratoriya ishi O’lchash asboblari tuzilishini o’rganish Ishdan maqsad


Download 159.75 Kb.
bet1/3
Sana13.04.2023
Hajmi159.75 Kb.
#1351400
  1   2   3
Bog'liq
1-2-laboratoriya mashg\'uloti (1)


1-2-laboratoriya ishi
O’lchash asboblari tuzilishini o’rganish
Ishdan maqsad: lokomotivlarga texnik hizmat ko’rsatish va ta’mirlash amaliyotida qo’llaniladigan mikrometraj usulida qo’llaniladigan universal (shtangensirkul, mikrometrlar va ularning turlari) va richagli-mexanik (soat turidagi indikatorlar, richagli mikrometrlar, indikator skobalari, minimetrlar) o’lchash asboblari tuzilishi bilan tanishish va ulardan foydalanish ko’nikmalarini hosil qilish.
Texnologik jihozlar
Lokomotivlar uzel va detallari o’lchamlarini o’lchash uchun quyidagi asboblar zarur: shtangensirkullar, shtangenreysmuslar, shtangen chuqur o’lchagichlar, mikrometrlar, mikrometrik nutromerlar, mikrometrik chuqurlik o’lchagichlar, soat turidagi indikatorlar, indikator skobalari, minimetrlar.
Ishni bajarish tartibi
1. Lokomotivlar uzel va detallari o’lchamlarini o’lchash uchun ishlatiladigan asboblar tuzilishi o’rganilsin.
Shtangentsirkullar quyidagi oraliqlardagi kattaliklarni o’lchash uchun ishlab chiqariladi:
- nonius bo’yicha 0,1; 0,05 va 0,02 mm;
- o’lchash oraliqlari bo’yicha 0-125, 150-200, 0-300, 0-500, 250-800 mm va undan katta.
O’lchash oraliqlari 0-125 mm bo’lgan shtangentsirkullar ichki va tashqi o’lchashlar uchun ichki va tashqi o`lchash oyoqchalari bir tomonda joylashgan ko’rinishda ishlab chiqariladi (1.1-rasm). U chuqurlikni o’lchash uchun lineyka bilan jihozlangan. 
Shtangenreysmaslar (1.2-rasm) quyidagi oraliqlarda kattaliklarni o’lchash uchun ishlab chiqariladi:
- nonius bo’yicha 0,1; 0,05 va 0,02 mm;
- o’lchash oraliqlari bo’yicha 200, 300, 400, 500, 800 va 1000 mm.

1.1-rasm. Shtangentsirkul
1-nonius; 2-ichki va tashqi o`lchash oyoqchalari; 3-lineyka; 4-chuqurlikni o’lchash lineykasi

1.2-rasm. Shtangenreysmas
1-asos; 2-belgilash oyoqchasi; 3-ramka; 4- nonius; 5-mikrometrik uzatish vinti va gaykasi; 6-shtanga; 7-mikrometrik uzatish ramkasi; 8-mikrometrik uzatish ramkasi qismasi; 9-ramka qismasi

Download 159.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling